Olim

XALMANOV AKTAM TOSHQUVATOVICH

Fizika-matematika fanlari doktori, dotsent

Xalmanov Aktam Toshquvatovich – 1964-yilda Past Darg‘om tumanining “Burganli” qishlog‘ida tug‘ilgan.1971-yilda Samarqand viloyati Past Darg’om tumani G.Titov nomli 8 yillik 9-maktabning 1-sinfiga o‘qishga qabul qilingan. Maskur maktabning 1979-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Maktabda o‘qib yurgan vaqtida matematika, fizika, kimyo, tarix, geografiya, chet tili (nemis tili), rus tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti kabi fanlarga qiziqishi kuchli bo‘lgan.  1981 yili Bol’shevik rayoni Alisher Navoiy nomli 17-o’rta maktabini (hozirgi Past Darg‘om tumanining 59-o‘rta maktab) tugatib, Samarqand davlat universitetining fizika fakultetining talabasi bo‘ldi.



Xalmanov A. T. 1986-yilda Samarqand davlat universitetining fizika fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan va shu fakultetning muammolar lazer spektroskopiyasi laboratoriyasiga yosh mutaxassis sifatida ishga qoldirilgan. U 1986-yildan  2017-yilgacha injener, kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i, “Ilmiy bo‘lim” bosh metrologi, V.I.Vernadskiy nomidagi RFAga qarashli geokimyo va analitik kimyo institutida stajyor-tadqiqotchi  va maqsadli aspiranti (Moskva), SamDUning anorganik kimyo kafedrasi aspiranti, fizikaviy kimyo  va astrofizika kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlagan.



1995-yilda Toshkent davlat universitetining Kimyo fakuleteti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda 02.00.02 – analitik kimyosi ixtisosligi bo‘yicha “Lazer ionlashtirish spektrometri yordamida tabiiy va maxsus toza mikroelektronikada qo‘llaniladigan moddalarni bevosita analiz qilish usularini yaratish” mavzusida kimyo fanlari nomzodligi uchun dissertatsiyani himoya qilgan.



U  2000-2003-yillarda AQSH, Isroil, Janubiy Koreya davlatlarida ilmiy safar va ilmiy stajirovkalarda bo‘lgan. SamDU fizika fakultetining “Optika va spektroskopiya” kafedrasida doktoranturani tugatgan va 2017 yilda Fizika-texnika instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda 01.04.05 – optika ixtisosligi bo‘yicha “Moddalarning turli fazoviy holatlarida ultirakichik kontsentratsiyali atomlarning o‘ta sezgir lazer spektroskopiyasi” mavzusida fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan. 2018 yildan fizika-matematika fanlari doktori (Diplom 04№005398. 26.01.2018, 249/1-son bayonnoma).



1996-2017-yillar ichida “K-22-96”, “ITD7-12” respublika va №983931 raqamli xalqaro grant mavzular ilmiy rahbari bo‘lib ishlagan. AQSH, Germaniya, Ruminiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Isroil, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlar olimlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan.



2018-yildan Samarqand davlat arxitektura qurilishuniversitetining “Issiqlik gaz ta’minoti, ventilyasiya va servis” kafedrasi  dotsenti vazifasi lavozimiga ishga taklif qilingan va hozirgi davrgacha shu kafedrada faoliyat olib bormoqda. Kafedra topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarib kelgani va o‘quv mashg‘ulotlariga mas’uliyat bilan yondashgani uchun kafedra a’zolari o‘rtasida hurmat qozongan.  



U mohir pedagog, “Issiqlik gaz ta’minoti, ventilyasiya va servis” kafedrasida ma’ruza va amaliy darslarini yuqori pedagogik saviyada olib boradi. U bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga “Issiqlik texnikasi”, “Binolarning energiya tejamkor injenerlik kommunikatsiyalari”, “Noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish” hamda magistratura  mutaxassisligi yo‘nalishiga “Eksperimentni rejalashtirish va natijalarga ishlov berish” kabi fanlardan ma’ruza va amaliy darslarini talabalar bilimini nazorat qilishning zamonaviy uslublari, yangi pedagogik texnologiyalar usulini samarali qo‘llash orqali o‘tmoqda.Uning darslari o‘quv–uslubiy, nazariy hamda tarbiyaviy talablarga to‘la javob beradi.



O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 31-yanvardagi qaroriga ko‘ra Xalmanov Aktam Toshquvatovichga  “Issiqlik ta'minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta'minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni tasdiqlandi.



U kafedraning bir qator fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar muallifi, ko‘plab o‘quv dasturlar hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratgan.



F.-m.f.d., dotsent A.T.Xalmanov ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida Respublika hamda xorijiy ilmiy jurnallari va to‘plamlarida 110 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarini chop etgan, ulardan 30ga yaqin ilmiy maqolalari nufuzli xorijiy jurnalarda, Xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan va konferentsiya to‘plamlarida nashrdan chiqargan, shulardan  34 tasi fan doktori dissertatsiya himoyasidan keyin va 3ta monografiya, 5ta uslubiy qo’llanma, 1ta yakka mualliflikda o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqargan.



A.T.Xalmanov Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning bajarilishiga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan uzluksiz ta’limni amaliyotga joriy qilishga, fakultetda yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashga salmoqli  hissa  qo‘shmoqda. A.T.Xalmanov kafedraning 4- kurs iqtidorli talabalari guruhiga murabbiylik qilmoqda. Shu bilan birga   talabalarining bitiruv malakaviy ishlariga, magistrantlarining magistrlik dissertatsiyasiga hamda mustaqil izlanuvchilarning PhD dissertatsiya ishlariga ham rahbarlik qilmoqda.  



 




  • Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti huzuridagi PhD 26/27.02.2020. T.109.01 raqamli Ilmiy kengash tarkibida Xalmanov Aktam Toshquvatovich rais muovini, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi matematika, fizika, mexanikafanlari bo‘yicha Ilmiy texnik kengash a’zosi sifatida faoliyat olib borgan hamda xalqaro Universal Journal of Physics and Application  jurnalida tahririyat a’zosi hisoblanadi.



U har ishda tashabbuskor, jur’atli, to‘g‘ri so‘z, ma’naviy etuk, o‘z o‘rtoqlari va ustozlariga nisbatan doimo mehribon  va g‘amxo‘r bo‘lganligi uchun jamoat  va talabalar orasida o‘z hurmat va e’tiborga  ega. Oilali. 5 nafar farzandi va uch nafar nabirasi bor. Hozirgi vaqtda qizi, Toshkuvatova Nodira Aktam qizi SamDU kimyo fakulteti tayanch (PhD) doktoranti hisoblanadi. Xalmanovlar oilasini haqiqiy olimlar oilasi desak mubolog’a bo’lmaydi, chunki uning akasi Xalmanov Nurali ham 2018-yili  qishloq xo‘jaligi fanlari doktorligi uchun dissertastiya himoya qilgan.