Olim

HOSHIMXONOV MO‘MIN

3 karra fan doktori (filologiya, pedagogika, falsafa), professor

Hoshimxonov Moʻmin 2002-yili Fargʻona shahrida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston notiqlar tanlovi” gʻolibi, 2003 yili Namangan viloyat yoshlar Ittifoqi “Boborahim Mashrab” mukofoti sohibi,  2003-yil “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni, 2007 yili Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼnaviyat fidoiysi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.



Umumiy mehnat staji — 48 yil. Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi (PhD).03/04.06.2020. Fil.113.02. raqamli ilmiy kengash aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.



Hoshimxonov Moʻmin 1972-1975 yillar Jizzax viloyati, Zafarobod tumani Sobir Rahimov davlat xoʻjaligi hisobchisi, 1979-1980 yillar Samarqand viloyati, Bulungʻur tumani 46-maktab oʻqituvchisi, 1980-1982 yillar 2-maktab oʻqituvchisi, 1982-1984 yillar 2-maktab oʻquv boʻlimi mudiri, 1984-1985 yillar Jizzax viloyati, Zafarobod tumani S.Rahimov davlat xoʻjaligi hisobchisi, 1986-1988 yillar Jizzax viloyati, Zafarobod tuman 3-maktab oʻqituvchisi, 1988-1991 yillar 13-maktab direktorning maʼnaviy – maʼnaviy ishlari boʻyicha  oʻrinbosari, 1991-1992 yillar Jizzax davlat pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, 1992-1995 yillar Oʻzbek tili va adabiyoti oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 1995-1997 yillar ushbu kafedra  katta oʻqituvchisi, 1997-1999 yillar Boshlangʻich taʼlim, til va adabiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1999-2001 yillar Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2001-2005 yillar Sotsiologiya va iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri,  2005-2007 yillar Milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari kafedrasi mudiri, 2007-2010 yillar Milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari kafedrasi dotsenti, 2010-2015 yillar Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi mudiri, 2015-2018 yillar Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi dotsenti, 2018-2020 yillar Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi mudiri, 2020-2023 yillar Falsafa, tarbiya va huquq taʼlimi kafedrasi dotsenti, 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar  Falsafa, tarbiya va huquq taʼlimi kafedrasi professori  lavozimida mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda.



Hoshimxonov Moʻmin 1995 yil Ibrohim Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq institutida “Mashrabning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” (09.00.03-Falsafa tarixi) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.



2019 yil Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi (DSc).27.06.2017.F.02.02 raqamli ilmiy kengashda “Boborahim Mashrab va XVII-XVIII asrlarda ijtimoiy-axloqiy fikr rivoji” mavzusida  09.00.03-Falsafa tarixi ixtisosligi boʻyicha  falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.



2021 yil Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi (PhD).03/04.06.2020.Fil.113.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda “Boborahim Mashrab ijodiy merosining ilmiy-badiiy adabiyotdagi talqini (XVII-XVIII asrlar)” mavzusida 10.00.02. – Oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari doktori  (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.



2023 yil Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi (PhD).03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan  bir martalik Ilmiy kengash  “Ijtimoiy-pedagogik fikrlar negizida talabalarning maʼnaviy-axloqiy kamolotini taʼminlash tizimini takomillashtirish  (Boborahim Mashrab asarlari misolida)” mavzusida 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.



Bugungi kunda “Boborahim Mashrabning ijtimoiy – siyosiy qarashlari”



(XVII – XVIII asrlar) 23.00.01 –Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy taʼlimotlar tarixi va metodologiyasi toʻgʻrisida 4 (toʻrtinchi dissertatsion  tadqiqotni olib bormoqda).



Hoshimxonov Moʻmin tomonidan olib borilayotgan oʻquv mashgʻulotlari oʻzining noanʼanaviyligi va taʼsirchanligi bilan ekspertlar, professor-oʻqituvchilar, bakalavr hamda magistrlar tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda. Nomzod kafedra va fakultetning yosh oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatda, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik va yoʻnaltirishda oʻzining qimmatli maslahatlarini  ayamasligi bilan ham jamoada katta hurmat qozongan. Moʻmin Hoshimxonov rahbarligida 2 ta falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori PhD dissertatsion ish himoya qilingan va 3 ta ortiq mustaqil tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Kafedra  professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda 5 ta Respublika miqyosida  ilmiy anjuman oʻtkazishda faol ishtirok etgan.



