Sobirov Baxodir Boypulotovich Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 1963-yilda tug’ilgan. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlab, o‘z ilmiy izlanishlarini olib borgan.
1985-1992 yillarda Navoiy shahar 2-hunar-texnika bilim yurti ishlab chiqarish ustasi, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 1992-1995 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Navoiy bo‘limida ximiya va ximiya texnologiya kafedrasi laboranti, katta laboranti, assistent, katta o‘qituvchi, ximiya-texnologiya fakultetida dekan o‘rinbosari, 1995-1998 yillarda Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi ixtisoslashgan texnika kolleji direktori, 1998-2000-yillarda Navoiy davlat konchilik institutida iqtisod va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha prorektori, 2000-2010 yillarda Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i, 2010-2013 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2013-2013 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi raisi o‘rinbosari, 2013-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining Idoraviy metrologik nazorat xizmati boshlig’i, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazining kasb-hunar kollejlari faoliyatini o‘quv-metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i, 2019-yilda Kasb-hunar ta’limi tizimini iinovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti direktori vazifani bajaruvchi, 2019 - yilda Pedagog innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori va 2020-yildan buyon Navoiy davlat pedagogika instituti rektori (0.5 stavka Kimyo kafedrasida) vazifasida faoliyat olib bormoqda. Turli lavozimlarda ishlab o‘z ilmiy-ijodiy faoliyatini boyitgan. 2020-2021-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan.
Hozirda B.B.Sobirov “Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy-uslubiy axborotnomasi” va “Elektron ta’lim” jurnallari bosh muharrir sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. B.B.Sobirov Oliy majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zosi hamdir. B.B.Sobirov 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilganligining 29 yilligi oldidan “Xalq so‘zi” gazetalari tahririyati tomonidan “Eng yaxshi maqola” deb e’lon qilingan.
Uning rahbarligida KA-2-003-“O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Navoiy viloyati misolida)” mavzusidagi umumiy qiymati 105 mln.so‘m bo‘lgan amaliy loyiha, Erasmus+ dasturi doirasida moliyalashtirish hajmi 37596.0 yevro bo‘lgan xalqaro grant loyihasi, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Higher education for employability” nomli umumiy qiymati 200000 funt sterling bo‘lgan xalqaro loyiha bajarildi. Ushbu loyiha doirasida institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va iqtidorli talabalari uchun “INPRODEK” ingliz tili o‘quv markazi tashkil etildi.
B.B.Sobirov tomonidan texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgandan so‘ng 4 ta hammualliflikda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan. “Polimerlar kimyo”, “Kimyo tarixi”, “Organik kimyo” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan.
B.B.Sobirov yuqori malakali mutaxassis, chuqur bilim egasi, mahoratli pedagog va olimdir.