Ahmedova Tolibjonovna 1957-yil 1-oktyabrda Fargʻona viloyati Rishton tumanida dunyoga kelgan. Oliy maʼlumotli. Pedagog olim, pedagogika fanlari nоmzodi (1993), pedagogika fanlari doktori (2012), profеssor (2014). Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni (2016), "Oliy taʼlim aʼlochisi" esdalik nishoni (2023) bilan taqdirlangan.
Herson davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1980). Fargʻona viloyati, Quva tumani 13-oʻrta maktab rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi (1980-1986). Fargʻona viloyati, Quva tumani xalq maorifi boʻlimi metodisti (1986-1988). Fargʻona viloyati, Quva tumani 13-oʻrta maktab rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi (1988-1989). Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti aspiranti (1989-1992). Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tillar oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, dotsenti (1992-1998). Toshkent viloyati Pedagog xodimlar malaka oshirish instituti Yevropa tillari kafedrasi dotsenti (1998-2001). Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tillar oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti (2001-2003). Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tillar oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (2003-2011). Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti zamonaviy pedagogik texnologiyalar kafedrasi mudiri, professori (2011-2014). 2014-yildan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz Filologiyasi fakulteti, Ingliz tili oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari kafedrasi professori kabi turli lavozimlarda oʻz mehnat faoliyatini davom ettirdi.
2006 – 2007 oʻquv yilida “Yilning eng yaxshi kafedra mudiri” unvoniga ega boʻlgan. 2006 – 2008 yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi К.067.44.03 “Chet tillar oʻqitish nazariyasi va uslubiyati” — 13.00.02–Ixtisoslashgan kengash Ilmiy kotibi, 2008–2011 yillarda ushbu kengash aʼzosi, 2012–2022 yillarda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi К.067.18.02 “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi” 13.00.05–Ixtisoslashgan kengash qoshidagi ilmiy seminar va ixtisoslashgan kengash aʼzosi.
2017-2023 yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi 13.00.02–Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillar boʻyicha) Ixtisoslashgan kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi va ixtisoslashgan kengash aʼzosi. 2024 yildan bugungi kunga qadar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi 13.00.02–Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillar boyicha) Ixtisoslashgan kengash raisi.
Uning ilmiy ishlari lingvodidaktika, metodika, pedagogika, Oʻzbekiston Respublikasida til taʼlimi tizimini rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim tizimida chet tillarni oʻqitishning yangi tendensiyalarini tahlil qilish, chet tillarini oʻqitishda axborot-kommunikatsiya, pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va taʼlimning kredit-modul tizimidan foydalanish, chet tillarni oʻqitishda samarali yondashuv, metod va usullardan foydalanish, talabalar oʻrtasida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqotlar bilan chambarchas bogʻliqdir.
L.T.Аhmedova tomonidan chet tillarni oʻqitish metodikasida fanlararo aloqalarini qoʻllash ehtiyoji nazariy asoslanib berilgan; toʻplangan materiallarning funksional-stilistik va fanlararo yoʻnalishi asosida kasbiy nutqqa bosqichma-bosqich oʻqitish tizimi ishlab chiqilgan; badiiy matnlar bilan ishlashda bilingv-talabalar chet til nutqida paydo boʻlayotgan nutq interferentsiyasi sabablari aniqlangan; ogʻzaki va yozma fikrni bildirishda bilim va koʻnikmalarni shakllantirish boʻyicha oʻquv-til vazifalarning yangi tipologiyasi yaratilgan; badiiy matnlar materiali asosida chet til kasbiy nutqqa oʻqitish metodikasi ishlab chiqilgan va ilmiy-nazariy asoslab berilgan; kasbiy nutqning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, jumlalarni tuzish va qoʻllashni tashkil etish tamoyillari boʻyicha pedagogik taʼlim, innovatsion texnologiyalar kashf etilgan; ishlab chiqilgan metodikani amalga oshirish maqsadida oʻquv-metodik majmua yaratilgan, natijada “Аdabiyotni oʻqitish metodikasi”, “Rus tilini oʻqitish metodikasi”, “Аdabiyot oʻqitish metodikasi boʻyicha talabalarning mustaqil ishi”, “Rus tili va adabiyotini oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari” darsliklari, “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi praktikumi”, “Rus tilini oʻqitish metodikasi praktikumi”, “Rus adabiyotini oʻqitish metodikasi praktikumi”, “Rus tili va adabiyotidan uslubiy atamalarning lugʻat-maʼlumotnomasi”, “Ruscha-oʻzbekcha-inglizcha lugʻat-uslubiy atamalar maʼlumotnomasi” o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan.
Respublika va Respublika filologik oliygohlar miqyosida professor-oʻqituvchilar, talabalar, magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar ushbu darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar bilan foydalanmoqda. Muallif darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi – 2013” respublika miqyosidagi “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi praktikumi” (“Teaching English Practicum”) tanlovida 1-oʻrinni egallagan va I-darajali diplom bilan taqdirlangan;
Respublika matbuotida ijobiy fikr-mulohazalar olingan (“О‘zbekiston oʻqituvchi” gazetasi, 2009-yil 22-may, 21-son); “Аdabiyot oʻqitish metodikasi” nomli darsligi 2010-yilning eng yaxshi darslik muallifi” Respublika tanlovida ragʻbatlantiruvchi oʻrinni egallagan hamda Respublika matbuotida ijobiy baho (Мaʼrifat gazetasi, 2010-yil 30-sentabr, 76-77-son) olgan; “Rus adabiyotini oʻqitish metodikasi praktikumi” nomli o‘quv qo‘llanma “Eng yaxshi darslik va oʻquv adabiyoti muallifi – 2011” Respublika tanlovida ragʻbatlantiruvchi oʻrinni egalladi (“Maʼrifat” gazetasi, 2011-yil 24-sentabr, 77-son); “Rus tilini o‘qitish metodikasi” nomli darslik “Еng yaxshi darslik va adabiyot muallifi – 2014” respublika tanlovida uchinchi oʻrinni egallagan. 2013- yilda “Преподавание языка и литературы” Respublika ilmiy-metodik jurnalining 3- sonida chop etilgan “О государственных образовательных стандартах системы непрерывного образования Республики Узбекистан” nomli maqolasi Respublika Республика koʻrik tanlovida 1- oʻrinni egallagan.
