Olim

SHODIYEV DAVRON SHODIYEVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor, fan arbobi

Insonga xos ijobiy fazilatlardan biri umrini mazmunli, ibratli, ma’noli o‘tkazishdir. Inson umri mazmunining o‘lchovi xalqqa xizmat qilish bilan belgilanadi. Ijodkorlar ijodi, olimlari esa yaratgan ilmiy asarlari, mehnatkashlari saxovatli mehnati va el–yurtiga berayotgan boyligi bilan baholanadi, o‘lchanadi.



            Taniqli olim Davron Shodiyevni haqli ravishda ana shunday kamtar, hurmatli va haqiqiy inson sifatida ta’lim – tarbiya nazariyasi va o‘qitish metodikasi (fizika) haqidagi fan asoschilari qatoridagi o‘rnini nafaqat respublikamizda balki Jahonda (Germaniya, Italiya, Belgiya, Shvesariya va Rossiya) va Hamdo‘stlik davlatlarida tan oladi. Pedagogika fanining metodologik asoslari hamda ta’lim – tarbiya nazariyasining o‘qitish metodikasi (fizika)  bo‘yicha taniqli olim, pedagogika fanlari doktori (1987), professor(1988), Rossiya ijtimoiy fanlar (Pedagogika va psixologiya) akademiyasining akademigi (1995 yildan), kabi nufuzli daraja –yu unvonlarga ega. Yoshlikda paydo bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq ko‘p hollarda kishi kelajagini belgilaydi. Albatta, buning uchun har kimdan jiddiy intilish, tanlagan yo‘lga sodiqlik talab qilinadi. Shundan so‘ng Davron Shodiev bo‘lajak ustozi Sergey Ivanov bilan tanishib uning rahbarligida “Kichik yoshdagi o‘quvchilarda fizikaga oid tasavvur va tushunchalarni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish” mavzusida pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun ilmiy– tadqiqot ishini boshlagan.



Davron Shodiyev 1938–yilning 20–iyulida dunyoga kelganida Qashqadaryo viloyati, Lagandi qishlog‘ida hattoki o‘n yillik maktab ham yo‘q edi. Ammo o‘tgan yillar mobaynida respublikamizga Lagandi qishlog‘i faqat fan sohasida bir akademikni, bir nechta fan doktorini hamda 25 ga yaqin fan nomzodlarini  yetkazib berdi. Ha balki, shu o‘n yillik maktabni qishloqlaridan sakkiz chaqirim uzoqda joylashgan  Beshkentga yayov qatnab, yozning jarima issig‘i–yu qishning qahraton sovig‘ida qiynalib o‘qiganlari uchun–mi, balki o‘z qishloqlarida o‘n yillik maktabni tashkil qilish maqsadidami ustoz maktabni 1955–yilda tugatib Toshkentga Nizomiy nomidagi pedagogika instituti fizika–matematika fakultetining fizika va umumiy texnika fanlari bo‘limiga o‘qishga kirib, 1960–yilda esa uni tugatgach, Kasbi tumani Hamza nomidagi maktabga o‘qituvchi qilib yuborildi. Maktabda ishlagan vaqtida yosh mutaxassis Davron Shodiyev harakatchan o‘qituvchi bir yil ichidayoq nima qanday ishlash kerakligini hamkasblariga  ko‘rsatadi va tezda ko‘pchilik nazariga tushadi. Talantli o‘qituvchi Davron Shodiyevni  Qarshi davlat pedagogika (hozirgi Qarshi davlat unversiteti)  institutga ishga taklif etishadi.



            Bu tadqiqot ishi Davron Shodiyevni tez orada jahonga mashhur va taniqli olimlar bilan yaqin muloqatga olib keldi. Ularning ko‘pchiligi, jumladan, akademiklardan Po‘lat Habibullaev, Nikolay Shaxmaev, Aleksey Pskunov, Vasiliy Razumovskiy, Mixail Skatkin, Yuriy Dik, va professorlardan Sergey Ivanov, Malla Ochilov, Botir Mirzahmedov va boshqalar ustozning yaqin do‘stlari bo‘lib qoldi. Ular bilan  tanishib Davron Shodiyev ilmiy hamkorlik qildi.



