Egamberdiyeva Nodira Melibayevna 1965 yilning 1 martida Toshkent shahrida tavallud topganman. 1988 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Maktabgacha pedagogika va psixologiya fani oʻqituvchisi yoʻnalishini tamomlagan.
1988–1999 yillarda Toshkent shahar 549-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi uslubchisi, 1999–2000 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida stajyor-tadqiqotchi, 2000–2003 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti aspiranti, 2003–2005 yillarda “Maktabgacha va oilaviy taʼlim” kafedrasi oʻqituvchisi, 2005–2016 yillarda “Pedagogika” kafedrasi mudiri. 2016–2018 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri, 2018–2020 yillarda ushbu universitetning pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori. 2020 yil iyun–avgust oylari Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti direktori. 2020 yilning sentyabr oyidan “Oila va xotin-qizlar” (“Mahalla va oila”) ilmiy-tadqiqot instituti direktori, 2023 yildan boshlab “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ushbu kasbga boʻlgan oʻzgacha mehr va intilishlari natijasida 2004 yilda “Atrof-muhit taʼsirida pedagogika kolleji talabalarini axloqiy tarbiyalash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 2009 yilda esa dotsentlik unvoni bilan taqdirlangan. 2010 yilda “Madaniy-insonparvarlik yondashuvi asosida talabalarni shaxsiy hamda kasbiy ijtimoiylashtirish” nazariyasi va amaliyoti (pedagogika oliy taʼlimi misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yoqlab va shu muammoga bagʻishlangan monografiya chop ettirib, 2012 yilda professor unvonini qoʻlga kiritgan.
U jamiyatda taʼlim, tarbiya, gender, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi 50 ga yaqin ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarga rahbarlik qilib, milliy qonunchilik, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etganman. 200 dan ortiq oʻquv va ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar, monografiyalar, multimedia resurslari yaratib, tahliliy materiallar, ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlagan.
Nodira Melibayevna rahbarlik qilayotgan institutda 10 dan ziyod xorijiy mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarini rivojlantirish maqsadida memorandumlar va kelishuvlarni amalga oshirishga hamda ular asosida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga erishildi.
Bundan tashqari, uzoq yillik mehnati va ilmiy faoliyati davomida yutuqlardan tashqari ilm yoʻlida bir nechta shogirdlarga ham ustozlik va rahbarlik qilib kelmoqda. Xususan, ilmiy maslahatchiligi ostida yaponiyalik Asuka Kavano 2009 yilda “Mahalla va uning taʼlimiy roli” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Shuningdek, rahbarligi ostida 30 ga yaqin shogirdlari nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishgan.
Egamberdiyeva Nodira rahbarlik qilayotgan “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan 2021 yilning aprelidan buyon hamkorlik qilib keladi va mazkur aloqalar oʻz samarasini bermoqda.
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna 2005 yili Germaniyaning Frayburg universitetida, 2013 yili Yaponiyaning Nagoya universiteti va Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida malaka oshirgan.
Olima xalqaro miqyosda ham qator ishlarni amalga oshirdi, jumladan, uning ilmiy maslahatchiligi ostida yaponiyalik Asuka Kavano “Mahalla va uning taʼlimiy roli” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (2009 yil) himoya qilgan. UNESCO tomonidan taʼsis etilgan va Xitoy Xalq Respublikasi moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan “Gender Assessment in Teacher Education in Asia” loyihasida faol ishtirok etgan. Shu oʻrinda dunyoning bir necha rivojlangan mamlakatlari, jumladan Germaniya (2005 yil), Yaponiya (2013 yil), Malayziya (2013 yil), Tayland (2016 va 2017 yillari) va boshqa davlatlarda oʻtkazilgan ilmiy-nazariy anjumanlarda oʻz maʼruzalari, shuningdek, Yaponiyaning Nagoya universitetida oʻtkazilgan “Social welfare in Uzbekistan” mavzusidagi xalqaro seminarda qatnashganini (2014 yil) alohida eʼtirof etishim zarur.
2014 yilda Malayziya davlatida ingliz tili kursi boʻyicha malaka oshirgan. 2016 yili Xalqaro pedagogik taʼlim Fanlar Akademiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.
Bundan tashqari, UNFPAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Rossiyaning A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti bilan hamkorlikda 2023 yilning 14–18 avgust kunlari “Oʻzbekistonda demografik tahlil va aholi prognozlarini tuzish asoslari” mavzusida navbatdagi uchinchi sayyor yozgi maktabini tashkil qildi.
N.Egamberdiyeva tomonidan 240 ga yaqin ilmiy ishlar (monografiya, darslik, ensiklopediya, lugʻatlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, risolalar, dasturlar) respublika va xalqaro jurnallar, ilmiy toʻplamlarda maqolalar nashr etilgan. Shuningdek, 4 ta SCOPUS xalqaro jurnalida maqolalar chop etgan.
Olima ilmiy faoliyat davrida “Madaniy insonparvarlik yondashuvi asosida boʻlajak oʻqituvchilarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish” (2009 yil), “Talabalarni atrof-muhitga nisbatan axloqiy tarbiyalash” (2010 yil), “Yuksak maʼnaviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasi” (2012 yil), “Boʻlajak pedagoglarni kasbiy ijtimoiylashtirish jarayon-larini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari” (2021 yil) nomli monografiyalarni nashr qildirgan.