Hoshimxonov Moʻmin uzoq yillar mehnat qilib, 11 ta fundamental monografiyalar va 11 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 1 ta lugʻat, 2 ta badiha, OAK va xorijiy mamlakatlar jurnallarida 270 dan koʻproq ilmiy-maʼrifiy maqolalari chop etgan.



Hoshimxonov Moʻmin buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Boborahim Mashrab



hayoti, ijodi, faoliyati boʻyicha 9 ta fundamental tadqiqot (monografiya)lar yaratgan. Shunday boʻlsa – da, oʻzini mashrabshunos olim deya- davo qilish fikridan yiroq. Sababi, hali tadqiqotlarni davom ettirish rejasi bor.



Daho shoir, sheʼriyat mulkining sultoni, mutafakkir Alisher Navoiy  ijodiga murojaat qilib, “Alisher Navoiyning ijtimoiy – gumanistik qarashlari” falsafa tarixi ixtisosligidan (2024 yil 25 bosma taboq)  fundamental monografiya yaratdi.



Shuningdek, Zayniddin Vosifiyning “Badoyeʼul – vaqoyeʼ” (Nodir voqealar) asarida “Alisher Navoiy tabʼida nafsoniy shahvat va ruhiy lazzatga maylning cheklanganligi” xususida” (2024 yil 10 bosma taboq) ilmiy – badiiy risola yaratdi.



Hoshimxonov Moʻmin 2008 yildan 2024 yilgacha Respublikamizning turli Oliy oʻquv yurtlari va Jizzax  davlat pedagogika universiteti  talabalariga 4000 (toʻrt ming) dona kitoblar beminnat va iddaosiz  tuhfa qildi.



U turli tashkilotlarda ishlash bilan bir qatorda respublikamizning qariyb koʻplab oliy taʼlim muassasalari va viloyatimizning davlat va jamoat tashkilotlarida oʻzining dolzarb mavzulardagi maʼruzalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Boborahim Mashrab ilmiy merosini targʻib qilishda  respublika oliy taʼlim muassasalari OʻzMU, SamDU, TerDU, GulDU, NamDU, OʻTAUlarida doimiy tarzda ilmiy maʼruzalar tashkil etib kelmoqda.



Hoshimxonov Moʻmin JDPU qoshidagi 2-sonli Akademik litsey, IIV Jizzax viloyati Akademik litseyi va boshqa turli taʼlim muassasalarida yosh avlodga hayot tajribalaridan namuna sifatida yoshlarimizni ijtimoiy faolligini oshirish, axloqiy va estetik tarbiyaga mos turli yoʻnalishdagi seminar-treninglarni jamoatchilik orasida faol ishtirok etmoqda.



2000 yildan buyon Respublikaning turli oʻrta, oʻrta maxsus va  oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalariga Boborahim Mashrab merosiga oid  ijod namunalaridan iborat kitoblar taqdimi, 2010-yildan shu kunga qadar Jizzax shahridagi 1-sonli Muruvvat uyi va hozirdagi Sharof Rashidov tumani Olmachi MFYdagi “Mubinabonu” oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarga  doimiy koʻmak berib kelayotgan, sahovatpesha, fidoiy insonlardan biridir.



Taʼkidlash joizki, Hoshimxonov Moʻmin  psixolog ekspert-maslahatchi sifatida ishtirok etib, tarbiyasi ogʻir, ijtimoiy nosogʻlom muhitda tarbiyalangan yoshlarni jamiyatga sogʻlom fikr va mustaqil hayotga qaytarib, baxtli yashashga imkon yaratishga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan. Hoshimxonov Moʻmin koʻp yillik jamoatchilikdagi maʼnaviy–maʼrifiy sohalardagi faoliyatlariga vazirliklar, tashkilotlar, universitet maʼmuriyati  tomonidan “Faxriy yorliq”lar va Tashakkurnomalar bilan bir necha marta taqdirlangan.