Olim

USMANKULOV ALISHER KADIRKULOVICH

Texnika fanlari doktori, professor

Alisher Usmankulov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik koʻkrak nishoni va 2022-yil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Umumiy mehnat staji — 37 yil.



Usmankulov Alisher Kadirkulovich 1985-yili Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga “Paxtani dastlabki ishlash” ixtisosligi boʻyicha oʻqishga kirib, 1992-yilda mazkur institutni imtiyozli diplom bilan tamomladi. A.Usmankulov oʻz mehnat faoliyatini 1992-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI)ning “Paxtani dastlabki ishlash” kafedrasida laboratoriya mudirilavozimida boshladi. Keyinchalik assistent, katta oʻqituvchi va dotsent lavozimlarida ishladi. 1999-2002 yillari TTESI  “Paxta sanoati texnologiyasi va mexanika” fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2002-2006-yillari TTESI marketing boʻlimi boshligʻi, 2007-2008-yillari  TTESI “Paxtani dastlabki ishlash”   kafedrasi mudiri, 2008-2016-yillarda TTESI “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti dekani va 2016-yilning 4-aprelidan 28-sentabriga qadar TTESI moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori lavozimlarida ishladi.



A.Usmankulov 2016-yilning sentabrdan buyon Jizzax politexnika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.



 



Alisher Kadirkulovich2002-yili “Повышение эффективности процесса сушки хлопка-сырца в барабанной сушилке” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.



2006-yili texnika fanlari boʻyicha dotsent unvoniga ega boʻldi.



2013-yil 14-27 avgust kunlari Chexiya Respublikasi Praga shahridagi “Высшая школа экономики и менежмента (VSEM)” institutida oʻtkazilgan “Taʼlim muassasalarida ilmiy ishlarni tashkil etish” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etdi.



2016-yilning 26-noyabrida “Создание высокопроизводительной хлопко-сушильной установки и технологии на основе интенсификации тепло-массообменных процессов” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, 2020-yili professor unvoniga sazovor boʻldi.



A.Usmankulovning 200 dan ortiq ilmiy ishlari xalqaro va respublika ilmiy-texnik jurnallarida chop etilgan, shu bilan birga u 30 dan ortiq patent va ixtirolar sohibi, 10 ta monografiya, 10 ta oʻquv qoʻllanma va 10 dan ortiq darsliklar muallifidir.



2020-yildan Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash raisi sifatida faoliyat koʻrsatib, koʻplab yosh izlanuvchilarga oʻzining bilim va koʻnikmalarini ulashib kelmoqda.



 



A.Usmankulovning ilmiy rahbarligi ostida 2022-yili Salomov Abubakir Axmadqulovich “Mashinada terilgan paxtani



yirik iflosliklardan samarali tozalash uchun UXK agregatini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bundan tashqari u 10 dan ortiq magistr va 30 nafardan ortiq bakalavrlarga rahbarlik qilgan.



A.Usmankulov Jizzax politexnika instituti rektori etib tayinlangandan soʻng, uning rahbarligida institutning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, institut professor-oʻqituvchilari tarkibining ilmiy salohiyatini oshirish hamda fan, taʼlim va ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasida koʻplab tashkiliy ishlar samarali olib borilmoqda.



A. Usmankulov tashabbusi bilan institut tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, yangidan “Servis”, “Energetika va radioelektronika”, “Qurilish materiallari muhandisligi va kimyoviy texnologiya”, fakultetlari faoliyati tashkil etildi. Bundan tashqari, oʻn bitta yangi kafedra tashkil etildi hamda ularning tarkibi yosh professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirildi.



A.Usmankulov rahbarligida soʻnggi toʻrt yil ichida institutda 16 ta yangi bakalavr taʼlim yoʻnalishlari, 7 ta magistratura mutaxassisligi ochildi. Institutda talabalar qamrovi oshib, bugungi kunda ularning umumiy soni 10550 nafardan oshdi.



Shuningdek, “Arxitektura va qurilish” fakultetida “Arxitektor-loyihachilar va quruvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazi” tashkil etildi. “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi qoshida  “Politex Meʼmor Loyiha” guruhi tashkil etilib, ushbu guruh ijtimoiy sohadagi qurilish ob’yektlarining loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bilan shugʻullanmoqda.Bundan tashqari, institut hududida zamon talablariga javob beradigan IT-inkubatsion markaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi.



