Olim

XALIKOV BAHODIR MEYLIKOVICH

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor

   B.M.Xalikov 1968-yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1993-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxasisligi-olim-agronom. Mehnat faoliyatini 1993-yildan O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida aspirantlikdan boshlagan. 1995- 1996-yillarda bo‘limda kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, 1997-yildan bo‘lim boshlig‘i, 2007-yildan institutning umumiy va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha, 2010-yildan ilmiy ishlar bo‘yicha Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari, 2012-2014- yillarda Bosh direktor, 2014-2018 -yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazida Bosh direktor o‘rinbosari, 2018-2020 -yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari- qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi (sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, hozirgi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi)da Bosh direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1997 -yilda qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2000-yilda katta ilmiy xodim ilmiy unvonini, 2007-yilda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasini, 2014 - yilda professor ilmiy unvonini olgan. 2016- yildan Turon Fanlar akademiyasining akademigi hisoblanadi.Olim tomonidan ilk bor yangi dehqonchilik tizimida mamlakatimizning asosiy maydonlaridagi tuproq unumdorligi va uning hosildorlik qobiliyatini muttasil oshirish va saqlash, g‘o‘za, kuzgi boshoqli-don ekinlari hamda boshqa ekinlardan mo‘l va sifatli hosil еtishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining har bir hududi uchun mos g‘o‘za-g‘alla majmuidagi qishloq xo‘jalik ekinlarini qisqa navbatli almashlab ekishning samarali tizimlari ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, professor B.M.Xalikovning ilmiy rahbarligida u va shogirdlari tomonidan respublika qishloq xo‘jaligi muammolarini еchishga qaratilgan quyidagi ilmiy ishlar amalga oshirilgan: -respublikaning Markaziy, Janubiy va Shimoliy viloyatlari tuproq iqlim sharoitlari uchun respublikada asosiy ekinlar hisoblanadigan g‘o‘za va kuzgi boshoqli-don ekinlariga maqbul o‘tmishdosh bo‘ladigan 30 dan ortiq qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan, dukkakli-don ekinlaridan soya, mosh, loviya, еryong‘oq, boshoqli-don va dukkakli ekinlardan kuzgi bug‘doy, javdar, tritikale, suli, perko, raps, ko‘k no‘xat, sabzavot ekinlardan pomidor, karam, kartoshka, sabzi, piyoz, texnik ekinlardan qand lavlagi, xashaki lavlagi kabi ekinlar asosiy, takroriy va oraliq ekin sifatida qisqa navbatli almashlab ekish tizimlariga kiritilib, respublikada tuproq unumdorligini saqlaydigan, oshiradigan, ekinlardan barqaror mo‘l va sifatli hosil olishni ta’minlaydigan yangi qisqa navbatli almashlab ekish tizimlari ishlab chiqildi; -respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlariga mos qand lavlagidan yuqori va sifatli hosil olish agrotexnikasi ishlab chiqildi, qand lavlagi ekini qisqa navbatli almashlab ekish tizimlariga kiritilib, uning qishloq xo‘jalik ekinlarini yangi almashlab ekishdagi o‘rni aniqlab berildi. Qand lavlagining 10 dan ortiq navlari respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlarida sinab ko‘rilib, yuqori va sifatli hosil beruvchi navlari tanlab olindi va ishlab chiqarishga tavsiya etildi;



- respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlarida qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi boshoqli-don ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olishni ta’minlaydigan parvarish qilish agrotexnikalari ishlab chiqildi;



-respublikaning Markaziy va Janubiy viloyatlari tuproq iqlim sharoitlari uchun qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida dukkakli-don, don, moyli, sabzavot va еmxashak ekinlarining parvarish qilish hamda ulardan mo‘l va sifatli hosil еtishtirish agrotexnikalari ishlab chiqildi; -respublikaning Markaziy va Janubiy viloyatlari tuproq iqlim sharoitlari uchun qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida parvarish qilinayotgan g‘o‘zaning qator oralariga chuqur ishlov hamda g‘o‘zaning o‘zgaruvchan qator oralariga ishlov berish agrotexnologiyalari ishlab chiqildi;



-respublikaning Markaziy viloyatlari tuproq iqlim sharoitlari uchun qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olish agrotexnologiyalari ishlab chiqildi.



