Olim

XALIMOVA ZAMIRA YUSUPOVNA

Tibbiyot fanlari doktori, professor

Xalimova Zamira Yusupovna, 1965-yilning 9-yanvarida Buxoro shahrida tugilgan.



1988-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi davolash ishi. 1994-yilda “Nevrologiya” mutaxassisligi buyicha “Geliogeofizik omillarning  miya insultlari kelib chikishi va kechishiga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2000-yilda “Gipofiz adenomalari, ularning zamonaviy tashxisi, davo usullari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.



2000-yildan boshlab Xalimova tibbiyot fanlari doktori. Doktorlik dissertatsiyasini 20.06.2000 – yilda Endokrinologiya Ilmiy –Tadqiqot Instituti huzuridagi ilmiy kengashda ”Gipofiz adenomalari, ularning zamonaviy tashxisi, davo usullari” mavzusida 14.00.03- “Endokrinologiya” ixtisosligi buyicha himoya qilgan.  Xalimova Zamira Yusufovnaning umumiy mehnat staji 30-yil,  pedagogik staji 24-yil, “Neyroendokrinologiya va gipofiz jarrohligi” ilmiy bo’limi mudiri vazifasida 2009-yildan hozirgacha va RIIATEM direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.



1996-yildan boshlab akademik Yo.X.Turakulov rahbarligida Endokrinologiya  ilmiy tekshirish institutiga doktoranturaga kirgan. Shu yildan boshlab asosiy ilmiy yo’nalishi  neyroendokrin bezlar, gipotalamo-gipofizar tizimning rezerv faoliyatiga bag’ishlangan bo’lib, so’ngra “Gipofiz adenomalari, ularning zamonaviy tashxisi, davo usullari” mavzusida 2000-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.



Xalimova Z.Yu. koʻplab xalqaro ilmiy tashkilotlar (IDF, EASD, ADA) a’zosi hisoblanib, doimiy ravishda xalqaro anjumanlarda faol ishtirok etib keladi. 1998-2002-yillarda London Universitetiga qarashli Muqaddas Varfolomey klinikasida doktorantura yo’nalishida ilmiy stajirovkada bo’lgan. Z.Yu.Xalimovaning faol ishtirokida London Universitetining neyro endokrinologiya departamenti bilan uzluksiz hamkorlik o’rnatildi, hamda har yili professor A.B.Grossman va professor neyroxirurg M.Pauell ishtirokida ilmiy anjumanlar, seminarlar, mahorat maktablari o‘tkazib kelinmoqda. Har doim klinik ordinatorlar va magistrlar bilim saviyalarini oshirishda, hamda shifokorlarni malakasini oshirishda faol ishtirok etib keladi. Haftaning har juma kunida klinik ordinatorlar va magistrlar bilan “Ma’naviyat” kunlarini oʻtkazadi va dolzarb mavzular boʻyicha magistrlar, klinik ordinatorlar bilan suhbatlar oʻtkazadi. “ZiyoNet” axborot - resurs portali materiallaridan keng foydalanib keladi. 1996-2002-yilgacha “Neyro endokrinologiya” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi lavozimida ishladi. 2005-2009-yilgacha mazkur laboratoriya mudiri lavozimida ishladi. 2009-yildan hozirga qadar “Neyroendokrinologiya va gipofiz jarrohligi” ilmiy bo’limi rahbari, 2017-yil iyun oyidan hozirga qadar RIIATEM direktorining ilmiy ishlar bo’yicha  o’rinbosari lavozimlarida  ishlab kelmoqda



Z.Yu.Xalimova nafaqat markaz  ilmiy hayotida, balki klinikasida faol ishtirokchi. 1998-yildan beri “Neyroendokrinologiya”  bo‘limida rahbar bo’lib, bemorlarga konsultativ davo xizmat ko’rsatishni boshqarmoqda. 2003 – 2006-yillarda O’zbekiston endokrinologlari assotsiatsiyasining kotibi, 2017-yildan hozirgi vaqtga qadar shu assotsiatsiya raisining o‘rinbosari, 2007-yildan  beri  “O‘zbekistonda diabet holati” tibbiy jurnalining muxarriridir. 2009-2013 yy. O‘zR OAKga qarashli 14.00.03 “Endokrinologiya” mutaxassisligi bo’yicha  Aprobatsion  Kengash raisi, 2003-yildan  2013-yilgacha UzR SSV Endokrinologiya ITIga qarashli  D.087.81.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi, 2013-yildan hozirgi vaqtga qadar O’zR  OAKga qarashli DSc.27.06.2017.Тиб.30.02 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hisoblanadi. Z.Yu.Xalimova Evropa Neyroendokrinologlari Assotsiatsiyasining a’zosidir.