Jizzax politexnika instituti qoshidagi "Qurilish mahsulotlarini sinash" akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi 2021-yilda "OʻZSTANDART" agentligidan akkreditatsiyadan oʻtib, hozirgi kunda qurilishga oid barcha mahsulotlarning fizik-mexanik xossalarini laboratoriya sinovlaridan oʻtkazib, sinov bayonnomalari berib bormoqda. Viloyat va qoʻshni viloyatlardagi qurilish va yoʻl qurilish tashkilotlari bilan xoʻjalik shartnomalari orqali laboratoriya sinov ishlari uchun har yili institut hisob raqamiga oʻrtacha 500,0 million soʻm miqdorida pul mablagʻlari tushirishga erishilmoqda.



2017-2018 oʻquv yilida institutning yangi 720 oʻrinli oʻquv binosi qurib ishga tushirildi, 400 oʻrinli talabalar turar joyi toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi hamda 200 oʻringa moʻljallangan zamonaviy talabalar oshxonasi barpo etildi.



2017-yildan hozirgi kunga qadar fan doktorlari va falsafa doktorlarining himoya qilingan dissertatsiyalari soni besh barobarga oshirilib, bugungi kunda institutning 25 nafar professor-oʻqituvchisi maqsadli doktorantura-da tahsil olmoqda, 100 nafardan ortiq oʻqituvchilar mustaqil ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy tadqiqotlari natijalari muntazam ravishda maqolalar, monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va boshqa materiallarda yoritilmoqda. Soʻnggi yillarda institut professor-oʻqituvchilari tomonidan 120 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalar chop etildi. Maqolalar muntazam ravishda xalqaro ilmiy jurnallarda, shu jumladan, Scopus va Web of Science maʼlumotlar bazasidagi jurnallarda nashr etilmoqda.



Institutda soʻnggi yillarda xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga  alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Moskva davlat qurilish universiteti, Ivanovo davlat kimyo-texnologiyalar universiteti, “Moskva energetika instituti” Milliy tadqiqotlari universiteti, Qozon federal universiteti va Don davlat texnika universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha shartnomalar imzolandi. Hozirgi kunda talabalar 9 ta taʼlim yoʻnalishi va 1 ta mutaxassislik boʻyicha tahsil olmoqda.



Shuningdek, soʻnggi yillarda Janubiy Ural davlat universiteti, Gomel davlat texnologiya universiteti, Brest davlat texnika universiteti, Belorussiya milliy texnika universiteti, Avstriyaning Klagenfurt universiteti, Polshaning  Kielki, Gdansk va Rezsow texnika universitetlari, Slovakiyaning Jilina universiteti, Germaniyaning Gamburg texnologiya universiteti, Berlin texnika universiteti, Turkiyaning Ege, Bartin, Kayseri, Anadolu  universitetlari va J.Koreyaning Sun Mun universiteti, Vengriyaning Jon Von Nyuman, Sheged, Obuda  va Debretsen universitetlari va boshqa birqancha universitetlar bilan memorandumlar va hamkorlik shartnomalari tuzildi.



Bundan tashqari, xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2022-yilning iyun oyida Turkiyaning Izmir shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Trukiya oliy ta’lim muassasalari forumida bir nechta shartnoma va anglashuv memorandumlari imzolandi.



2022-yil 26-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida Ural Federal universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib bir qancha kelishuvlar imzolandi.



 Shuningdek, 2022-yil Noyabr oyida Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan Fransiya-O‘zbekiston ta’lim forumida ishtirok etib bir nechta OTM lar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.



Joriy yilning, 25-26 mart sanalarida Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Janubiy Koreya ta’lim forumida Koreyaning Sun Mun Universiteti bilan memorandum imzolandi.



25-26-aprel sanasida Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Polsha rektorlari forumi doirasida Polshaning 2 universiteti Reszow university of technology va Kielki universitetlari bilan memorandumlar imzolandi.



Hozirda, Jizzax politexnika instituti Rossiyaning 5 ta universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirib kelmoqda.



Usmankulov Alisher Kadirkulovich boshchiligida institut xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini topmoqda. 2022-yil yakuni bo‘yicha Jizzax politexnika instituti UI Greenmetric talqiniga ko‘ra dunyoning 1050 universitetlari orasida 327 chi, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida esa 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 2023-yilda e’lon qilingan “Times Higher Education”ning Impact ranking talqiniga ko‘ra Jizzax politexnika instituti 1000+ o‘rnini band etdi. Hozirda, institut xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash yo‘lida Rossiyaning Ural federal universiteti bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.



