Olim

SHUKUROV G‘AYRAT SHUKUROVICH

Texnika fanlari nomzodi, professor

G‘ayrat Shukurov 1950-yil 2-dekabrda Samarqand viloyati Poyariq tumanida tavallud topgan. 1968-yil u o‘rta maktabni oltin medal bilan va 1973-yil Samarqand davlat arxitektura qurilish institutini imtiyozli diplom bilan tugatdi va bu institutga yosh kadr sifatida ishga olib qolindi. Texnika fanlari nomzodi, professor G‘.Shukurov 49 yildan ortiq bu institutda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. G‘.Shukurov “Qurilish fizikasi”, “Arxitekturaviy fizika”, “Bino va inshootlar arxitekturasi” va binolar energiya samaradorligin oshirish masalalari bilan shug’ullanadi. O va O‘MTV ligi grifi bilan 4 darslik, 6 o‘quv qo'llanma chop ettirgan. Bundan tashqari 1 monografiya va 150 dan ortiq ilmiy va o'quv metodik ishlar nashr ettirgan. Darslik va o'quv qo'llanmalari “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovlarida 2009, 2011, 2012 va 2016-yillarda faxrli o'rinlarni egallab, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, Xalq ta’lim Vazirligi va “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan 1, 2 va 3 darajali  diplomlari bilan taqdirlangan.



 U 49 yildan beri ushbu universitetda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ko‘p yillik ilmiy pedagogik faoliyatini ikkiga ajratish mumkin: birinchisi - o'quv -uslubiy;  ikkinchisi - ilmiy



tadqiqot. O'quv uslubiy ishlardan quyidagilarni keltirish mumkin:



2008-yil hammualiflikda chop ettirilgan “Isitish” nomli darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan “Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi” – 2009-yil Respublika tanlovida “II - darajali” diplom bilan taqdirlandi.



2010-yilda chop ettirilgan “Arxitekturaning maxsus masalalari” nomli O‘quv qo‘llanmasi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim Vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi, “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” – 2011-yil Respublika tanlovida “III - darajali” diplom bilan taqdirlandi.



2009-yil hammualiflikda chop ettirilgan “Bino va inshootlar arxitekturasi” nomli o'quv qo’llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim Vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, “Iste’dod” jamg'armasi tomonidan “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” – 2012-yil Respublika tanlovida “I - darajali” diplom bilan taqdirlandi.



2015-yil hammualiflikda chop ettirilgan “Qurilish fizikasi” nomli darsligi O‘zbeksdan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan “Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi” – 2016-yil Respublika tanlovida “I - darajali” diplom bilan taqdirlandi.



Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500- sonli buyrig‘iga asoslanib “Bino va inshootlar” nomli o‘quv qo’llanmasi chop etildi.



O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim Vazirligining 2022-yil 17- martdagi 106-sonli buyug‘iga asoslanib “Arxitektura fizikasi” nomli darsligi chop etildi.



2020-yil “Binolarning tashqi devorlarining energiya samaradorligi” nomli monografiyasi chop etildi.



 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetidagi ko‘p yillik ilmiy-pedagogik ishlari natijasida bevosita rahbarligi ostida 200 dan ortiq bakalavr diplomli va 15 dan ortiq magistr mutaxasisligiga ega kadrlar tayyorlagan. Tayyorlangan magistrlardan 4 nafari Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida va 2 nafari Jizzax politexnika institutida katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.



Ko‘p yillik pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlari e’tiborga olinib O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi 2022-yil, 31-may, 317/1-sonli qarori bilan “Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi b‘yicha “Professor” ilmiy unvoni bilan taqdirlangan.



 Professor bir guruh magistrlar, mustaqil izlanuvchilar va doktarantlar bilan “Bino va bino inshootlarini tashqi to‘siq konstruktsiyalarini energiya samaradorligi oshirish” mavzusida amaliy va nazariy tadqiqotlar olib bormoqda. Xususan, binolarni tashqi to‘siq konstruktsiyalarini issiqlik - fizik jihatdan takomillashtirib, ularni issiqlik himoyasini oshirish maqsadida, tashqi devor va tom yopma namunasini modellari tayyorlanib kafedra laboratoriyasidagi iqlim kamerasida tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Issiqlik - fizik jihatdan o‘tkazilgan amaliy va nazariy tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar amaliyotda qo‘llanilmoqda.



 Keyingi yillarda G‘.Shukurovning ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari Rossiya, Ukraina, Polsha va Angliya davlatlarining nufuzli jurnallarida nashr ettirilib, bu ishlar sertifikat bilan taqdirlangan. G‘.Shukurov institutda dekan, dekan muovini va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan va hozirgi davrda Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yonidagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 26. 02. 2020. T. 109. 01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi va “Bino va inshootlarni loyihalash” kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.