L.T. Ahmedova ilmiy rahbarligida shogirdlari, bulardan 19 ta PhD, 4 ta DSc boʻyicha dissertatsiyalarini himoya qildi va ilmiy darajaga ega boʻldi. Uning bevosita rahbarligida 50 dan ortiq magistrlar tayyorlandi.
2000-yilda Hindiston hukumati Nyu Deli Milliy taʼlim sohasi boʻyicha rejalashtirish va boshqarish instituti xalqaro granti sovrindori. Ushbu dastur doirasida “8-9-sinflarda ikkinchi tilni oʻqitishda muammolarini oʻrganish” ilmiy ishini yozgan va himoya qilgan. 2000-yil Hindiston Nyu Deli Taʼlimni rejalashtirish va boshqarish milliy instituti tomonidan ITEC dasturi doirasida xalq taʼlimini rejalashtirish va boshqarish sohasida xalqaro diplom bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimovning 2012-yil 10- dekabrdagi 1875-sonli “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Chet tillarni oʻrganishning yanada rivojlantirish boʻyicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi 297-Bayoniga muvofiq ushbu qarorni amalga oshirish boʻyicha L.T.Аhmedova Chet tillarini bilish darajasining aniq mezonlarini nazarda tutuvchi yangi taʼlim standartlarini ishlab chiqish ekspert guruhi raisi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgrisida”gi PQ-1875 qarorini amalga oshirish boʻyicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvi kengashning ishchi organi OʻzDJTU qoshida tuzilgan shtabning DTS, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ularning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash, baholash tizimini xalqaro standartlar (CEFR)ga yaqinlashtirish boʻyicha 1-ishchi guruh tarkibida faol ish olib borgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qaroriga binoan “Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʻyicha davlat taʼlim standarti” Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri imzosi bilan tasdiqlangan. Аhmedova L.T. ushbu DTS mualliflaridan biridir, natijada Oʻzbekiston Respublikasida chet tillarni oʻrganishni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Britaniya kengashi tomonidan 2013-yilda Buyuk Britaniyaning Norvich shahri Til institutida CPD – Continuing Professional Development – dasturi boʻyicha Angliyaga malaka oshirishga yuborilgan.
Professor L.T.Аhmedova 2024-yilda Rossiya Federatsiyasi Кislovodsk shahridagi “Oʻzbekiston” sanatoriyasida “Dam olish – davolanish – bilim olish – malaka oshirish” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi Shimoliy Kavkaz institutida “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi: maqsadlar, vazifalar va ustuvorliklar” dasturi boʻyicha malakasini oshirdi va tegishli sertifikat bilan taqdirlandi. Ushbu loyiha Respublika sanatoriyalari (Yalta – Kislovodsk) faoliyatini qayta tiklash va modernizatsiyalash “Oʻzbekiston” fondi koʻmagida amalga oshirildi.
Professor L.T.Аhmedova ilmiy tadqiqotlarining natijalari muntazam (Germaniya, Gamburg; Hindiston, Nyu-Deli; Rossiya, Moskva, Saratov, Voronej, Nijniy Novgorod, Sankt-Peterburg, Kazan; Ukraina, Melitopol; Avstriya, Vena; Buyuk Britaniya; Ozarbayjon, Baku; Dogʻiston, Sumgait, Maxachkala; АQSh, Torrans; Toshkent va b.) maʼruza qilingan va tillar o‘qitish metodikasi boʻyicha xalqaro ilmiy forumlarda taqdim etilib, mutaxassislarning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlgan.
Ahmedova Laylohon Tolibjonovna – 220 ta dan ortiq ilmiy nashrlar, 10 dan ortiq monografiya va darsliklar muallifidir. Uning qator ilmiy tadqiqotlari natijasi dunyo maʼlumotlar bazasiga kiritilgan boʻlib, Respublika va chet el nashrlarida koʻplab havolalar keltirilgan. Uning barcha fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega shogirdlari Oʻzbekiston Respublikasi oliygohlarida samarali faoliyat olib bormoqdalar.
Tillarni bilish darajasi: Rus tili – C2, ingliz tili – C1 darajali xalqaro sertifikatlarga ega.
Professor L.T.Ahmedova Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Ona tili va xorijiy tillar Muvofiqlashtiruvchi kengashi komissiyasining aʼzosi, darslik va oʻquv qoʻllanmalarga ekspert.
«Psixologiya i obrazovanie” xorijiy jurnal, “Uzluksiz taʼlim”, “O‘zbekistonda xorijiy tillar”, “Filologiya masalalari” Respublika jurnallarni tahrir hayʼati aʼzosi.
Har yili professor-oʻqituvchilar va doktorantlar uchun xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi boʻyicha dolzarb mavzular boʻyicha Respublika ilmiy seminarlarni oʻtkazadi.
Respublika OTM professor-oʻqituvchilarning ilmiy rivojlanishiga koʻmaklashadi. Rasmiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyishni biladi. Oʻziga va boshqalarga nisbatan talabchan. Kamtar. Universitet jamoasi va mutaxassislar orasida halol mehnati va oliyjanob fazilatlari bois hurmat-eʼtibor qozongan.