   B.M.Xalikov vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining ilg‘or yutuqlaridan to‘la foydalanish, respublika agrosanoat kompleksining eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalarini qishloq xo‘jaligida samaradorlikni yanada oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayogan olim va qishloq xo‘jaligi xodimi.



   Olim tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy ishlanmalar ishlab chiqarishda joriy etilmoqda: -tuproq unumdorligini saqlaydigan, oshiradigan, ekinlardan barqaror mo‘l va sifatli hosil olishni ta’minlaydigan yangi qisqa navbatli almashlab ekish tizimlari respublikaning turli tuproq va iqlim sharoitlarida har yili 850-900 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda joriy etilmoqda; -qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida dukkakli-don, don, moyli, sabzavot va еm-xashak ekinlarining parvarish qilish texnologiyasi respublikaning sug‘oriladigan 450-500 ming gektar maydonida joriy qilinmoqda; -respublikaning g‘o‘za parvarish qilinadigan maydonlarining 300-350 ming gektarida g‘o‘za qator oralariga chuqur ishlov berish texnologiyasi joriy etilmoqda. Olim tomonidan ilmiy maktab yaratilgan bo‘lib, uning ilmiy rahbarligida jami 20 nafar ilmiy tadqiqotchi (7 nafar doktorlik, 13 nafar nomzodlik) va 6 nafar magistr dissertatsiyalari himoya qilingan. Hozirda uning rahbarligida 5 nafar doktorant va tayanch doktorant hamda 3 nafar mustaqil tadqiqotchi ilmiy ishlanishlar olib bormoqda. Ilmiy faoliyati davomida qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olishga oid 500 dan ortiq ilmiy nashr, shu jumladan, 14 ta monografiya, 215 ta tavsiyanoma, 254 ta ilmiy maqola, (shundan 47 ta xorijiy nashrlarda chop etilgan), 17 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.Xalikov Bahodir Meylikovich 2003- 2017 yillar davomida 4 ta amaliy, 1 ta innovatsion va 2 ta fundamental loyihalarga ilmiy rahbarlik qilgan. Jumladan, 2003-2005-yillarda QXA-7- 002 “Muttasil g‘o‘za va almashlab ekishda tuproq unumdorligi qobiliyati”, 2006-2008 yillarda “Mulkchilikni yangi shakliga o‘tgan fermer va boshqa turdagi xo‘jaliklarda еrdan unumli foydalanish, tuproq unumdorligini hamda ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida paxtachilik majmuidagi ekinlarni almashlab va navbatlab ekish tizimlarini ishlab chiqish”, 2009-2011-yillarda QXA-7-025 “Respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlarida sug‘oriladigan еrlardan unumli foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash xamda ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida paxtachilik majmuidagi ekinlarni almashlab va navbatlab tizimlarini ishlab chiqish” mavzularida amaliy, 2015-2016- yillarda QXI-5 “Fermer xo‘jaliklarda kuzgi bug‘doy ang‘iziga dukkakli-don ekinlari еtishtirishning samarali texnologiyalarini joriy etish” mavzusida innovatsiya loyihalariga rahbarlik qilgan, 2015-2017-yillarda QXA-7- 042 “Muttasil g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni qisqa navbatli almashlab ekishning tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’siri” mavzusida amaliy va 2017-2020- yillarda VA-QXF-5-028 “O‘zbekistonda adaptiv landshaft dehqonchilikning yangi ilmiy va metodologik asoslarini ishlab chiqish” va VA-QXF-5-001. “G‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarning o‘simlikxo‘r qandalaning ko‘payishi, soni va еtkazadigan zarariga ta’siri” mavzularida fundamental loyihalarga ilmiy rahbarlik qilgan.2007-2011-yillar davomida sobiq O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (hozirgi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti) huzuridagi D.020.44.01 raqamli ilmiy kengash ilmiy kotibi, a’zosi, shu kengash huzuridagi ilmiy seminar raisi o‘rinbosari, 2013-2017- yillarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.Qx/B.24.01 raqamli ilmiy kengash raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. B.Xalikov qishloq xo‘jalik sohasida chet ellik hamkorlar bilan ham ishlar olib borgan. Hamkorlik yuzasidan Yaponiya, Janubiy Koreya, Iordaniya, Turkiya, Suriya, Hindiston, Tailand, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi mamlakatlarda bo‘lgan. Amerika qishloq xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (Agroilmdunyo) hamda Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro markazi (IKARDA) bilan hamkorlik qilgan va Tailand, Suriya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston davlatlarida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.