 Jizzax politexnika instituti Janubiy Koreyaning KOICA, Yaponiyaning JICA strategik partneri va Jaxon tekstil assotsiyatsiyasi hisoblangan AUTEX agentligi a’zosi hisoblanadi.



A.Usmankulov tomonidan institutning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisidagi”  qarori doirasida institutga 2,5 mln AQSh dollaridan ortiq mablagʻga 280 nomdagi zamonaviy oʻquv laboratoriya uskunalari keltirildi.



Grant loyihalari doirasida institutga tadqiqot ishlari uchun moʻljallangan 300 ming AQSh dollaridan ortiq mablagʻga zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari taqdim etildi.



Hozirgi kunda institut 4 ta xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.



Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining “INTRAS” loyihasi asosida institutda Yevropa Ittifoqi oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda “Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida Intellektual transport tizimlariga ixtisoslashgan yangi magistrlik dasturlarini yaratish” mavzusidagi grant loyihasi;



Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ “Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish” dasturi doirasida “Markaziy Osiyoda OTM bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish orqali innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik koʻnikmalarini va munosabatlarini rivojlantirish –TRIGGER” mavzusidagi grant loyihasi;



Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ “Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish” dasturi doirasida “Oʻzbekiston-Qozogʻistonda charm va charm buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha OTMlarni kuchaytirish RELEAP” mavzusidagi grant loyihasi;



Jahon banki akademik innovatsiyalar jamgʻarmasining “DataNet Project” kompaniyasi bilan birgalikda “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish markazi va elektronikadan qoʻshma oʻquv laboratoriya yaratish” mavzusidagi grant loyihalari amalga oshirilmoqda.



Institutda soʻnggi yillarda talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish va qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Natijada talabalarning oʻz iqtidori va isteʼdodini namoyon etish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Pirovardida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil

4- martdagi qarori bilan institut talabasi Sevara Ilxomova hamda Prezidentimizning 2021-yil 3-martdagi qarori bilan institut talabasi Dildora Imomova “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.



Ilm-fanda erishgan yutuqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-avgustdagi qarori bilan “Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi assistenti Tursunov Bekzod hamda 2021-yilda 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan institut talabasi Safarov Qodiri Qoplonbek “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.



2021-yil 9-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida boʻlib oʻtgan                “2020-yilning eng yaxshi 20 ta startap loyihasi” tanlovida “Yoʻl muhandisligi” kafedrasi oʻqituvchisi “Innovatsion turdagi temir-beton toʻsinlarni ishlab chiqarish” loyihasi uchun 98 mln. soʻm va “Kimyoviy texnologiya” yoʻnalishi magistri           “Antifriz GA-39 ishlab chiqarish” loyihasi uchun 50 mln. soʻm miqdoridagi grant sohiblari boʻlishdi.



2022-yil 21-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan Yoshlar akademiyasi aʼzolari uchun “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. “InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida “Energetika va radioelektronika” fakulteti “Radioelektronika” kafedrasi  assistenti “Eng yosh ixtirochi” Respublika koʻrik-tanlovida 1-oʻrin va 90 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.



Transport logistikasi kafedrasining ikki nafar oʻqituvchilari Innovatsion rivojlanish vazirligining Slovakiyaga 1 oylik stajirovkaga yoʻllanmasi sohibi boʻlishdi.



Institut iqtidorli talabalaridan ikki nafari “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, har biri     5,4 mln soʻmlik pullik mukofotlar bilan taqdirlanishdi.



“InnoWeek.uz” doirasida Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish kafedrasi oʻqituvchisi “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohibi boʻldi.



“Akademik harakatchanlik dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan talablarga muvofiq tashkil etilgan tanlovda Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari “Pnevmotransport tizimida paxta xususiyatlarini oʻrgangan holda tola yoʻqolishini oldini olish nazariy qonuniyatlarini yaratish” mavzusidagi 42 mln soʻmlik va “Mashinada terilgan paxtani sifatini oshirish maqsadida resurstejamkor takomillashtirilgan tola tozalagich uskunasini yaratish” mavzusidagi 37 mln soʻmlik hamda 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi asosidagi “Yangi yaratilgan gʻoʻza navlari aralashmasidan mustahkam, raqobatbardosh tikuv iplari ishlab chiqarish” mavzusidagi 724 mln soʻmlik amaliy loyihalari bilan qatnashib, gʻolib boʻlishdi.



