Sharipov Xasan Turabovich 1947-yil 13-aprelda Toshkent shahri (Oʻzbekiston) xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1965-yil oʻrta maktabni tugatib, Moskva shahridagi M.V.Lomonosov nomidagi “Nozik kimyo-texnologiyasi” (MITXT) institutiga oʻqishga kirdi. 1971-yil M.V.Lomonosov nomidagi “Nozik kimyo-texnologiyasi” instituti aspiranturasini kunduzgi boʻlimiga oʻqishga kirdi.
1974-yilda kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “ТР3+ ionlari bilan aktivlashtirilgan SeF3 monokristallarini spektroskopik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Elektronika institutiga II toifali konstruktor, keyinchalik ilmiy xodim boʻlib ish faoliyatini boshladi.
1976-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (OʻzR FA) Prezidiumi farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo institutining “Fizika-kimyoviy analiz” laboratoriyasiga zamonaviy tadqiqot usullarini rivojlantirish boʻyicha katta ilmiy xodim qilib ishga qabul qilindi.
1982-yilda tanlov asosida fizika-kimyoviy analiz laboratoriyasiga mudir etib tayinlandi.
1990-yil 02.00.01- noorganik kimyo va 02.00.04 – fizika-kimyo mutaxassisliklari boʻyicha kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1992-yilda professor ilmiy unvoni berildi.
1994-yilda Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq “Maxsus qotishmalar” (RO “Spesplav”) Respublika birlashmasi rahbari oʻrinbosari, keyinchalik birlashma rahbari (vazirlik huquqi bilan) etib tayinlandi.
1999-2000-yilarda bir vaqtning oʻzida “Uzalmazzoloto” uyushmasining “Uzniprotsvetmet” institutiga ham rahbarlik qiladi.
2000-2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 19-maydagi Farmoniga muvofiq “Rangli, nodir va qimmatbaho metallar” ilmiy loyiha institutlari va ishlab chiqarish korxonalarini birlashtirgan (RO “Spesplav”) rahbar etib tayinlandi (Oʻzbekistondagi umumittifoq institutlarining filiallari).
2004-2006-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori, 2006-2011-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Nodir va qimmatbaho metallarning analitik kimyosi va texnologiyasi” kafedrasini tashkil etilishida tashabbus koʻrsatadi va kafedra mudiri qilib tayinlandi (RO) “Spesplav”da rahbarlik lavozimi bilan birga ish olib boradi.
2011-2015-yillar “Nodir va qimmatbaho metallarining analitik kimyosi va texnologiyasi” kafedrasi professori.
2015-2020-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnologiya universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasiga rais oʻrinbosari boʻlib ish olib bordi.
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Umumiy va noorganik kimyo” institutiga direktor lavozimiga tayinlandi.
Sharipov X.T. ilmiy yoʻnalishi – nodir, tarqoq elementlar, Pt gruppasi elementlarining noorganik va koordinatsion birikmalari spektroximiyasi va kristalloximiyasi, struktura va kimyoviy xossalarini berilgan maqsadga javob beradigan yoʻnalishda oʻzaro bogʻlanishini axborotlash, sintez qilish, gidro va pirometallurgiya jarayonlarida nodir va qimmatbaho metallarini ekstraksiya va ionalmashish metodlari bilan ajratib, tozalash fizik-kimyosiga qaratildi.
Spektroskopiya yoʻnalishida (Ln3+) aktivlashgan ionlar bilan CeF3 monokristallari tizimini 273, 77, 4,2 K haroratida elektron-, Raman-spektroskopiya va lyuministsensiya usullari yordamida sistematik tekshirildi, bu esa geksogonal simmetriya kristal maydonida 4fn – konfiguratsiyali elektron termasi oʻzaro elektronlar oʻtishini identifikatsiya qilish imkonini beradi, nazariy – guruh tahlili usulidan foydalanib, elektronlar oʻtishini tanlash qoyidasini oʻrnatish, energiya darajasini eksperimental va nazariy hisoblandi.
Natijada birinchi marotaba CeF3 kristallarda ion-aktivator Ln3+ - konsentratsiyasiga qarab, geksogonal D3h lokal markazida va C2v rombik simmetriyada joylashishi mumkunligini koʻrsatildi.
Raman-spektroskopiya usuli bilan CеF3 superion kristallarida anion pastki panjarasini tartiblashishi va termodinamik xossalari aniqlandi.
Kristalloximiya yoʻnalishida – rentgeno –struktura analizi usuli, UV-, IR-, ЯМР-, Raman-spektroskopiya, ДТА usullari bilan Мо,Re,W ва Pt,Pd, Ru,Os metallarini tarkibida geteroatom О,T,S,P boʻlgan noorganik va organik ligandlar koordinatsion birikmalarini oʻrganib, fundamental qonuniyati aniqlandi. Yuzdan ortiq kompleks birikmalar sintez qilindi, ulardan “Sis-dixloro-di O-dimetil gidroksilamino platina (II) A.s.№ 1088345, “Lantan kompleks birikmasi (III) (Qozogʻiston Respublikasi Innovatsion patent №20994 05.06.2007) – oʻsimtalarga qarshi faollik koʻrsatadi.
