Olim

ABDUVALIYEV MUHAMMADJON ARABOVICH

Filologiya fanlari doktori, professor

Muhammadjon Abduvaliyev Arabovich 2006-yili “Oʻzbekiston Mustaqilligiga 15-yil” esdalik nishoni, 2024-yili 8-yanvarda “Best publication” (MDH) ilmiy tadqiqotlar markazining “ENG YAXSHI XIZMATLARI UCHUN” esdalik koʻkrak nishoni, 2024-yil 2-iyun “SHARAF” (Yilning eng yaxshi olimi)  tanlovi gʻolibi, Fan va taʼlim rivojiga qoʻshgan hissalari uchun (MDH) umum milliy assotsiatsiyasi tomonidan 2021-yil “Eng yaxshi pedagog” medali bilan hamda 2010-2023 yy Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.



Umumiy mehnat staji — 47 yil. Andijon Davlat Chet tillari Instituti (ADCHTI) professor oʻqituvchisi shu bilan birga Ingliz  tili va adabiyoti fakulteti, Ingliz  tili va adabiyoti   kafedrasi mudiri, ADCHTI- qoshidagi chop etilayotgan “JOURNAL OF SCIENCE, EDUCATION, SOCIETY” (JSES) jurnali bosh muharriri va ikki turdagi xalqaro jurnallarning tahririyat aʼzosi, Namangan Davlat Universititeti (NamDU)  huzuridagi ilmiy kengash aʼzosi, ADCHTI- Ixtisoslik boʻyicha ilmiy kengash raisi, ADCHTI- professori hamda pedogogi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.



M.Abduvaliyev oʻz mehnat faoliyatini 1981-yili Andijon Davlat Tillar Pedagogika Instituti ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida boshladi. U 1983-yili Toshkent davlat universiteti stajyor- tadqiqotchi va 1985-yili Andijon davlat tillar pedagogika instituti ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasi oʻqituvchisi sifatida faoliyatini davom ettirdi. 1986- yildan 1989- yillar oraligʻida Toshkent shahriga qaytib  Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti aspiranti sifatida ilmiy faoliyatini davom ettirdi va ayni shu yillar oraligʻida “Turli tizimdagi tillarda toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplar (ingliz, oʻzbek va boshqa bir necha tillar materiallari asosida) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989-yili  Andijon davlat tillar pedagogika instituti ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, dotsenti sifatida ish faoliyatini olib bordi. 1996-1998-yillarda Andijon davlat tillar pedagogika instituti ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazaryasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, 1998-1999-yillari Andijon davlat tillar pedagogika instituti oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor va shu institutda 1999-yildan 2002-yilga qadar ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi  mudiri lavozimida faoliyatini davom ettirdi.  2002-2009-yillar oraligʻida ayni shu institutning  oʻquv ishlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalar boʻyicha prorektor, 2009 va 2015- yillar oraligʻida Andijon davlati universiteti ingliz tili amaliy kursi va grammatikasi, ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, ingliz tili va adabiyoti kafedralarida kafedra mudiri, dotsent sifatida ish faoliyatini davom ettirdi.



