Yangiyev Asror Abdixamidovich – 1963-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, texnika fanlari doktori, professor, Suv xo‘jaligi a’lochisi va O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyaning 30 yilligi ko‘krak nishonlari sohibi.
Asror Yangiyev 1980-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining “Gidrotexnika qurulishi” fakultetini “imtiyozli” diplom bilan tugatib, injener-gidrotexnik mutaxassisligiga ega bo‘ldi.
Mehnat faoliyatini 1985-1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida boshlab, Gidrotexnika inshootlari kafedrasida assistenti, 1987-1991-yillarda Moskva Gidromelioratsiya instituti stajyor-o‘qituvchisi va aspiranti, 1991-2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti “Gidrotexnika inshootlari” kafedrasi assistenti va dotsenti, 2004-2008-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi dotsenti va “Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” fakulteti dekani muovini, 2008-2009-yillarda fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 2009-2017-yillarda dotsent, 2017-yil yanvar oyidan hozirgi paytgacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti (hozirgi TIQXMMI MTU) “Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konstruksiyalari” kafedrasi professori va magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelmoqda.
O‘z pedagogik va ilmiy faoliyati davrida prof. Asror Yangiev assistent, dotsent, professor lavozimlarida malakali kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 250 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan, 15 dan ortiq Scopus bazasidagi xalqaro jurnallarda maqolalar, hammualliflikda 10 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, 6 ta foydali model uchun patent va kompyuter dasturlari uchun guvohnomalar, 15 ta tavsiyanomalar chop qilgan. Asror Yаngiev ilmiy faoliyati davrida suv xo‘jaligi sohasida, jumladan gidrotexnika qurulishi muammolarni yechish bo‘yicha bir qancha Davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Jumladan, UB-ABS-20 MSX “Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini o‘rganish va ularning ishlash xavfsizligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish” bo‘yicha AQSH loyihasi (2003-2005); O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi bilan xo‘jalik shartnomalari asosida amaliy loyihalar, PROON ning “Устойчивое управление водными ресурсами в сельской местности Узбекистана” va UNESCO ning Suv xo‘jaligi bo’yicha loyihalarida konsultant-trener va ekspert bo‘lib qatnashib kelgan. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘i bo‘yicha ishchi guruh a’zosi sifatida Respublikadagi Suv va sel suv omborlari texnik holatlarini o‘rganib, ularning havfsizligini oshirish boyicha qaror loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan.
Asror Yangiev 2015-yilda Xitoy xalq Respublikasida Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar oqimini boshqarish, 2017-yilda Qozog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligida havzaviy rejalashtirish bo‘yicha xalqaro seminarlarda, 2016-yilda Erasmus loyihasi doirasida Chexiya Respublikasi Praga tabiiy fanlar universitetida malaka oshirish va tajriba almashish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib kegan. Xalqaro, respublika va universitet miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda doimiy ravishda maruzalar bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Davlat talim standartlari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari muallifi sifatida OTM rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 1991-yilda Moskva shahrida nomzodlik dissertatsiyasini, 2016-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “TIQXMMI”-MTU huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash va “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi ixtisoslashgan seminar a’zosi. Hozirgi vaqtgacha Asror Yangiev rahbarligida 50 dan ortiq magistrlik, 4 nafar PhD dissertatsiyalari himoya qilingan, xozirgi kunda 4 nafar tayanch doktorantga va mustaqil tadqiqotchilarga hamda 4 nafar xorijiy tayanch doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.
Yangiyev Asror Abdixamidovich oilali, 3 nafar farzandi, 2 nafar nabirasi bor.
A.A.Yangiyev kamtarin, insonparvar, adolatli, fidoiy, mehnatsevar, masʼuliyatli, talabchan, qat’iyatli, kommunikativ, mehribon, irodali, bilimdon, eruditsiyali, shijoatkor, tashabbuskor, belgilangan maqsadga yo‘naltirilgan motivatsiyali, tashkilotchilik, yetakchilik, kompetentlik qobiliyatlariga ega bolgan, barkamol avlod tarbiyachisi sifatida ilmini, mahoratini, salohiyatini tinimsiz oshirib boradigan rahbardir.