Xasanova Feruza Marifovna Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqqa ishlov berish va jadallashtirilgan texnologiyalar laboratoriyasi mudiri, q.x.f.n professor.
Feruza Marifovna - Paxtachilik fanini rivojlantirishda resurs tejovchi texnologiyalarni qoʻllash orqali ertaki va sifatli hosil yetishtirish, tuproqqa minimal ishlov berib tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda uni fermer xoʻjaliklarida joriy etilishida salmoqli hissa koʻshib kelayotgan olimalar biridir.
Feruza Marifovna - “Umumiy dehqonchilik” ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim (1990 y) va professor (2019 y) ilmiy unvonlariga sazovor boʻlgan. Olima gʻoʻza yetishtirishda resurs tejamkor texnologiyalarni ilmiy asoslarini ishlab chiqish boʻyicha izlanishlar olib bormoqda. Ertagi va sifatli koʻchat olishda chigitni plyonka ostiga ekib yetishtirish, kuzgi bugʻdoyni ishlov bermasdan toʻgʻridan-toʻgʻri gʻoʻza ichiga ekish texnologiyasini ishlab chiqdi. Donli ekinlardan boʻshagan maydonlardan unumli foydalanishda minimal ishlov berib takroriy ekinlardan qoʻshimcha oziq-ovqat mahsulotini yetishtirishda YOMM iqtisod qilish va traktorlarni ishlov berish sonini 3-4-martaga kamaytirish hisobiga tuproqni unumdor qatlamini erroziya jarayonlaridan saqlashga erishmoqda.
Feruza Marifovna - qishloq xoʻjaligida dolzab muammolarga bagʻishlangan 170 dan ortiq monografiya, ilmiy maqolalar, tavsiyalar va qoʻllanmalar muallifidir. Olima tomonidan olib borilgan izlanishlar natijalari chet el ommabob jurnalarida, konferensiya maqolalar toʻplamlarida nashr etilgan.
2003-yildan boshlab 8 marta amaliy va 3 marta innovatsion loyihalarda gʻolib boʻlib ushbu ishlanmalarga rahbarlik qiladi. Chet el loyihalarida IKARDA, Seshty-47, SRDF №UЗ2-31032-ТА-10 (AQSH) hamkorlikda izlanishlar olib borgan va natijada boʻlimga koʻplab zamonaviy laboratoriya jihozlari olinishida munosib hissa qoʻshgan. Olingan ma’lumotlarga asosan fermer xoʻjaliklarida takroriy ekin ekishda minimal ishlov berish texnologiyasi qoʻllanilmoqda va 3-4-martaga tuproqqa ishlov berish sonini kamaytirib ekish muddatini 7-10 kunga erta boʻlishini ta’minladi, 100000 ga maydonga joriy etilgan. Kungaboqarninng Slava naviga hammualiflik qilgan (guvohnoma № 290)
Feruza Marifovna - 2003-2019-yillarda plyonka ostiga chigit ekish, tuproqqa har xil ishlov berish texnologiyalarini ishlab chiqish, yuqori va sifatli hosil yetishtirishda minimal ishlov berish, takroriy ekinlarni toʻgʻridan toʻgʻri angizga ekish,b yegona oʻtlarga qarshi kurash, tuproqqa ishlov berishda yuqori unumli traktorlarni tuproq zichlanishiga ta’siri boʻyicha ilmiy va amaliy izlanishlar olib bormoqda.
Feruza Marifovna - koʻp yillik tajribaga ega yuqori malakali olim-agronom sifatida tuproqqa minimal ishlov berish, gʻoʻza navlarini agrotexnikasi boʻyicha ilgʻor uslublarni joriy etish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda, uning ishtirokida 2011-2015-yillar va 2016-2020-yillarga moʻjallangan namunali texkartalar ishlab chiqilgan. Hozirda plyonka ostida tomchilatib sugʻorib gʻoʻza yetishtirish boʻyicha namunali texkarta ishlanmoqda.
Feruza Marifovna - tomonidan ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan takroriy ekinlarni ekish oldidan ishlov berishda resurstejovchi texnologiyani qoʻllash, plyonka ostiga chigit ekish va uni parvarishlash, gʻoʻza qator orasiga haydamasdan kuzgi bugʻdoy ekish, ogʻir texnikani tuproqqa ta’sirini oʻrganish, qoʻshqatorga ekish, qoʻshqator ekishda kultivatsiya chuqurligi, soni va oʻgʻitlash usullari bugungi kunda respublika miqyosida 1000 mln gektardan ortiq paxta va takroriy ekin ekiladigan maydonlarida qoʻllash natijasida yuqori samaradorlikka erishilmoqda.
Tajribali olim seleksionerlar bilan samarali izlanishlari natijasida kungaboqarning Slava navini yaratgan.
Feruza Marifovna - yaratgan yangi minimal ishlov berish texnologiyasini fermer xoʻjaliklarida joriy etishda katta ishlar olib bormoqda. Har yili iqlim va tuproq sharoitidan kelib chiqib chigit ekish oldi ishlari, chigit ekish, oziqlantirish, sugʻorish va boshqa muhim agrotexnik tadbirlarni oʻtkazishda boʻyicha tavsiyanomalar, Qishloq xoʻjalik jurnallarida tavsiyalar berib bormoqda.
Shuni alohida aytish kerakki, Feruza Marifovna yosh mutaxassis-kadrlarni tayyorlashga, ularning malakasini oshirishga, ilm-fanning eng oxirgi yutuqlaridan foydalanib, dunyo ilmini egallashiga koʻmaklashadi. Yosh olimlarga gʻoʻza va uning majmuidagi agrotexnologiyalarni tadbiq etish, izlanishlarni metodik jihatdan yuqori saviyada olib borishda amaliy yordam berib kelmoqda va bu borada har yili institutda tashkil etiladigan oʻquv kurslarida tajriba oʻtkazish boʻyicha uslubnomadan darslar oʻtadi.
Feruza Marifovna - PSUEAITI (sobiq UzPITI) huzuridagi DSc.27.06.2017.Qx.42.01 raqamli fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengashda a’zosi va 1994-yildan buyon ilmiy kotib boʻlib ishlab qilib kelmoqda.
Feruza Marifovna - ning ilmiy-nazariy qarashlarini shogirtlari izchil davom etirmoqdalar. Uning rahbarligida 5-ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan, 2-tasi ilmiy izlanishlar olib borishmoqda va 5 magistrga rahbarlik qilmoqda. Olib borayotgan izlanishlari viloyatlarda gʻoʻza yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan boʻlib, tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib, tavsiyalar berilib kelmoqda. Qishloq xoʻjaligi fani va amaliyotdagi samarali, halol xizmatlari hamda fan bilan amaliyotni oʻzaro uzviy bogʻlashdagi xizmatlari uchun Respublikamizning mustaqilligini 10, 20, 25 yilligi koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar, “Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik fidoyisi” koʻkrak nishoni hamda, “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan, Respublika “Olima ayol” uyushmasi a’zosi.