2015-yildan boshlab ikki yil davomida Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti dekani lavozimida ishladi. 2017-2021 yillarda universitetning ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, 2021-2022 yillar oraligʻida kafedra  professori sifatida faoliyatini yuritdi. 2022-yil 5-sentyabrdan hozirga qadar Andijon davlati chet tillari instituti Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi, Ingliz tili va adabiyoti  kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.  Joriy yilning Dekabr oyida “Toʻsiqsizlik konsepti nominativ maydonini tashkillovchi birliklarning kognitiv, lingvokulturologik va lingvopragmatik xususiyatlari (ingliz, oʻzbek va boshqa tillar misolida)” mavzusidagi doktorlik (Dsc.) dissertatsiyasini himoya qildi. Bundan tashqari M.Abduvaliyev 2 ta davlat grantlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalarga ham aʼzo. Bular: 1.Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, hamda Namangan davlat universitetining 2020-yil 13-Avgustdagi FZ 20190815110-son shartnomasi asosida 2020-2022-yillarga moʻljallangan ingliz tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan “Кодекс Куманикус” qoʻl yozmasining ilmiy izohli matni va elektron izohli lugʻatini yaratish innovatsion amaliy loyihasida katta ilmiy xodim (NamDUning 2022-yil 1-martidagi 43BO sonli buyrugʻi); 2.Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, hamda Namangan davlat universitetining 2020-yil 1-iyundagi FZ-201912099-son shartnomasi asosida “Oʻzbek folklorining oʻzbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” loyihasida kichik ilmiy xodim (NamDUning 2020-yil 1-martidagi 43BO sonli buyrugʻi, loyiha qiymati 1millard 350 ming soʻm). 2024-2025- yillar davomida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Xalqaro yoʻnalishda taʼlim olayotgan qizlarning vatanparvarlik tuygʻusini rivojlantirishʼ’ mavzusidagi ilmiy loyiha aʼzosi (Buyruq N13  01.06.2024).  Andijon davlat chet tillari instituti, hamda Qoʻqon davlat Pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan Ingliz tili boʻyicha malaka imtihonlari qabul qilish komissiyasi rais oʻrin-bosari (ADU, ADCHTPIda 2020-yildan buyon), aʼzo (QDPIdagi 2021-yildan buyon) sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Andijon davlat universiteti huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi PhD. 0330.12.2019 FIL.6002 raqamli ilmiy kengash ilmiy seminari, shuningdek, Namangan davlat universiteti ilmiy daraja beruvchi PhD 0331.032021 FIl.76.05 raqamli ilmiy kengash va ilmiy seminari aʼzosi. “Fan texnologiyalardagi ilgʻor tadqiqotlar” (2021-yil); “Pedogogik kashfiyotlar va amaliyotlar” (2022-yil) AQSH, Plano, Texas xalqaro jurnallari hayʼatlari aʼzosi; Andijon davlat universiteti ilmiy xabarnomasi va nashriyot tahliliy boʻlimida 2018-2022 yillarda tahrirchi sifatida faoliyat yuritdi. 2019-2020-yillarda Bobur nomli Xalqaro Jamoat fondi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi (2-nashr) ni ingliz tiliga tarjima qiluvchi ijodiy guruh aʼzosi sifatida qatnashdi.



2020-2021 oʻquv yili Andijon mashinasozlik instituti Xorijiy (Ingliz) tili fanidan (buyruq №105 16.04.2021-yil), 2021-2022 oʻquv yili Namangan davlat universiteti Ingliz tili adabiyoti magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining DAK raisi (buyruq №471910 21.04.2019, №31 B/O 30.05.2022; №51 B/O 29.04.2021).



2021-2022 oʻquv yilida Andijon davlat universiteti mutaxassislik fanlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi boʻyicha attestatsiya komissiyasi aʼzosi (buyruq №02-97 20.04.2022). 2013-2015-yillarda “Andijon Yoshlari” gazetasi sahifalarida 20 soatlik til oʻrganuvchilarning grammatik va muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga moʻljallangan hamma bop darslari eʼlon qilingan.



M.A.Abduvaliyev oʻz kasbiy faoliyati va jamoatchilik faoliyati bilan birga ilmiy salohiyatini ham namoyon qilib kelmoqda turli ilmiy nashrlarda maqolalari eʼlon qilinib kelmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengash ruxsatnomalari bilan 3 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya, 3 ta elektron oʻquv qoʻllanma, ADU, ADCHTI ilmiy kengashlari qaroriga koʻra nashr etilgan va taʼlim jarayonlariga tatbiq etilgan. Oʻndan ziyod koʻp tillik lugʻat va uslubiy qoʻllanmalar nashr etgan. Hozirgi kunga kelib M.Abduvaliyev tomonidan chop etilgan ham mualliflik va yakka mualliflikga doir 37 turdagi darslik, oʻquv qoʻllanma,  monografiya, elektron oʻquv qoʻllanma, koʻp tillik lugʻat va uslubiy qoʻllanmalari mavjud. Bundan tashqari Respublika miqyosida chop etilgan tezislar (63 ta) va xorijiy tezislar (24 ta) hamda OAK jurnallardagi maqolalari (26 ta) ni tashkil qiladi. Patent, guvohnoma va litsenziyalarga ega nashrlari (14 ta) ni tashkil qiladi.



Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami va shunga oʻxshash qator ilmiy maqola va nashrlarning muallifi sifatida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Shu kunga qadar M.A.Abduvaliyev  14ta doktorlik (PHD)  dissertatsiyalari, 20 dan ziyod magistrlik dissertatsiyalari, 30 dan ziyod bitiruv malakaviy ishlari, 100 dan ziyod kurs ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan.