Olim

ZAPAROV ABDUQAXXOR ABDUMALIKOVICH

Texnika fanlari doktori, professor

1955-yil 2-avgustda Andijon tuman Nayman qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1962-1972-yillarda shu tumandagi 19-umumta`lim maktabida o’qigan.



1973-1977-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti(hozirgi AnDU) fizika fakultetida tahsil olgan.



1977-1983-yillarda shu institut o’qituvchisi, 1983-1986-yillarda RF FA Fanlar Akademiyasi Suv muammolari instituti aspiranturasida o‘qib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan.



1987-1991-yillarda RF Fanlar Akademiya Umumiy fizika instituti Andijondagi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi. 1991-2015-yillarda AnDU Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Unga 1993-yil dotsent, 2022-yil professor ilmiy unvonlari berilgan. Hozirda shu kafedra professori lavozimida ishlamoqda. A.A. Zaparov tomonidan  200 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar e’lon qilingan, shundan O‘zR OO‘MTV qoshidagi muvofiqlashtiruvchi Kengashi tavsiyasi va Vazirlik ruhsatnomasi bilan yakka mualliflikda 5 ta darsliklar, 3 ta o‘quv qo'llanmalar nashr qilingan, shuningdek 2 ta monografiya, 10 ta o‘quv-uslubiy qo'llanmalar, 3 ta elektron darslik, 15 ta xorijiy ilmiy jurnallardagi, 25 ta OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallardagi, 54 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlardagi tezislardir. A.A.Zaparov Innovatsion rivojlanish vazirligi “Andijon tajriba ko'rgazma maydoni” da 2018-2019-yillarda “Ite’h-2018-43” raqamli “Yangi samarador texnologiyalarni yaratish va joriy etish asosida  energetik innovasion poligon tashkil etish” mavzusidagi  innovatsion loyihada yetakchi ilmiy xodim sifatida ishtirok e`tgan.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga ko‘ra A.A.Zaparov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 



“Oliy ta`lim muassasining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovining Andijon davlat universiteti bosqichida 2020-2021- yillarda o‘tkazilgan “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovda birinchi o‘rinni egallab, Universitet Rektorining faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.