Olim

XALIKOV ABDULXAQ ABDULXAIROVICH

Texnika fanlari doktori, professor

Abdulxaq Abdulxairovich Xalikov  1-mart 1948-yilda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. 1955-yilda Toshkent shahridagi 16-sonli (hozirdagi 153 sonli) oʻrta maktabga oʻqishga bordi. Ushbu maktabni 8-sinfini 1963-yilda tugatib, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi 152-sonli maktabga 9-sinfiga bordi va 1966-yilda 11 yillik maktabni imtiyozli tugatdi. Maktabni tugatib, Toshkent politexnika instituti (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti)  “Energetika” fakultetining kechki-sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirdi. Shu bilan birga Toshkent television markazining koʻchma television stansiyasiga aloqa montyori lavozimida mehnat faoliyatini boshladi. 1967-yilda elektromexanik, 1968-yildan 1971-yilgacha katta elektromexanik lavozimida ishladi. 1971-yilda Toshkent politexnika institutining “Radioelektronika asoslari” kafedrasida oʻquv ustasi lavozimida, 1972-yilda kafedra injineri lavozimida ishladi. 1972-yilda Toshkent politexnika institutini tugatib, “Radioelektronika asoslari” kafedrasida assistent, katta oʻqituvchi, lavozimlarida ishladi. 1974-1975-yillarda Uzoq Sharqda bir yillik harbiy xizmatni oʻtadi.



1975-1978-yillarda Toshkent politexnika institutining “Radioelektronika asoslari” kafedrasida kunduzgi aspiranturasida oʻqidi. Unga ilmiy rahbar etib Ukrainaning Lvov shahridan professor Mixail Arkadyevich Rakov, ilmiy maslahatchi sifatida esa (oʻsha davrda t.f.n.,dots., hozirda t.f.d., professor) Abdurashid Abdukayumov tayinlandilar.  1978-yilda aspiranturani tugatib, ushbu kafedrada avval assistent, keyin katta oʻqituvchi lavozimlarida faoliyat koʻrsatdi. 1983-yili texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 05.13.05 –“Hisoblash texnikasi tarkibiy qismlari va boshqarish tizimlari” mutaxassisligi boʻyicha “Koʻp turgʻunli chastotaviy elementlarni tadqiq etish va yaratish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1972-1980-yillar davomida xoʻjalik shartnomasi asosida Moskva shahridagi Markaziy radiotexnika ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bordi. A.A.Xoliqov tomonidan yaratilgan qurilma (mualliflik guvohnomalari asosidagi)lar uchish apparatlari nazoratini immitatsiyalashda kichik uzlukli (diskret) qadamlarda boshqariluvchi elektr yuritmalar ilk bor yaratilib, korxonaga tadbiq qilindi. 1983-1989-yillarda yangi ochilgan “Radiojihozlarni loyihalash” kafedrasida dotsent lavozimida ishladi. 1984-1989-yillarda Toshkent politexnika institutini “Radioelektronika va avtomatika” fakultetining oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini lavozimida ishladi. Shuningdek fakultetda ta’lim olayotgan yoshlarning yetuk mutaxassis boʻlib yetishishlari uchun belgilangan tashkiliy va tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qildi. 1989-1999-yillarda yangi tashkil etilgan “Radiotexnika va radiosistemalar” kafedrasi mudirligi lavozimida faoliyat koʻrsatdi.



Uning rahbarligida, 5A522210-“Aloqa tizimlari va tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish va ulardan texnik foydalanish” hamda 5A311301-“Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari” mutaxassisliklari bo‘yicha, 30 ta magistrlik dissertatsiya ishlari himoya qilingan.



2010-2012-yillarda A.A.Xaliqov rahbarligidagi 3 ta aspirant nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar(2010-G.Sh.Abidova va S.S.Xalikov, 2012-yilda- R.M.Aliyev).



2018-2021-yillarda A.A.Xaliqov rahbarligidagi 6 ta doktorantlar falsafa fanlari doktori(PhD) dissertatsiyasini (2018-yilda J.B.Kurbanov, M.B.Abdujapparova, A.N.Puziy, 2019-yilda O.A.Mirsagdiyev, 2020-yilda O.X.Urakov, 2021-yilda J.S.Fayzullayev va M.S.Ortiqovlar) himoya qildilar.



Shuningdek, A.A.Xaliqov 2 ta texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishiga ilmiy maslahatchi bo`lib, ular ishlarini 2019-yilda (R.M.Aliv, J.F.Kurbanov) himoya qildilar.



Xaliqov A.A., bir necha marta institut (TTYMI) va Oliy ta’lim Faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan. Professor Xaliqov A.A. tomonidanjami 500 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan boʻlib, bulardan 4 ta darslik, 10 ta monografiya, 34 ta oʻquvq oʻllanma, ularning 12 tasi Oliy ta’lim grifiga ega boʻlgan oʻquv qoʻllanmalar, 320 ta ilmiy ishla rva 118 ta oʻquv-uslubiy ishlar, 8 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta patent, 2ta DGU- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellectual mulkagentligi № DGU 16707. Talabnoma raqami: DGU 2022 2511. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellectual mulk agentligi № DGU 16706. Talabnoma raqami: DGU 2022 2512. 2000-yildan hozirgi kungacha Toshkent davlat transport universiteti (avvalgi Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti)da faoliyat olib borib, ilmiy maktab yaratgan olim. «Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi» tanlovi Respublika bosqichining “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim sohasi boʻyicha 2016-yil uchun “Mutaxassislik boʻyicha eng yaxshi pedagog” nominatsiya gʻolibi boʻlgan. 2021-yilda (Qozogʻiston Respublikasining Nursulton shahrida) Hamdoʻstlik mamlakatlararo oʻtkazilgan ta’limda eng yaxshi pedagog koʻrik tanlovi 1-oʻrin sovrindori boʻlgan va medal bilan taqdirlangan. 2014-yildan, A.A.Xaliqov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida Texnika yoʻnalishi boʻyicha ekspert kengashi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda.