Texnika fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori, professor, Turon Fanlar akademiyasi akademigi Botir Shukurillayevich Usmonov, ixtisosligi bo‘yicha injener-mexanik, 19 mart 2019 yildan boshlab, Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori lavozimida ishlamoqda.B.Usmonov 1985 yili Qozon texnika universitetiga o‘qishga kirib, uni 1993 yilda a’lo darajali diplomga yakunlagach, Toshkent davlat texnika universitetiga ishga kirdi va tadqiqotchi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.U aspiranturani 1999 yilda muvaffaqiyatli yakunlab “Zarbaviy to‘lqinlar turkumini statsionar jismga tushishini matematik modellashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
B.Usmonov o‘z mehnat faoliyatini Toshkent davlat universitetining “Aerodinamika” kafedrasida 1995 yilda assistentlik lavozimidan boshladi. So‘ngra kafedrada o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent va 1997-1999 yillar kafedra mudiri o‘rinbosari, 2003-2005 yillari malaka oshirish va Fuqaro aviatsiyasi fakultetlari dekani lavozimlarida ishladi.1989 yilda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘zaro kelishuviga asosan B.Usmonov axborot texnologiyalarni fan sohalarida qo‘llash uchun Hindistonda ochilgan Birlashgan Millatlarning ilmiy markaziga ilmiy-o‘quv amaliyotiga yuborildi. B.Usmonov ushbu amaliyot davri bilan birgalikda Andra universitetining axborot texnologiyalar magistri degan akademik unvoniga sazovor bo‘ldi va Toshkent davlat aviatsiya institutida ish faoliyatini davom ettirdi. 1999 yilda Germaniya Federativ Respublikasiga ilmiy stajirovkaga yuborildi. U Gamburg-Xarburg texnika Universiteti qoshida tashkil etilgan Shimoliy Texnologiyalar institutida 2 yil davomida mexatronika ixtisosligi bo‘yicha “Mexanika va informatika fanlari” magistraturada o‘qib magistrlik dissertatsiyasi bilan birga Global Injenering menejment akademik darajasi sohibi bo‘ldi, hamda kompyuterda loyihalash va dasturlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi.1994-1999 yillar davrida O‘zbekiston Prezidenti “Ustoz” va “Iste’dod” fondining ikki karra grant sovrindori sifatida Yaponiya va Germaniyaga qisqa muddatli malaka oshirish safarlariga yuborildi. Olgan bilimlari va tajribalarini talabalarga o‘quv jarayonida va “Ustoz-shogird” tizimi orqali muntazam berib kelmoqda. Xususan, TDTU va TDAI talabalarning yozgi va qishgi maktablari, ilmiy seminarlar tashkilotchisi.U shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limiga ilg‘or mamlakatlar tajribasini olib kirishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Oliy ta’lim muammolari instituti qoshida uyushtirilgan anjuman va seminarlar, oliy ta’lim tizimini isloh qilish uchun olib borilgan BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan uyushtirilgan davra-suhbatlarning faol qatnashchisi.
B.Usmonov akademik litsey va o‘rta maxsus ta’lim kollejlari uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratishda ham qatnashdi (2007y.), va oliy o‘quv yurtlari uchun “Aviatsiyada huquqiy va tashkiliy asoslar” (o‘quv qo‘llanma, 2007y.), “e-Learning practices”, ya’ni “Elektron ta’lim amaliy asoslari” (2-tomlik nashr, 2010y.) darslik va o‘quv qo‘llanmalarning muallifi. Bugun uning 85 dan ortiq ilmiy va ilmiy-metodik adabiyot, risolalari va maqolalari Respublika va Xalqaro jurnallarda va ilmiy-amaliy konferensiyalarida chop etilgan. B.Usmonov chet ellarning yirik anjumanlarida ham o‘z ilmiy dokladlari bilan ishtirok etgan. Jumladan, Janubiy Koreyada Konkuk universitetining aviatsiya axborot texnologiyalari fakulteti bilan hamkorlikda 2007 yili o‘tkazilgan Xalqaro vertoletsozlar ittifoqining konferensiyasida, 2002-2006 yillari Germaniyaning nufuzli universitetlarida, 2005 yili Italiyaning Genua universitetida, 2005 yili Yaponiyaning Aeronavtika o‘quv yurtida seminar va anjumanlarida, Tursiya, Xindiston va Italiya davlatlarinig turli muxandislik, oliy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan ishtirok qildi. 2009-2010 yillar uchun Shveytsariya milliy ilmiy tadqiqotlar fondi sovrindori, ya’ni axborot texnologiyalariga oid ilmiy loyihaga rahbarlik qilmoqda.U 2008 yildan boshlab, Moskva davlat universiteti Toshkent shahri filiali Ilmiy Kengashining Ilmiy kotibi sifatida ish boshladi va ta’lim va jamoat ishlarida faol ishtirok etdi. Jumladan, uning rahbarligida filial talabalari ikki yil mobaynida Xalqaro talabalar dasturlash chempionatida faxrli o‘rinlarni egallashdi. 2009 yil bo‘yicha filial talabalari O‘zbekiston chempioni va Jahon chempionatining hududiy bosqichi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallashdi. Talabalarning “Ilmiy jamiyat”ini tuzishda va “Amaliy matematika va informatika” yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv ishlarini va himoya qilishni tashkil etishda faol qatnashdi.2012 – 2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatini yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritdi. Bir necha Prezident qaror va farmonlari hamda hukumat qarorlarini tayyorlashda faollik qildi.2013-2016 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirini fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishladi. Shu davrda talabalarni ilmiy faoliyati, oliy ta’lim ilmiy faoliyat va Fanlar Akademiyasining hamkorligi bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqdi.2017-2018 yillarda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti ilmiy ishlar prorektor lavozimida universitetni xalqaro miqyosida tanitish, xalqaro reytingga tayyorlash va professorlarga xalqaro jurnallarda chop etish bo‘yicha tashkiliy ishlarga bosh bo’ldi. 2019 va 2020 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari sifatida respublikamizni sanoatga oid ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarda ishtirok etdi. Bugun faoliyat yuritayotgan bir necha loyihalarda uning ham hissasi bor.B.Usmonov keng omma orasida tabiiy-ilmiy bilimlarni targ‘ib qilish va bu bilan yoshlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish borasida ham faol qatnashmoqda. Uning texnika va informatikaga oid intervyu va chiqishlari respublikamiz va chet elning nufuzli matbuotlari sahifalarida (“Die Welt”, “Pravda Vostoka”, “Ma’rifat”, “Xalq so‘zi” va boshqalar) chop etilgan va yoshlarga oid tele va radio chiqishlari efirga uzatilgan.
B.Usmonov TXTI jamoasi, o‘qituvchilari va talabalari orasida hurmatga sazovor, atrofdagilarga e’tiborli va kamtar. Hamkasaba va talabalarga nisbatan talabchan, adolatli va berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan o‘z vaqtida to‘g‘ri bajaradi. Zarur holatlarda qattiq qo‘llik xususiyati bor.B.Usmonov Yevropa va Xalqaro Physicon, Triple Helix ilmiy jamiyati a’zosi. U ingliz, rus va nemis tillarini biladi.Botir Usmonov xalqaro reytinglarda va ishlab chiqarish sanoatida taniqli va yuqori ilmiy pedagogik salohiyatga ega olimdir.