Ismailova Zuxra Krabayevna - 1961 yil 20 aprelda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor, “Mo‘tabar ayol” Ko‘krak nishoni mukofoti sovrindori, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi, Respublika “Oqila ayollar” harakati, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, bir qancha ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengash a’zosi, Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi va 30 yilligi, Oʼzbekiston Respublikasi Konstituttsiyaning 30 yilligi Koʼkrak nishonlari sohibi.
Zuxra Karabayevna 1979 yil Sirdaryodagi 18-o‘rta maktabni tamomlab, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining “Qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishini “imtiyozli” diplom bilan tugatib, Injener-pedagog mutaxassisligiga ega bo‘ldi.
Mehnat faoliyatini 1985 - yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida boshlab, “Pedagogika va o‘qitish metodikasi” kafedrasida laborant, assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
Zuxra Karabayevna Ismailova 2000 yil 13.00.08-“Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy malakalarini shakllantirish” mavzusida nomzodlik, 2007 yil 13.00.06 - “Tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Ma’naviy - ahloqiy tarbiyaning nazariy va eksperimental metodik asoslari: (Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar asosida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Zuxra Karabayevna Ismailovaning pedagogik va rahbarlik faoliyati davrlarida kafedra va oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, dars sifati samaradorligini oshirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, o‘quv-uslubiy va moddiy texnik ta’minotlarini boyitishda o‘z maslahatlari bilan katta hissa qo‘shib kelgan va alohida soha yo‘nalishi bo‘yicha o‘z “ILMIY MAKTAB”ini yaratgan.
Kafedrada 2001 yildan buyon institut rahbariyati va Z.Ismailova tashabbusi bilan 13.00.05 - “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning rahbarligida 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va natijada shu kunga qadar kafedra tomonidan bir qancha shogirdlar himoya qildilar va o‘z ishlarini tasdiqlarini olganlar. Ular hozirda respublikamizning turli sohalarida rahbar va injener-pedagog sifatida faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Zuxra Karabayevna Ismailova faoliyati jarayonida bir qancha ilmiy nashrlar, jumladan 5 ta darslik (“Tarbiyaviy ish metodikasi”, “Pedagogika”, “Pedagogika. Psixologiya”, “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Методика преподавания специальных образования” nomli), 12 ta o‘quv qo‘llanma (“Pedagogikadan amaliy mashg‘ulotlar”, ”Ta’limni texnik vositalari”, “O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari”, “Kasbiy fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Suv xo‘jaligida menejment psixologiyasi”, ”Kasbiy psixologiya”, “Pedagogika”, “Pedagogik mahorat”, “Kasbiy pedagogika” va “Pedagogik texnologiyalar”, “Nutq madaniyati”, “Tarbiyaviy ish metodikasi”), 5 ta monografiya, 50 ga yaqin uslubiy ishlanma va risolalar, 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shundan 30 dan ortiq xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan ishlari, shu bilan birga 5 ta dasturiy ta’minot bo‘yicha Patent va mualliflik guvohnomasi mavjud bo‘lib, hozirda Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanilib kelinmoqda. Davlat budjeti mavzulari bo‘yicha ilmiy ishlar, bir qancha xo‘jalik shartnomalari va davlat grantlari asosidagi loyihalarda ishtirok etgan va rahbarlik qilgan.
Zuxra Karabayevna Ismailova nafaqat ta’lim - tarbiya va pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmasdan, balki o‘z malakasini ham soha yo‘nalishlari borasida oshirib bormoqda. Ulardan faoliyati jarayonida “Ustoz” jamg‘armasi tomonidan AQSHning Nyu-York shtatidagi Nyu-Palts universitetida tashkil etilgan malaka oshirish kursini, TASSIS Markazi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” kurslarida malakasini oshirgan shu bilan birga GTS loyihasi asosida mintaqaviy tashkil etilgan seminar-treningda moderator sifatida, USCHOOL “Building People to Bild Nations” programmasi, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida moderatorlik, Bosh ilmiy metodik Markazida “Ta’limda menejment” yo‘nalishi bo‘yicha doimiy malakasini oshirib kelgan.
