Olim

ISAYEV RIXSI ISOXOʻJA OʻGʻLI

Texnika fanlari nomzodi, professor

Rixsi Isayev 2021-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.



Rixsi Isayev 1942-yilning 24-noyabrida Toshkent viloyatining Kalinin tumanida (hozirgi Zangiota tumani) tavallud topgan.



Rixsi Isayev oʻz ilmiy faoliyatini 1958-yilda Toshkent temir yoʻl texnikumining “Сигнализация, централизация, блокировка и связ” yoʻnalishida oʻqish bilan boshladi. Soʻng  Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ,,Telefon, telegraf” yoʻnalishida tahsil olgan.



1968 — 1970 yillarda harbiy xizmatda   ,,Aloqa xavfsizlik” Vzvod komandiri lavozimida Turkiston harbiy okrugida xizmat qilgan va Katta leytenant harbiy darajaga erishgan



Harbiy xizmatdan soʻng 1970-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti “Koʻp kanallik elektr aloqa” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilindi.



1972-yilda Moskva elektrotexnika aloqa instituti aspiranturasiga oʻqishga qabul qilindi. 1976- yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib , Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ( TEAI )da assistent, katta oʻqituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi . 1977-yil sentyabr oyida  TEAI da Moskva, Leningrad aloqa institutlaridan keyin Uchinchi “Tolali optik aloqa” ilmiy — tadqiqot laboratoriyasini ochdi . Ushbu laboratoriyada shu yoʻnalishda raqamli 30 kanallik apparatura ishlab chiqildi va Toshkentdagi 234 va 241 avtomatik telefon stansiyalar ( ATS ) ishga tushirildi. bulardan tashqari Rixsi Isayev sobiq SSSR Hukumati Aloqa vazirligining muhim loyihalarida ishtirok etgan.



1983-1986 yillarda shu davrda birinchi boʻlib avtonom holda ishlaydigan gibrid 24 V , 250 Vattli  Quyosh  — Shamol elektrostansiyasi yaratildi va u TEAIning Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi Xondayliq qishlogʻida joylashgan dam olish maskanida ishga tushirildi.



Bulardan tashqari olim mamlakatimizning koʻplab viloyatlarida ATS lar ishga tushirilishida faol qatnashgan. Masalan, Tolali  optik aloqa ilmiy — tadqiqot laboratoriya Toshkent viloyati , Zangiota tuman markazini Toshkent shahar , Navoi koʻchasi 28 dagi , shu davrdagi Telegraf — Telefon stansiyasi (hozirgi Bosh kommutatsiya markazi) orasiga 16 kilometr tolali optik aloqa kabeliniyer ostiga koʻmib va telefon kanalizatsiyalariga joylashtirib , 120 kanallik IKM — 120 apparaturasini qurib ishga tushirdi. Bundan keyin Andijon va Qoraqalpogʻistonning Nukus shaxarlarida ATS larni bir — biri bilan bogʻlash  maqsadida Tolali optik kabellarini telefon kanalizatsiyalariga yetkazib , raqamli IKM — 1920 kanallik apparaturani ishga tushirdi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin Aloqa sohasi ikki yoʻnalish boʻyicha rivojlana boshladi , Oʻzbekiston pochta aloqasi davlat konserni va  Oʻzbektelekom davlat konserni tuzildi .Oʻzbektelekom davlat konserni Nizomini tayyorlashda faol qatnashdi va Konsern rahbarining oʻrinbosari lavozimiga ishga oʻtdi



1992 yil sentyabr oyidan boshlab 2012 yillarda Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi bilan hamkorlik ishlarida faol qatnashdi .Telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonida faol ishtirok etdi . 1992 yil  oxirida sohaning alohida ilmiy tashkilotini ochish va uni rivojlantirishga qaror qabul qilindi .  Ilmiy — tadqiqot Markaziga Isayev Rixsi Isoxoʻja oʻgʻli rahbari etib tayinlandi .



Shu Markaz mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Aloqa sohasidagi birinchi va hozirgi kunda Xalqaro miqyosda taniqli ,,Fan — texnika va marketing tadqiqotlari Markazi (FTMTM ) hozirgi kundagi brendi ( UNICON .UZ ) ilmiy , amaliy va soha yoʻnalishlarida ishlab chiqarish, standartlashtirish , metrologiya , sertifikatlashtirish , normativ hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga asos soldi .



Oʻzbekiston  Respublikasining    “Radiochastotalar toʻgrisidagi,, , ,,Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi”, ,,Telekommunikatsiya toʻgʻrisidagi” , ,,Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi” , ,,Elektron imzo toʻgʻrisidagi”, ,, Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi” va ,,Elektron tijorat toʻgʻrisidagi”  qonunlarini ishlab chiqish va tadbiq etishga oʻz hissasini qoʻshdi. 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi” qonunini tayyorlashda faol ishtirok etdi .



Davlatimizning Telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish masalalarini hal qilish 1994 — 1995 yillarda ishlab chiqilgan loyiha  1995 yil 1-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  307 — sonli qarori bilan tasdiqlandi va 1995 -- 2010 yillar ( 15 yil davomida ) Telekommunikatsiya tarmoqlari toʻliq raqamlashdi .



1997-yil sentyabrda FTMTM da ,, Axborot Xavfsizlikni ilmiy va amaliy laboratoriya ochildi. 1999-2006-yillar davomida davlatimizning”  Axborot Xavfsizlik” konsepsiyasini va amaliyotga tadbiq etish masalalarini hal qilishda faol qatnashdi va rahbarlik qildi. Shu davrda davlatimizning Kriptografik algoritmi yaratildi va davlat standarti ishlab chiqildi, qabul qilindi va shu standart asosida xavfsizlik qurilmalari ishlab chiqarilmoqda .



FTMTM 1997-yilda Yevropa komissiyasi granti asosida Fransiyaning Armines kompaniyasi va Portugaliya kompaniyalari hamkorligida dunyoda birinchi ishlab chiqilgan ,, Avtonom gibrid  5 kVt , 220 Voltli Quyosh — Shamol elektrostansiya akkumulatorlari bilan  boʻlgan loyihani , muallifning oldingi qilgan loyihasi asosida yaratish uchun Toshkent viloyati , Boʻstonliq tumani, Chorvoq telerentranslyator stansiyasini barqaror elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida Hokimiyat 2 gektar yer ajratib berdi va ushbu loyiha boʻyicha elektrostansiya qurildi va ishlash jarayonlarini ilmiy — tadqiqot ishlari boshlandi.



Shu davrda hamkor Fransiyaning Armines kompaniyasi ishlab chiqargan Avtomatlashtirilgan monitoring tizimi orqali har kuni 24 soat davomida Quyosh va Shamol stansiyalar ishlab chiqqan.