            1970–yilda ustoz tadqiqot ishini nihoyasiga yekazib  himoya qiladi. Fan nomzodi ilmiy darajasi bilan ona yurti Lagandiga qaytgan Davron Shodiyev Qarshi davlat pedagogika institutining fizika–matematika fakultetida o‘qituvchi bo‘lib ishga keldi.



            1972–yilda Qarshi davlat pedagogika institutida “Fizika o‘qitish metodikasi va o‘qitishda texnika vositalaridan foydalanish” kafedrasi tashkil qilinib, ustoz 1972–1974–yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Bu davrda kafedra qoshida ustoz umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika laboratoriyasini tashkil etgan. Davron Shodiyev 1974–1975–yillarda fizika–matematika fakultetining dekani, 1975–1980– yillarda sirtqi bo‘lim bo‘yicha 1980–1985–yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha rektor o‘rinbosari lavozimlarida ishladi.



            Boshqa fanlardagi kabi, fizika ta’limida ham u yoki bu darajada nazariyalar, taxminlar va farazlar hamda tajribalar bilan ish ko‘riladigan qator sohalar mavjud. Fanda tajribada to‘g‘ri aniqlanadigan dalillar doimiy bo‘lib qolgani holda nazariya o‘zgaraveradi, kengayaveradi, o‘tkaziladigan tajriba mukammalashtiriladi va takomillashtiriladi. Ustoz, 20 dan ortiq fan nomzodi va 5 dan ortiq zukko fan doktori yetishtirib berganlar.          



            Yuqoridagi dalillarga tayanibmi yoki ustozdagi qobiliyatni va ishchanlikni sezgan, nomzodlik ishida rasmiy opponentlik qilgan Nikolay Shaxmaev aynan, 1973-yilning 27- may sanasida, Davron Shodiyev bilan bo‘lgan muloqatlalarning birida ya’ni, unga doktorlik dissertatsiyasi mavzusini quyidagi ikki varianitini tavsiya etgan: ”Maktab fizika kursida nazariya va tajriba”, (“Эксперимент и теория в школьном курсе физики”). “Nazariya va tajribaning maktab fizika kursida mutanosibligi”, (“Соотношение эксперимента и теории в школьном курсе физики.”)



            Tabiiyki, ilmiy ishlarning ahamiyatini tadqiqotchining o‘zi to‘g‘ri tushunishi juda muhimdir. Chunki shu tufayli ilmiy izlanish haqiqiy yo‘lga solinadi. Fikrimizcha, ilmiy tadqiqotni boshlagan olim shunday mulohazalarga amal qilgan holda o‘z ishlarini muvofiqlashtirishi kerak. U mazkur rejani keng ma’noda, umumiy intilish sifatida tushunish lozim.



            Ana shu intilish Nikolay Shaxmaevning yuqoridagi nasihati va taklifi, Davron Shodiyevning 1987–yilda “Umumta’lim maktablarida tabiiy fan asoslarini o‘rganishda nazariya va tajribaning mutanosibligi” mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish bilan topshiriqni a’lo darajada yakunlanishi bilan tugadi. Mazkur tadqiqot tadqiqotchiga doktorlik ilmiy darajasini olibgina bermadi, balki tabiiy fanlarni o‘qitishda tajribaning nazariyadan kelib chiqishi lozimligini va nazariyaning amaliyotga tayanishi zarurligini ilmiy–metodik yo‘sinda asoslab bergan birinchi ilmiy ish sifatida mutaxassislar nazariga tushdi.