Zuxra Karabayevna Ismailova rahbarligida kafedra qoshida yosh o‘qituvchilar va kasb-hunar kollejlari muhandis pedagoglar uchun “Pedagogik mahorat maktabi” kursi, Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va malakali kadrlar tayyorlash, kafedra salohiyatini oshirib borish maqsadida 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha seminar tashkil etilgan bo‘lib, unda kafedrada va institutda ilmiy ish olib borayotgan doktarantlar, ilmiy izlanuvchilaning ishlari muhokamadan o‘tkazilib xulosalar beriladi.
Kafedrada hozirgi kunda respublikamizdagi faoliyat ko‘rsatayotgan turdosh oliy o‘quv yurtlari shuningdek qishloq va suv xo‘jaligi soha yo‘nalishlaridagi professional ta’lim muassasalari bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari yo‘lgan qo‘yilgan bo‘lib, “Ustoz - shogird” tizimi, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “5+1” (o‘quv+ishlab chiqarish integratsiyasi), 5 tashabbus (adabiyot va san’at, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter savodxonligi, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash) loyihalari asosida talabalar bilan ilmiy, amaliy, ishlab chiqarish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib bormoqda. Zuxra Ismailova yuqoridagi ishlarni olib borish bilan birga Mirzo Ulug‘bek hokimiyati tomonidan institutga biriktirilgan mahallalarida, shu bilan birga Respublika miqiyosida ham ma’rifat targ‘ibotchilari tomonidan mahallalarda hamkorlik ishlarini tashkil qilishda, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini institutda tashkil etilgan sport, xorijiy tillarni o‘rganish to‘garaklariga bepul o‘qishga taklif etish, kinoteatr va konsertlarga tashrif buyurish, sharoiti qiyin ko‘p bolalik oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, institut tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, bayram tadbirlarini nishonlashga o‘z hissasini qo‘shib, faollik ko‘rsata olgan. Bugungi kunda kafedrada Z.K.Ismailova rahbarligida 13.00.05 – Kasb - hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha yaratgan ilmiy maktabida ko‘plab tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Nafaqat kafedra o‘qituvchilari, balki kafedralararo (“Umumtexnik”, “Traktor va avtomobillar”, “Harbiy texnik” ва “Xorijiy tillar”), respublika miqyosidagi bir qancha oliy ta’lim muassasalari Toshkent yengil sanoat instituti (TTЕSI), Toshkent Davlat texnika universiteti (TDTU), Toshkent Davlat pedagogika universiteti (TDPU), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU), Qarshi davlat iqtisodiyot instituti (QarDII), Namangan muxandislik texnologiya instituti (NamMTI), Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti, Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti yosh professor-o‘qituvchilaridan 10 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar professor Z.Ismailova rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Z.Ismailova nafaqat respublika, balki xorijiy ta’lim muassasalari (Ural Federal universiteti, Rossiyaning pedagogika universiteti, Ukraina Respublikasi Milliy pedagogika fanlari Akademiyasi, Qirg’iziston Respublikasi Osh gumanitar pedagogika instituti, Sloveniyadagi Sifat Oliy ta’lim instituti, Leybnes qishloq xo‘jaligi Landshafti tadqiqot Markazi, Qozog‘istondagi “Sirdarya” universiteti) bilan hamkorlikda o‘quv, ilmiy va xalqaro anjumanlar o‘tkazishda hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Z.K.Ismailova oilali, 3 nafar farzandi, 9 nafar nabirasi bor. Zuxra Karabayevna Ismailova institut va boshqa jamoat tashkilotlardagi faoliyati, institutdagi pedagoglik faoliyati, jamoatdagi mehnatlari uchun bir necha bor OO‘MTV, shahar, tuman hokimiyati, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Faxriy yorliqlar sovrindori bo‘lgan va shu bilan birga Z.Ismailova o‘zining bilimdonligi, faolligi, tashkilotchiligi, o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatini jamoada ko‘rsata olgan rahbarlardan biri sifatida O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, tomonidan “O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi” va “O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” va 2020 yil O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining “Mo’tabar ayol” Ko‘krak nishoni bilan 3 marotaba taqdirlangan.