Olim

MUXAMMADIYEV KOMIL BURXONOVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

Muxammadiyev Komil Burxonovich, 1973 yil 25-sentyabrda Samarqand viloyati Narpay tumanida tugʻilgan. 1980 — 1988 yillari A.Navoiy nomidagi 56-sonli oʻrta maktabni oʻqigan. 1988 – 1991 yillari Y.Oxunboboyev nomli 24-sonli bilim yurtini imtiyozli diplomga tamomlagan.



1991 — 1993 yillari Litva respublikasida harbiy havo kuchlarida harbiy xizmatda boʻlgan. 1993-1994 yillari Samarqand viloyati Nurobot tumanidagi R.Jaxongirov nomli jamoa xoʻjaligida sport instruktori lavozimida ishlagan. 1994 yil Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining “Chaqiriqgacha harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya” fakultetiga kirgan va 1998 yil Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universitetini tamomlagan. Shu yili yoʻllanma bilan Toshkent shahar Mehnat rezervlari koʻngilli sport jamiyatiga murabbiy-oʻqituvchi lavozimiga ishga kirgan. 1999-2000 yillar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qoʻmitasining bojxona kollejiga qoʻl jangi instruktori boʻlib ishlagan. 1999-2002 yillar Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Bojxona ishi” fakultetini (sirtqi boʻlimini)  tamomlagan. 2000 — 2004 yillari Toshkent shahar 92-oʻrta maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2004-2005 yillarda 1-Respublika tibbiyot kollejida oʻqituvchi-murabbiy lavozimida oʻz faoliyatini olib borgan. 2005 – 2009 yillari Toshkent Temir yoʻl muhandislari instituti qoshidagi «Mirobod» akademik litseyida “Jismoniy tarbiya” kafedrasi rahbari lavozimida ishlagan. 2009-2015 yillari Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi assistenti. 2015-2016 yillari Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta oʻqituvchisi. 2016 – 2017 yillari Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi.



2017-2020 yillari Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri. 2020-2021 yillari Toshkent davlat transport universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri, dotsenti v.b. 2023 y. — Toshkent davlat transport universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi v.b., professori, 2024y. — h.v. Toshkent davlat transport universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri v.b., professori, bir vaqtning oʻzida 2023 yil avgust oyidan buyon Xalqaro Kurash instituti oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.



U 2017 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasida malaka oshirgan.



Muxammadiyev Komil Burxonovichning ilmiy faoliyatiga nazar solar ekanmiz u, 2012 yildan 2018 yilgacha T.N.Qori Niyoziy nomidagi OʻzPFITIda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish olib borgan va 2018 yil 30 oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.28.01 raqamli ilmiy ilmiy kengashda 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika taʼlimotlar tarixi ixtisosliklaridan pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.



2019 Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish olib borgan va 2021 yil 21 dekabrda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli ilmiy kengashda 13.00.04 — Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosliklari boʻyicha pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika taʼlimotlar tarixi ixtisosliklari boʻyicha respublikamizda birinchilardan boʻlib pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini himoya qilgan olim hisoblanadi.



Komil Burxonovich Muxammadiyevning 100 dan ortiq ilmiy ishlari eʼlon qilgan, shulardan, 4 ta uslubiy qoʻllanma, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya va 2 ta darslik va koʻplab ilmiy maqola va tezislar muallifi. Uning ilmiy maqolalari Amerika, Kanada, Germaniya, Hindiston va dunyoning boshqa davlatlaridagi koʻplab “SCOPUS” va yuqori “Impact-Factor” li yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan.



Uning sportdagi faoliyati. Dzyudo sport turi boʻyicha 1988 yilda sport ustaligiga nomzod, 1991 yilda Sobiq SSSR qurolli kuchlar tizimida SSSR harbiy havo kuchlarining chempioni, 1996 yili xalqaro sport ustasi. Hozirgi kunda Kurash sport turi boʻyicha, xalqaro toifadagi hakam, Xalqaro kurash assatsatsiyasi eksperti.



Muxammadiyev Komil Burxonovich koʻplab Osiyo va jahon chempionatlarida ekspert sifatida ishtirok etgan.



U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.