Xakimova Muxabbat Fayziyevna 1962- yil 4-yanvarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 1986 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini (hozirgi TDPU) oligofreno-pedagogika ixtisosligini tugatgan. 1986-yilda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilikdan boshlagan, 1993 yildan 2001 yilgacha Navoiy davlat pedagogika instituti Psixologiya va pedagogika kafedralari dotsenti lavozimida ishlagan. Institut murabbiylar kengashining raisi, Ilmiy kengashning a’zosi bo‘lgan. 2001-yildan hozirgi kungacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Innovatsion ta’lim” kafedrasining mudiri lavozimida faoliyat olib boryapti.
Respublikada oligofrenopedagogika ixtisosligi bo‘yicha birinchi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan pedagog olima hisoblanadi. 1997-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2010-yilda pedagogika fanlari doktori, professor ilmiy unvonini olgan.
Olimaning tadqiqot ishlari ta`lim-tarbiyamasalalariga bagishlangan. Olima bu sohada 6 ta monografiya, 6 ta darslik, 40 dan ortiq o‘quv va o‘quv-uslubiy-elektron qo‘llanmalar, 250 dan ortiq risola, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir. Ilmiy maqolalari ko‘plab xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida, SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazasidagi jurnallarda chop etilgan. Respublika va xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda, Kongress va Forumlarda o‘zining bir qator ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etgan. Uning rahbarligida 1 nafar talaba “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti” stipediyasi sovrindori va 2 nafar talaba “Navoiy” stipediyasi sohibi bo‘lgan.
Uning ilmiy rahbarligida 30 dan ortiq fan nomzodlari (falsafa doktori (PhD), 5 nafar fan doktori (DSc)lar dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar va olimaning 10 nafar shogirdlari falsafa doktori (PhD).
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi “Ta’limda menejment” Ilmiy kengashining raisi, shuningdek bir qator Kengashlarning a’zosi hamda Toshkent shahri “Oqila ayollar harakati”ninga’zosi, Innovatsiya vazirligida “Pedagogika va psixologiya fanlari” yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashning a’zosi hisoblanadi.
Professor M.F.Xakimova 1999 yilda “Xalq ta’limi a’lochisi”, 2001 yilda “O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi”, 2021 yilda “Mo‘tabar ayol”, 2021 yilda “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi,Toshkent shahri hokimligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Faxriy yorliqlari bilan bir necha marta taqdirlangan.
Professor M.F.Xakimova ilmga chanqoq, yangilikka intiluvchan, doimiy ravishda o‘z malakasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. U universitet talabalari orasida hurmat, e’tiborga ega, yaxshi hamkasb, sodiq do‘st, o‘z kasbdoshlari, shogirdlari va talabalarga nisbatan mehribon va g‘amxo‘r ustoz.