            Davron Shodiyevning “O‘quv jarayoni empirik va nazariy bilimlar darajasining metodologik muammolari” (1982), (“Методологические проблемы теоретического и эмпирического уровней познания в учебном процессе”), ”O‘rta maktab fizika ta’limida nazariya va tajribaning mutanosibligi”(1985), (“Взаимодейтвие теории и эксперимента при обучении физики в средней школе”), “Fizika o‘qitish jarayonida fikriy tajribalar”(1987), (“Мысленный эксперимент в преподавании физики”) kabi bir qator ilmiy asarlariga Pedagogika fanlari akademiyasining bir qator akademiklari va muxbir a’zolari Mixail Skatkin, Vasiliy Razumovskiy, Sadi Imanov, Yuriy Diklar, professorlardan Tatyana Ilina va Botir Mirzahmedovlar turli yillarda bir qator ilmiy jurnallarda ustozning ilmiy asarlari haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirganlar.



            Nikolay Shaxmaevning bildirgan ishonchini oliy darajada bajarganligi uchunmi yoki Davron Shodiyevni tinib – tinchimasligimi  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–11–sinflari uchun fizika darsliklar majmuasini yaratishda ustozi hammualliflikka taklif qildi. Taklif qabul qilinib, tinimsiz olib borilgan izlanishlar natijasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7–11–sinf fizika darsliklari majmuasi yaratildi.



            1986–yilda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9–11–sinf fizika darsliklarining “Butun Ittifoq” tanlovi e’lon qilindi. Tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘rin hech bir darslikka berilmadi. Tanlovda amaldagi darslik (G.Miyakishev, B.Buxovsev, Yu.Klimontovich, I.Kikoin, A.Kikoin va boshqalar) bilan birgalikda N.M.Shaxmaev, S.N.Shaxmaev, D.Sh. Shodiyevlar hammuallifligidagi “Fizika” 9–11–sinf darsliklari, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Faxrli birinchi o‘rinni tanlovda qatnashgan  hech bir darslikka berilmagan.



            Ikkinchi o‘rinni egallagan yuqoridagi N.M.Shaxmaev, S.N.Shaxmaev, D.Sh. Shodiyevlar hammuallifligidagi “Fizika” 9–11–sinf darsliklari majmuasi haqida gazeta va jurnallarda (“Fizika v shkole”–№5.–1987) tanlov g‘olibi deb e’lon qilindi. Endi haqiqiy tanlov g‘olibi sifatida 9-11-sinf fizika darsliklari barcha qardosh tillarda tarjima qilindi. Mana oradan bir necha yillar o‘tsa ham hozirgi kunga qadar Hamdo‘stlik davlatlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida asosiy darslik sifatida foydalanib kelinmoqda.



            Mustaqillik shamoli esa boshlaganda Xalq ta’limi vazirligi Davron Shodiyevdagi mavjud qobiliyatni, talantni, ishchanligini hamda unga yuklanadigan ma’suliyatni to‘liq ma’noda to‘g‘ri tushunganligi tufayli Qarshi davlat pedagogika instituti kafedra mudirligi lavozimidan Toshkentga O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti rahbari lavozimiga (1993) tayinlandi. Ustoz bu tayinlovni to‘liq ma’noda tushunib, “Davlat ta’lim standart” lari, o‘quv reja va dasturlarni hamda zamonaviy darsliklarni yaratishda bosh qosh bo‘ldi. Bu davrda ustoz ishtirokida “Ta’lim to‘g‘risidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” Qonunlari asosida barcha turdagi ta’lim muassasalari uchun ta’limning davlat standart (DTS) lari va barcha fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqildi, hamda muvaffaqiyatli tajriba–sinovdan o‘tib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi (16-avgust 1999y). 



            Fan sohasida va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi ulkan xizmatlari tufayli 1984-yili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, 1998-yili oltmish yoshlarida esa O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi kabi unvonlarga sazovor bo‘lgan.



            Davron Shodiyev 2008-yil 28-dekabrda Lagandi qishlog‘ida vafot etdi.