Olim

NIZOMIDDINOV NAJMIDDIN GʻULOMOVICH

Filologiya va tarix fanlari doktori, professor

Najmiddin Nizomiddinov 2013-yil «Bobur xalqaro mukofoti» va 2017-yil «Shuhrat medali» bilan mukofotlanib, 2022 yili Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining nishoni bilan taqdirlangan. U Toshkent Davlat universitetining talabasi sifatida 1969-1970 yillari Hindistonning La-khnau universitetida magistrlik boʻyicha tahsil olgach oʻz pedagogik faoliyatini boshlagan.



N.Nizomiddinov 1971-1991 yillar oraligʻida 12 yil Hindiston va Pokiston davlatlarida hind, urdu va ingliz tillari boʻyicha tarjimonlik vazifasini oʻtagan. Oʻtgan yillar jarayonida u shuningdek, «Brah-ma Kumaris World Spirintal University» filialida Raja yoga taʼlimoti va amaliyoti yuzasidan tahsil olgan.N.Nizomidddinov 1991 yildan to 2007 yilgacha Oʻz.FA Alisher Navoiy nomli Davlat adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishlagan. U muzeydagi ilmiy faoliyati davrida 1994 yili filologiya fanlari nomzodi hamda 2002 yili filologiya fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qil-gan. Holbuki, N.Nizomiddinovning 2000-yili dotsentlik va 2022-yili olgan fan doktori attestatsiyalari, olim izlanishlarining yakuniy natijasi emasdi. Chunki uning 2024 yili tarix fani boʻyicha yoqlagan ikkinchi doktorlik dissertatsiyasi, muallifning taʼkidicha, buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asari muqaddimasida qilgan quyidagi bashoratining amaliy javobi edi:



«Shunday davr keladiki, unda mening olib borayotgan tadqiqotim bilan qiziquvchi avlodlar paydo boʻladi».



Bu bashoratning bejiz emasligi, jahon iqtisodiyoti tanazzuli vaqtida taraqqiyotga yuz tutgan Xitoy, Hindiston, Koreya va Yaponiya singari davlat-lar faoliyatida ayon boʻldi. Demak, shu nuqtayi nazardan ikkinchi doktorlik dissertatsiyasi mavzusi zamirida har uch mintaqa xalqlari qadimgi tarixi, diniy va dunyoviy qadriyatlarini ilk bor yaxlit ilmiy muomalaga kiritilishi, agar bir tomondan, oʻzbek xalqining Janubiy, Janubi-Sharqiy va Shar-qiy Osiyo xalqlari bilan qadimdan mavjud doʻstlik munosabatlarini mustahkamlashga hissa qoʻshsa, ikkinchi tomondan, ushbu mintaqalar davlatlari bilan yangi Oʻzbekistonning madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorligi rivojiga maʼnan xizmat qilishi bilan muhim. Sababi, dissertant taʼkidicha, xar bir xalqning qadimgi tarixi va diniy eʼtiqodi asosida shakllangan milliy mentalitetidan xabardor boʻlish, mantiqan oʻzaro hamkorlik muvaffaqiyatining amaliy garovidir.



Darvoqe, mazkur mavzu ilmiy tahlili va tatqiqi yuzasidan oʻtgan 30 yil davomida dastlab 75dan ziyod maqolalar eʼlon qilinib, ularning ichida shuningdek, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston, Niderlandiya hamda AQSH-da ham maqolalari chop etilgan.



N.Nizametdinov adabiyot muzeyida ishlagan vaqtidan boshlab Hindiston turkiy tili va adabiyoti tadqiqoti bilan bir qatorda, yuqorida aytilgan Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi, diniy eʼtiqodi va madaniyati mavzularida izchil ilmiy faoliyat olib borgan.



N.Nizomiddinov har uch mintaqaning yirik davlatlari – Hindiston, Xitoy, Malayziya, Afgʻoniston, Indoneziya, Koreya va Yaponiyaning qadim tarixi, diniy eʼtiqodi va madaniyatiga bagʻishlangan monografiyalar yaratgan.



N.Nizametdinov ilmiy faoliyatining keyingi davridagi natijalari, oʻzining oʻtgan yillarda mahalliy va xorijiy tillarda chop etilgan tarixiy, diniy va adabiy manbalar maʼlumotlari bilan boyitilib, (10 dan ortiq) nashr etilgan monografiyalari bilan xarakterli.



N.Nizametdinov oʻzining pedagogik faoliyatida tarix, diniy eʼtiqod, madaniyat, sanʼatga doir mavzularda oʻquv qoʻllanmalar hamda darsliklar ham yaratgan.



N.Nizametdinovning ilmiy-ijodiy faoliyati xususida yana shuni ham taʼkidlash joizki, u Hindiston va Pokistonda ishlagan davrida hind, urdu va ingliz tillari tarjimoni sifatida bevosita tibbiyot sohasida ham xizmat qilgan. Shu bois u tibbiy muolajalar jarayonida toʻplangan tajriba hamda yoga va tasavvuf taʼlimotlarining nazariy va amaliy mashgʻuloti bilan shugʻullanishi natijasida bir necha tibbiy mavzudagi risolalarni yaratgan.



Kezi kelganda yana shuni ham aytish kerak, N.Nizomiddinov Toshkent xalqaro kinofestivallarida nafaqat Raj Kapurlar sulolasi, balki shuningdek, Amitabh Bachchan, Pran, Shabona Azmiy kabi mashhur kino yulduzlariga xizmat koʻrsatgan, balki u shuningdek, bevosita oʻzbek va hind kino sanʼat-korlari hamkorlikda yaratgan filmda ham ishtirok etgan. Shu bois boʻlsa kerak, N.Nizomiddinovning «Soʻz sizga – janob Raj Kapur» yoki «Bu men – Raj Kapur boʻlaman» degan risolalari hamon hind kino muxlislari orasida eslab turiladi.



Xulosa qilib aytganda, N.Nizomiddinov turli tashkilotlar va oliy oʻquv yurtlaridagi tadbirlarda oʻz qiziqarli maʼruzalari bilan qatnashib, ularning tashakkurnomalari bilan taqdirlangan. U oʻzi xizmat qilayotgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasida oʻzining kamtarona va doʻstona muomala-munosabati bilan ajralib turadi.