Olim

ISAKULOVA NILUFAR JANIKULOVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Isakulova Nilufar Janikulovna 1979-yil 8-aprelda Fargʻona shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.



U 1995-1999-yillarda Samarqand davlat chet tillari institutining “Maktabgacha taʼlim” bakalavritura yо‘nalishida, 2000-2002-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining magistraturasida “Boshlangʻich taʼlim” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. О‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida 2003-2005-yillarda aspiranturada, 2009-2011-yillarda esa doktaranturada katta ilmiy xodim-izlanuvchi bо‘lib faoliyat kо‘rsatgan. 2004-2009-yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumani 98-son umumiy о‘rta taʼlim maktabida boshlangʻich sinf о‘qituvchisi lavozimida, 2011-2012-yillarda Toshkent davlat madaniyat institutida katta о‘qituvchi lavozimida, 2012-2014-yillarda О‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida dotsent lavozimida, 2014-2016-yillarda esa О‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dotsent lavozimida ishlagan. 2016-yildan hozirgi kunga qadar О‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.



Isakulova Nilufar Janikulovna 2006-yil 6-sentabr kunida «Boshlangʻich sinf о‘quvchilarida ekologiк tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning pedagogik asoslari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2012-yil 6-aprel kunida «Uzluksiz taʼlim jarayonida о‘quvchilarga fanlararo ekologik tarbiyaga oid tushunchalarni berish nazariyasi va amaliyoti (umumiy о‘rta taʼlim maktablarida hamda pedagogika kollejlarining “Boshlangʻich taʼlim” yо‘nalishi misolida») mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.



Isakulova Nilufar Janikulovna 2007-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2012-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2014-yilda dotsent, 2019-yilda professor ilmiy unvonini olgan.



Isakulova Nilufar Janikulovna tomonidan 3 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 5 ta monografiya, 5 ta uslubiy qо‘llanma, 8 ta maqola (xorijiy jurnallarda), 46 ta ilmiy maqolalar, respublika konferensiyalarida 9 ta, xalqaro konferensiyalarda 4 ta, vazirliklar miqyosidagi konferensiyalarda 4 ta ilmiy  ishlar nashr ettirilgan, 3 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olishga erishgan. Yakkamualliflikda nashr etilgan “Kasb taʼlimi metodikasi” о‘quv qо‘llanmasi, hammualliflikda nashr etilgan “Kasbiy pedagogika” darsligi, “Oʻzbek xalq o‘yinlari” о‘quv qо‘llanmasi, “Umumiy pedagogika” oʻquv qoʻllanma(2019, 2020 yy.)lari, “Bolalar pedagogikasi” darsliklari(1-qism 2020-yil, 2-qism 2021-yil) pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan.



Isakulova Nilufar Janikulovna О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 6-apreldagi «О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tqazish tо‘gʻrisida»gi PQ-1516-son Qaroriga muvofiq о‘tkazilgan О‘zbekiston Respublikasi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yosh olimlari о‘rtasidagi «Ilm sari ilk qadam» tanlovida qatnashib, II darajali diplomni qoʻlga kiritgan, va universitet rektorining faxriy yorliq va tashakkurnomalari bilan taqdirlangan.



Isakulova Nilufar Janikulovna oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib, ilmiy rahbarligida 4 nafar falsafa doktorlari tayyorlangan.



2018-2023-yillarda 40 nafar pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori, 7 nafar pedagogika fanlari doktori talabgorlariga rasmiy opponent va Ilmiy seminarlarda taqrizchi sifatida ishtirok etgan.



2020-2023-yillarda A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga о‘rgatish milliy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01-raqamli Ilmiy kengash va Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar aʼzosi.



2022-yilda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01-raqamli Ilmiy kengash aʼzosi, 2017-yil noyabrdan 2019-yil may oyigacha О‘zDJTU huzuridagi DSc.27.06.2017.Ped.27.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash ilmiy kotibi va Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar aʼzosi.



TerDU, JizPU, TDPU, О‘zMU, TTA huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash va Ilmiy seminar aʼzosi. 2020-2023-yillarda О‘zDSMIda izlanuvchilarni monitoringdan о‘tkazish jarayonida komissiya aʼzosi, 2022-2023-yillarda TDPUda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi, 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bо‘yicha) ixtisoslik bо‘yicha tayanch doktoranturaga qabul komissiyasi aʼzosi, 2023-yilda TDPUda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi bо‘yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi aʼzosi.



2016-2023-yillarda TDPU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirish kursi tinglovchilarining bitiruv ishi himoyasi bо‘yicha attestatsiya komissiyasi aʼzosi, pedagogik qayta tayyorlash (nopedagoglar uchun) kursida tinglovchilarning yakuniy Davlat attestatsiya komissiya raisi bо‘lib faoliyat yuritgan. 2014-2015-yillarga mо‘ljallangan YOA1-003-raqamli “О‘quvchilarda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini shakllantirish” yosh olimlar loyihasi rahbari, 2013-2014-yillarga mо‘ljallangan “Barqaror taraqqiyot uchun taʼlimni kuchaytirish maqsadida pedagoglar orasida nomoddiy madaniy merosni targʻib qilish” nomli xalqaro loyiha eksperti, 2015-2017-yillarga mо‘ljallangan A1-011-raqamli “Nomoddiy madaniy merosining tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlarini taʼlim tizimiga tadbiq etish” nomli amaliy loyihada katta ilmiy xodim, 2021-2022-yillarga mо‘ljallangan AL-412104512-raqamli “О‘zbekistonning geografik obyektlari uchun kо‘p tildagi elektron lugʻat yaratish” amaliy loyiha aʼzosi bо‘lib ishtirok etgan.



2018-2020-yillarda “Filologiya masalalari”, 2020-2021-yillarda “Chronos Journal” jurnalida bosh muharrir, “Управление образованием теория и практика”, 2021-yildan buyon hozirgacha “TDPU axborotnomasi”, “Madaniyat chorahalari”, 2022-yilda “Journal of Pedagogical Inventions and Practices”, 2023-yilda “Sportda ilmiy tadqiqotlar”, “Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences” jurnallarida tahririyat aʼzosi.



Pedagogika nazariyasi va tarixi, taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bо‘yicha), о‘qitish metodikasi, taʼlim amaliyotiga nomoddiy madaniy meros elementlarini tatbiq etish masalalari kabi ilmiy yо‘nalishlarda oʻzining pedagogik mahoratini, ilm-fan va maorif sohasida mamlakatimizda roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni tez oʻzlashtira oladi hamda taʼlim sohasidagi yangiliklarni, ilmiy tadqiqot ishlarini, islohotlarni hayotga tatbiq eta oladi. N.J.Isakulova mehnat faoliyati davomida universitetning ilmiy, tashkiliy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan hamda universitetning ilmiy salohiyatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan olimalardandir. N.J.Isakulova kamtarin, insonparvar, adolatli, fidoiy, mehnatsevar, masʼuliyatli.