Z.Yu. Xalimova – “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.



Z.Yu.Xalimovaning ilmiy yo’nalishi gipofiz, buyrak usti bezi o‘smalari, ularning genetik asoslari,  tarqalishi, respublika miqyosida zamonaviy  davo usullari tadbig‘iga qaratilgan. Z.Yu.Xalimova 1998, 2001, 2002-yillarda London Universitetiga qarashli Muqaddas Varfolomey klinikasida ilmiy stajirovkada bo‘gan. Hozirgi kungacha  markazning yetakchi olimasi, Yevropada taniqli neyroendokrinolog  Buyuk Britaniya Qirollik Akademiyasining a’zosi professor A.B.Grossman bilan yakundan ham ilmiy, ham amaliy ishlar olib bormoqda.



Z.Yu.Xalimova neyroendokrinologiya ilmiy bo’limi mudiri, Bugungi kunda Z.Yu.Xalimovaning 5 nafar shogirdi: «Kushing sindromi: tashhislash, davolash va monitoring» (Narimova G.J.),  «Somatotropinomalar: klinik va epidemiologik jihatlari, asoratlarning chastotasi, O‘zbekiston Respublikasida davolash samaradorligini baholash» (Xalikova A.O.),  «Buyrak usti bezlari massalari diagnostikasi va prognostik faktlarni baholashda yangi strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish» (Alimuhamedova G.A.),  «Bepushtlik modulatorlarining ahamiyatini urganish va gipofiz adenomalarida homiladorlik rivojlanishining olib borilishini ta'minlash»   (Nasirova X.K.) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini, shuningdek 15 nafari: – “Semizlikda reproduktiv faoliyatning buzilish va unda leptinning roli” (G.J.Narimova), “Akromegaliya, uning kechishi va asoratlari” (A.O.Xolikova), G.A. “Adrenal insidentalomalar, klinik-genetik izlanishlar” (Alimuxamedova G.A.), “Gipofiz usmalarida reproduktiv faoliyatning buzilishi va uni tiklash usullari” (X.K.Nosirova), “Qandsiz diabetning registri, klinik-immunologik tekshiruvlar” (M.M.Karimova), “Gipofiz nofaol adenomalarini davolashda D2-retseptorlari agonistlarining ahamiyatini baholash” (Xolova D.Sh.), “Nofaol gipofiz adenomasining nasliy moyil bemorlarda patologik rivojlanish mexanizmi” (Xamedova F.S.), «Somatotropik gipofiz adenomalari uchun radiatsiya terapiyasining bevosita va uzoq muddatli natijalari» (Issaeva S.S.),  «O'zbekiston Respublikasida skrining ma'lumotlariga ko'ra birlamchi giperaldosteronizmning klinik va biokimyoviy xususiyatlari»   (Dalimova G.A.),  «ACTGga bogliq Kushing sindromi qaytalanishining klinik-gormonal aspektlarini optimallashtirish» (Mirsaidova U.A.), «Akromegaliyaning mushak-skelet tizimi asoratlari, erta tashxis va davolashning zamonaviy jihatlari» (Safarova Sh.M.), «Agressiv gipofiz adenomalari. Klinik, immunologik, molekulyar genetik jihatlari” (Azimova O.T.), «O'zbekiston aholisi o'rtasida autoimmune polyglandulyar syndrom bilan kasallangan bemorlarda klinik-immunologik masalalari va erta tashhislash» (Negmatova G.Sh.), «Sil kasalligi bilan bog'liq 2-toifa qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda vitamin D va B12 gomeostazining holati» (G.Kholmatova), «O‘zbekiston Respublikasida Kushing sindromida yurak-qon tomir asoratlarining klinik-patogenetik jihatlari» (Jabborova G.M.) mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashgan.



Bundan tashqari Z.Yu.Xalimova Kushing sindromi hamda Akromegaliya kasalligining respublikada tarqalishi, gipofizning gormonal nofaol usmalari, buyrak usti bezining usmalari  va ularni davolash usullari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Z.Yu.Xalimova bugungi kunda Respublika Endokrinologiya markazining yetakchi mutaxassisi, ham ilmiy, ham amaliy xizmatlari bilan tibbiyot ahli va bemorlar orasida o‘z hurmatiga ega.