Mustafayev Shomurod Normoʻminovich 1966-yil 11-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand viloyat, Paxtachi tumanida tugʻilgan.
Sh.Normoʻminovich oʻz mehnat faoliyatini 1992-yildan Samarqand davlat universiteti musiqa nazariyasi, tarixi va anʼanaviy ijrochilik kafedrasi oʻqituvchiligidan boshladi. 2008—2012-yillarda Samarqand davlat universiteti musiqa nazariyasi va anʼanaviy ijrochilik kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida ilmiy va pedagogik faoliyatini davom ettirar edi.
Oʻz kasbiga boʻlgan fidoiyligi hamda talabchanligi tufayli Samarqand davlat universiteti musiqa nazariyasi va anʼanaviy ijrochilik kafedrasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bordi. Xususan, 2013-2015-yillarda Samarqand davlat universiteti musiqa nazariyasi va anʼanaviy ijrochilik kafedrasi mudiri 2018-2019-yillarda Samarqand davlat universiteti Maktabgacha taʼlim fakulteti musiqa taʼlimi kafedrasi mudiri, 2019-2021-yillarda Samarqand davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti musiqa taʼlimi kafedrasi mudiri lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.
Sh.Normoʻminovich qatʼiy intizomliligi hamda talabchanligi tufayli 2021-yilda Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 2023-yilda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Mustafayev Shomurod Normoʻminovich bir qator darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va boshqa oʻquv-uslubiy materiallar muallifi boʻlib, hozirda ushbu adabiyotlar oʻqituvchilar va talabalar bilan sifatli taʼlim tashkil qilishda qoʻllanilib kelinmoqda.
Dotsent Mustafayev Sh.N. Loyiha tanlovlariga taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Pedagogika va psixologiya fanlari» boʻyicha Ilmiy texnik kengashi aʼzosi,
“Fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasi” Ilmiy metodik jurnali aʼzosi.