   2002-2008-yillar mobaynida Amerika qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro agentligi “Agroilmdunyo” PL-180 va Section-416 xalqaro loyihalar doirasida respublikaning meliorativ holati yomon bo‘lgan Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida tuproq unumdorligini qayta tiklash, saqlash va oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha tuproq unumdorligi-dehqonchilikda mo‘l va sifatli hosil еtishtirish barometri ekanligi, mamlakatimizning sug‘oriladigan maydonlarida tuproq unumdorligi tobora pasayib borayotganligi, sifati o‘rtacha va o‘rtachadan yuqori bo‘lgan еrlar 10% ga qisqarishi, o‘rtacha, o‘rtachadan past bo‘lgan maydonlar 12,4% ga ortishi, almashlab ekish yеtarlicha joriy etilmayotganligi, organik o‘g‘itlardan kam foydalanilayotganligi, tuproqda kumush va oziqa elementlarining kamayayotganligi, ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarning muttasil buzilayotganligi, tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy, meliorativ holati yomonlashayotganligi, begona o‘tlar, zararkunanda va kasalliklarning ko‘payayotganligi, mikrobiologik va boshqa xossa-xususiyatlarining pasayib borayotganligi kabi salbiy jarayonlarni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar berilgan.



   2000-2010 -yillar mobaynida Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish halqaro markazi (IKARDA) bilan xalqaro hamkorlikda «Диверсификатсия и подбор селскохозяйственных култур при различной скороспелости для повторного сева в условиях Ташкентской области»,  “Разработат режим орошения и подбор засухоустойчивых сортов повторных зернобобовых култур в новых условиях хозяйствования для ратсионалного исползования земел, стабилизатсии плодородия почвы и повышения урожайности селскохозяйственных култур”, “Изучение диверсификатсии култур с включением бобовых и масленных култур в севообороты с пшенитсей” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Bosh tashkiloti tarkibiga kiruvchi KOPIA xalqaro tashkiloti bilan ilmiy ishlanmalarni fermer xo‘jaliklarga joriy etish mexanizmini o‘rganish va ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha xalqaro loyihaga rahbarlik qilgan.2002-2004, 2016-2017, 2021-2022- yillarda Toshkent davlat agrar universitetida “Umumiy dehqonchilik” va “O‘simlikshunoslik” fanlaridan bakalavr va magistrlarga ta’lim bergan. U O‘zbekiston ilmiy ishlab chiqarish markazi (hozirgi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi)dagi faoliyati davomida uning bevosita ishtiroki va rahbarligida ilmiy loyihalarni shakllantirish, taqdim etish va tanlash jarayoni qaytadan ko‘rib chiqildi. Ilmiy loyihalarda mavzuning takrorlanishi va mayda mavzulilikka barham berildi. Natijada qishloq xo‘jaligi sohasida mahsuldorlik va samaradorlikka hamda dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlab olindi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari orasidan iqtidorlilarni tanlab olish va ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish yuzasidan sohadagi mavjud oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy hamkorlik ishlarini olib bordi. Uning tashabbusi bilan ilmiy markaz tizimidagi 12 ta ilmiy tadqiqot institutlari va markazning 13 ta respublika va viloyat bo‘limlarida zamonaviy axborot almashish kommunakatsiya tizimlari ishga tushirildi yoki takomillashtirildi.Bundan tashqari, markaz tizimidagi ilmiy tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini yangilashga qaratilgan ishlarni amalga oshirdi, jumladan, tizimdagi 12 ta ilmiy tadqiqot institutlariga 5,8 mlrd. so‘mlik 38 dona turli rusumdagi qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlashda salmoqli hissa qo‘shdi.



   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining topshiriqlariga asosan Respublikamizning turli tuproq iqlim sharoitlarida g‘o‘za navlarini joylashtirish, parvarishlash agrotexnologiyalarini targ‘ib qilish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda klaster va fermer xo‘jaligi rahbarlari orasida paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, parvarishlash, mo‘l va sifatli hosil olish mavzularida amaliy seminarlar hamda davra suhbatlarini o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlarni olib bordi. "Mustaqillikning 15 yilligi", "Mustaqillikning 20 yilligi", "Mustaqillikning 25 yilligi", "Qishloq xo'jaligi fidoyisi" ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan.