Olim

YULDASHEV SHUXRAT GANIYEVICH

Iqtisod fanlari doktori, professor

Iqtisod fanlari doktori, professor Sh.G. Yuldashev 1964-yil 21-fevralda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida  tavallud topgan.



1986-yilda ToshDUning (ToshDU, xozirgi – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) falsafa-iqtisodiyot fakultetini iqtisodchi, siyosiy iqtisod oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.



2004-yilda esa Niderlandiya Maastrixt Menejment Maktabini, “Biznesni boshqarish” Эхеcутиве (МБА) top-menejerlarni tayyorlash xalqaro dasturi asosida oʻqib tamomlagan.



Sh.G.Yuldashev 1986-yildan mehnat faoliyatini Toshkent Xalq xoʻjaligi institutining “Umumiy iqtisodiy nazariya” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. 1989-1991-yillarda ushbu instituning aspiran-turasida oʻqigan. 1992-yilda, Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti boʻlinib, Toshkent moliya instituti tashkil etilganidan soʻng ushbu institutda mehnat faoliyatini katta oʻqituvchi lavozimida davom ettirdi.



1995-yilda “Bozor iqtisodiga oʻtish sharoitida meva-sabzavot kompleksi rivojlanishini bashorat qilish (Toshkent viloyati xoʻjaliklari misolida), mavzusida nomzodlik, 2001-yilda  esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzuridagi Birlashgan ixtsoslashgan Ilmiy kengashda “Xorijiy investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy oʻsishi va milliy takror ishlab chiqarishni liberallashtirishning omili sifatida” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.



Sh.G.Yuldashev 1996-yilda “Oʻzbekinvest” Milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi menejeri, 1998-yildan esa Sh.G. Yuldashev  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsion dasturlar” departamentining Bosh mutaxassisi sifatida oʻz mehnat faoliyatini davom ettirdi. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida oʻrindoshlik asosida Toshkent moliya institutida oʻzining ilmiy-pedagogik faoliyatini ham olib borgan.



Sh.G.Yuldashev mustaqillik yillarining ilk davrlaridan boshlab respublika oliy ta’lim tizimida iqtisodchilarni tayyorlash jarayoniga   birinchilardan boʻlib “Makroiqtisodiyot”, “Investitsiyalar”  va “Investitsiya-larni boshqarish”, “Operatsion va ishlab chiqarish menejmenti”, “Biznes etika”, “Inqirozga qarshi boshqarish”, “Oʻzgarishlarni boshqarish” kabi fanlarni kiritish, shuningdek MVA (Мастер оф Бусинесс Администратион) xalqaro dasturiga asoslangan biznes ta’lim tizimini shakllantirish zaruratini asoslab bergan. Natijada respublikamizda “Makroiqtisodiyot”, “Investitsiya” va “Investitsiyalarni boshqarish”, “Operatsion va ishlab chiqarish menejmenti”, “Inqirozga qarshi boshqarish” kabi fanlari oʻquv rejalaridan va dasturlaridan oʻrin oldi hamda uning muallifligida ushbu fanlardan ma’ruza matinlari, oʻquv qoʻllanmalari va elektron darsliklar ishlab chiqildi.



 



Olim 2001-yilda Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar bilan bogʻliq mavzuda birinchi boʻlib iqtisod fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan va respublikamizda “Investitsiyalarni va investitsion loyihalarni boshqarish” ilmiy maktabini yaratgan. Uning toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotimizga jalb etish bilan bogʻliq fikr, taklif va tavsiyalari asosida Oʻzbekistonga  320 million dollar miqyosidagi xorijiy investitsiyalar kiritilgan



  Shuningdek, Sh.G.Yuldashev 2001-2006-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat va jamiyat akademiyasining Oliy biznes maktabida “MVA Menejment” kafedrasi mudiri boʻlib samarali faoliyat koʻrsatdi va respublikamizda birinchi boʻlib xalqaro MVA (Мастер оф Бусинесс Администратион) xalqaro dasturi asosida biznes jarayonlarni professional boshqarishga yoʻnaltirilgan yetakchi rahbar hodimlarni tayyorlashga asos solgan mutaxassislardan biri hisoblanadi.



Sh.G. Yuldashev 2002-2006-yillarda Nyu-York Universiteti (AQSH), Nanyang texnologiya Universiteti (Singapur), Singapur menejment Universiteti (Singapur), Maastrixt Menejment maktabi (Niderlandiya) va Antverpen Universiteti (Belgiya), Malayziya Multimedia Universiteti, 2007-2016-yillarda esa G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetlari (Rossiya) kabi nufuzli oliy ta’lim maskanlarida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar, makroiqtisodiy oʻsish muammolari, investitsion siyosatni takomillashtirish, milliy iqtisodiyotda zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etish kabi mavzulardagi ma’ruzalari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga va islohatlarni targʻib etishga munosib hissa qoʻshdi.



2006-2017-yillarda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida kafedra mudiri, fakultet dekani va Filialning oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida oʻz faoliyatini davom ettirib, respublika oliy ta’lim tizimiga yetakchi xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va  milliy iqtisodiyotga malakali mutaxassislarni tayyorlab berish jarayoniga munosib hissa qoʻshdi.



Olim 2003-2014-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining iqtisod fanlari boʻyicha eksperti, shuningdek 2005-2014-yillarda Oʻzbekiston Fan va texnika davlat qoʻmitasi eksperti sifatida ham samarali faoliyat koʻrsatdi.



Professor Sh.G. Yuldashev 2018-2021-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.И.01.11 raqamli ilmiy Kengashning raisi, hozirgi kunda esa ushbu Kengashning a’zosi sifatida samarali faoliyat koʻrsatib, respublikada ilmiy kadrlar tayyorlash jarayoniga munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.



Sh.G.Yuldashev “Oʻzbekiston liberal-demokratik” partiyasi a’zosi hamdir. Olim mustaqillikning ilk davridan boshlab respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotining turli jabhalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2018-2020-yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumani Xalq deputatlari kengashi deputati sifatida ham tuman va shahar ijtimoiy-siyosiy rivojlanishiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshishga erishdi. Oliy ta’lim sohasi jarayonlarida faol ishtiroki va fidokorona mehnati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim Vazirligining (2011-y.) va Rossiya Federatsiyasining Ta’lim va fan Vazirligining (2015-y.) faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.



Olim 160 dan ortiq ilmiy maqolalar, tezislar, 12 ta monografiya, 4 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma va 12 ta elektron darsliklarning muallifi. Uning ilmiy maqolalari Yaponiya, Avstraliya, Niderlandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziya,  Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi malakatlarning nufuzli ilmiy va amaliy jurnallarida chop etilgan.



Bugungi kunda Sh.G. Yuldashev Oʻzbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakultetida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi professori lavozimida oʻz faoliyatini davom ettirib, talabalarga “Iqtisodiyot nazariyasi” va “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, “Investitsiyalarni boshqarish” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarini olib bormoqda.