Oʻndan ortiq sintez qilingan kompleks birikmalari turli biologik aktivlikga va metall tabiatiga yuqori talabga ega, bu esa ularni ruda xom ashyolaridan va ishlab chiqarish chiqindilaridan ajratib olish texnologiyasiga qoʻllash imkonini koʻrsatadi, 52 dan ortiq yangi kompleks birikmalarning sinash natijalari Web of Science jurnalida nashr qilinib, kerakli ma’lumotlar xalqaro Kembridj bank strukturasiga kiritilgan.
Noyob va nodir metallarni metallurgiya va mineralogiya jarayoni yoʻnalishi oʻrganilib, ruda mineralogiyasi va ularni qayta ishlash fizik-kimyoviy yoʻnalishlarini yaratish imkonini berdi.
Respublikada birinchi marotaba sulvid rudasini chidamlilik sababi aniqlandi, ulardan biri oltinnig nozikdispers nanozarrachasidir.
Bunday rudalarni qayta ishlash uchun alternativ avtoklav texnologiyasi taklif qilindi.
Professor Sharipov X.T. respublikamizda yuzlab kimyogarlarni tayyorladi va koʻplab xalqaro konferensiyalar oʻtkazgan. Uning ilmiy va ilmiy-amaliy ishlari nafaqat Oʻzbekiston Respublikasida, balki Osiyo davlatlari, Afrika, Yevropa, AQSH, Koreya mamlakatlarida xam mashxur.
Sharipov X.T. yarim asr umrini fundamental ilmga va ilmiy pedagogik faoliyatga bagʻishlagan.
U metallurgiya yoʻnalishida yuqori malakali shogirtlar tayyorlagan.
Professor Sharipov X.T. Akademik ilmiy tekshirish institutlari, oʻquv oliygohlari va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasidagi integratsiyani yoʻlga qoʻydi.
Professor Sharipov X.T. Toshkent kimyo-texnologiyasi institutida quyidagi kafedralarni ochilishiga asoschi boʻldi:
5522400 – Kimyo texnologiya (nodir, noyob va tarqoq metallar texnologiyasi)
5A320408 – Noorganik moddalar kimyosi va texnologiyasi (nodir va tarqoq elementlarning kimyoviy texnologiyasi)
5A320408 – Metallarni karroziyadan saqlash va ularning kimyoviy qarshiligi.
Ilmiy-pedagogik faoliyati Toshkent kimyo-texnologiyasi institutida, Termez davlat universiteti, Qozogʻiston Davlat universiteti, M.Ulugʻbek nomidagi Milliy universitetlarida davom etdi. Uning tashabbusi bilan 2019-yil Oʻzbekiston Milliy universitetida “Nodir metallar kimyosi” yoʻnalishida magistratura kursi ochildi.
Besh yil davomida Kimyo fakulteti Ilmiy kengashi raisi vazifasida kimyo fundamental ilmining toʻrt yoʻnalishida – noorganika, analitika, organika va fizik kimyo fanlari doktori nomzodlarini tasdiqladi.
Yetti yillik mehnat faoliyatini kimyo va metallurgiya ishlab chiqarish korxonalarining texnogen chiqindilarni qayta ishlash soxasini rivojlantirishga qaratdi.
X.Abdullayev nomli Geologiya va Geofizika instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Goskomgeologiya va mineralogiya resurslari instituti xodimlari bilan birga ish olib bordi.
Ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishi tabiiy va texnogen konlarning hozirgi holatini baholab, toʻyintirish texnologiyasi va qayta ishlash, mineral hom ashyosidan kompleks foydalanish va tashqi muhitni himoya qilish maqsadida, texnogen va geoximik faktorlar ta’sirlarini e’tiborga olib, ilmiy izlanishlar olib borildi.
Professor Sharipov X.T. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishi vazirligining (2019-y., 2020-y., 2021-yillarda) Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi amaliy loyihaning tanlov gʻolibi boʻldi.
Professor Sharipov X.T. boshchiligida “Kamyob metallar va qattiq qotishma” IIB (KM va QQIIB) da molibden ishlab chiqarishda hosil boʻladigan texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi yaratildi va natijada toza holatda Mo, Ре ajratib olindi va ulardan tovar mahsuloti molibden ammoniy va AR-O markali perranat olindi.
Bu qilingan ilmiy ishlar Prezidentimizning “ilm-fanni va ishlab chiqarishni oʻzaro integratsiyalashtirish” kerak degan talablariga javob beradi.