Risola, broshyura, amaliy qoʻllanmalar:
“Farzandimiz bizdan koʻra yaxshiroq yashashini xohlaymiz yoxud tarbiyaning baʼzi jihatlari”, “Oilada farzand tarbiyasiga oid baʼzi muammolar yechimi”, “Mahalla – yorugʻ yuzimiz va vijdonimiz koʻzgusi”, “Ayollar, biznes va qonun” indeksi, “Oilada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar”, “Global ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi”, “Baxtlilik oʻlchovi”, “Inson baxti va oilaviy hayot”, “Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha (Mahalla xotin-qizlar faoli uchun amaliy qoʻllanma)”, “Oilalar barqarorligiga mehnat migratsiya-sining taʼsiri”, “Mehnat migratsiyasiga joʻnab ketayotgan ota-onalarga eslatma”, “Oilada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash – sogʻlom turmush asosi” muallifi hisoblanadi.
Nodira Melibayevna muallifligidagi uslubiy qoʻllanmalar:
“Ijtimoiy shartnomani qoʻllashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslari”, “Ijtimoiy shartnoma mexanizmi: nazariy tahlil”, “Oila koʻzgusida baxt”, “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar ijtimoiy reabilitatsiyasi hamda suitsidal xulq profilaktikasi”, “Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish”, “Oila va taʼlim muassasasi hamkorligida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ijtimoiy moslashtirish”, “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga psixologik yordam koʻrsatish”, “Mahalladagi xotin-qizlar faollari faoliyatini tashkil etish”, “Oilada kundalik maishiy gigiyenaning asoslari”, “Milliy hunarmandchilik vositasida yoshlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish”, “Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha (Mahalla xotin-qizlar faoli uchun uslubiy qoʻllanma)”, “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining taʼsirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etish asoslari, shakllari va uslublari”, “Genderga oid audit oʻtkazish metodologiyasi”, “Gender tadqiqotlarini tashkil etishning xususiyatlari va usullari”;
Monografiyalar:
“Oʻzbekiston mahallalari: kecha va bugun”, “Boʻlajak pedagoglarni kasbiy ijtimoiylashtirish jarayonlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari”, “Milliy hunar-mandchilik vositasida yoshlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish”, “Gender tadqiqotlari, gender tahlili, monitoring va baholash”, “Zamonaviy oilada gender tengligi masalalari”.
Nodira Melibayevna Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan “Oʻzbekistonda oilalarning baxtlilik indeksini belgilashning nazariy metodologik asoslari”, “Ayollar jinoyatchiligi holati, sabablari, oʻzgarish tendensiyasi”, “Xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish va ularning ijtimoiylashtirishning ilmiy asoslari”, “Oʻzbekiston mahallalari kecha va bugun”, “Xavfsiz mahalla” tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga toʻlaqonli va samarali joriy etish mexanizmlari”, “Oʻzbekistonda 2017–2021 yillarda mahalla instituti: rivojlanish odimlari”, “Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga taʼlim berish jarayonida ota-onalarning ishtiroki va rolini oshirish”, “Gender ekspertiza oʻtkazishning huquqiy-metodologik asoslari”, “Mahalla, oila va xotin-qizlar hayoti va ijtimoiy muammolarini amaliy oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari asosida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash, ularni umumlashtirish va chop ettirish”, “Oilaviy zoʻravonlik: sabab, oqibat va ijtimoiy-tarixiy jihatlari”, “Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish” va “Oʻzbekiston qahramoni” mavzularidagi qisqa muddatli amaliy loyihalarining rahbari hisoblanadi.
Olima rahbarlik qilgan loyihalar natijasida “Baxtiyor oila” veb-portali ishga tushirildi, Oʻzbekistonda gender muammolarini oʻrganish, targʻib etish, monitoringini yuritish boʻyicha “uzgender.uz” elektron platformasi yaratildi, aholini, masʼul xodimlarni sanitariya-gigiyena sohasida bilim malakasini oshirishga xizmat qiladigan “Maishiy gigiyena yulduzlari” telegram-boti hamda “Xonadon gigiyenasini baholash” elektron platformasi ishlab chiqildi, Toshkent va Buxoro viloyatlarida “Gastro mahalla” loyihasi amalga oshirildi. Natijada 60 nafardan ziyod xotin-qizlar oʻz-oʻzini band qilish imkoniyatiga ega boʻldi.
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna – “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor.
2018–2020 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlagan davrida “Oʻzbek tili va adabiyoti”, “Oʻzbek tilshunosligi” va “Oʻzbek adabiyotshunosligi” yoʻnalishlarida 500 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilarning Bitiruv ishlari himoyalariga raislik qilgan va ushbu 3 ta ixtisoslik boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar hamda ishchi dasturlarini hammualliflikda ishlab chiqdi.
Bundan tashqari, “Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori” ilmiy-tadqiqot instituti, “Oʻzbekiston yozuvchilari” uyushmasi, “Til va adabiyot” nashriyotlari bilan memorandum imzolab, malaka oshirishga keluvchi har sikldagi tinglovchilarni hamkorlikda faoliyat olib borishi va tajriba almashishini yoʻlga qoʻygan. Shu bilan bir qatorda, TDOʻTAU ning FZ-2016-0914183252, OT-F1-36 raqamli “Talabalar maʼnaviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi loyihaning bajarilishi loyihasi boʻyicha oliy taʼlim muassasalari talabalari maʼnaviyati mezonlarini ishlab chiqish ham uni diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirildi. Yoshlarning maʼnaviyatini rivojlantirishining pedagogik-psixologik oʻziga xosliklarini oʻrganilib, 2 ta monografiya va 1 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma nashr qilindi.