Institutda bu boradagi ishlar muntazam ravishda yoʻlga qoʻyilib, yaxshi natijalarga erishildi. Jumladan, 2022-yilda 5 nafar,     2023-yilda 6 nafar talabalar nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari qatoridan joy oldi.  Iqtidorli talabalardan 4 nafari turli mavzudagi insholar tanlovlari Respublika bosqichi gʻolibi boʻldi, 2 nafari rasmlar tanlovi, 2 nafari boshqa intellektual tanlovlar gʻolibligini qoʻlga kiritishi rektor A.Usmankulov rahbarligida institutda talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorini roʻyobga chiqarish va shu orqali muassasa nufuzini yanada yaxshilash, bilimli boʻlish va isteʼdodlarni ragʻbatlantirish ishlarini amalga oshirib kelayotganligining yaqqol isboti hisoblanadi.



A.Usmankulov bir qancha Respublika va xorijiy konferensiyalar ishtirokchisi.



Bundan tashqari, xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumida faol ishtirok etib kelmoqda.



A.Usmankulov 2021-yildan “Texnika fanlari” jurnali tahririy maslahat kengashi aʼzosi.



2022-yildan “Guliston davlat universiteti axborotnomasi” ilmiy jurnali tahrir hayʼati aʼzosi. 2023-yildan Turon fanlar akademiyasi akademigi.



A.Usmankulov Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining saylovini oʻtkazuvchi komissiyalari faoliyati, saylov



 jarayonida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari, mahalliy kuzatuvchilar va vakolatli vakillarining huquq va majburiyatlari, saylovchilar roʻyxati bilan ishlash, okrug va uchastka saylov komissiyalari binolari hamda ovoz berish xonalarini jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, saylov kuniga tayyorgarlik koʻrish kabi mavzularda keng jamoatchilik oʻrtasida tizimli ravishda targʻibot ishlari olib borilishiga rahbarlik qilib kelmoqda.



Jizzax viloyati hokimi E.Soliyev bilan birgalikda A.Usmankulov 2022-yil 11-oktabr Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi.



Uchrashuvda Oʻzbekiston va Tatariston Respublikalari oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yuqori darajaga chiqqanligi taʼkidlanib, investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari haqida soʻz bordi.



Tatariston Respublikasida rivojlangan sohalar – avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati,



 



metallurgiya, qishloq xoʻjaligida Jizzax viloyati bilan hamkorlik qilinishi, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikrlar almashinildi.



Tataristonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga oʻxshash industrial parkini “Jizzax” MIZ hududida tashkil etish taklif etildi.



A.Usmankulov rahbarligida Jizzax politexnika instituti UI GreenMetric World University Ranking – “ekologik” universitetlarning global reytingida dunyo boʻyicha 327-oʻrinni, Oʻzbekiston OTMlari oʻrtasida esa 1-oʻrinni egalladi.



UI GreenMetric World University Ranking – “ekologik” universitetlarning global reytingi Indoneziya universiteti tomonidan 2010-yildan buyon oʻtkazib kelinadi. Reytingni tuzuvchilar ilmiy jamoatchilik eʼtiborini baʼzi ekologik muammolarni hal qilish uchun atrof-muhitni barqaror rivojlantirish siyosati zarurligiga jalb qilishga intiladilar.  Asosiy reyting mezonlari energiya isteʼmolini tejash suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni saqlash va qayta ishlash, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, kampusdagi yashil hududlarning maydoni kabi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi.



 



Bundan tashqari Jizzax Politexnika instituti 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari reytingida faxrli 23-oʻrinni egalladi.



Joriy yilning 12-may sanasida Oʻzbekiston Milliy universitetining 105 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan "Intercontinental Tashkent" mehmonxonasida "Oʻzbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda A.Usmankulov ishtirok etib nutq soʻzladi.



2023 yil 26 mart kuni Turon Fanlari Akademiyasi Prezidiumining qarori asosida Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulovga Turon Fanlari Akademiyasi akademigi ilmiy unvoni berildi.



 2023 yil 04 avgust kuni Alisher Kadirkulovich Sadriddin Ayni nomidagi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.



Alisher Kadirkulovich Respublikamizda oliy taʼlim rivoji, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion hamkorlikni yuqori darajaga koʻtarish orqali yuksak bilim va amaliy malakaga ega mutaxassislar tayyorlash ishiga yuqori malakali olim, tajribali rahbar sifatida katta hissa qoʻshib kelmoqda.



U yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarga ega.