Choriyev Ruzimurat Kungratovich – 1963-yil 5-fevralda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor v.v.b., “Shuhrat” medali sohibi, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10, 15, 20, 30 yilligi” Esdalik ko‘krak nishonlari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25, 30 yilligi” Esdalik ko‘krak nishonlari mukofoti sovrindori, “Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni sohibi. Toshkent shahri deputatlar kengashi M.Ulug‘bek tumani kengashi a’zosi, Respublika Oliy ta’lim muassasalari 1-prorektorlari kengashi raisi, xalqaro Pedagoglar akademiyasi a’zosi va OAK tassarufidagi ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengash a’zosi, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori. Ruzimurat Kungratovich 1980-1985 yillar Muzrabod tumani Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish texnikumida tahsil oldi talabalik yillari 1981-1983-yillar harbiy xizmatda bo‘ldi.
1985-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutiga kirib, 1990-yil institutining “Qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishini tugatib, Injener-pedagog mutaxassisligiga ega bo‘ldi. Ruzimurat Kungratovich mehnat faoliyatini 1985 - yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida boshlab, dastlabki mehnat faoliyatini yoshlar sohasida olib bordi. Universitetni tamomlagandan so‘ng 1990-1992-yillar institut yoshlar tashkiloti kotibi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi rais o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib bordi. 1992-1995-yillar institutning talabalar shaharchasi hokimi hamda 1995-1998-yillar institutning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat yuritdi.
Ruzimurat Kungratovich 1998 yil 13.00.08 - “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Injener-pedagoglarning kasbiy-metodik malakalarini shakllantirish” mavzusida nomzodlik, 2020 yil 13.00.05 - KASB TA’LIMI MUTAXASSISLARINI DUAL TIZIMI ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Kasb ta’limi” yo‘nalishi misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1998-2004 yillar oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot tahlil va tashkiliy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib bordi. 2004-2005-yillar O‘zbekiston Respublikasi “Uzluksiz ta’lim” ilmiy metodik jurnali bosh muharriri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2005-2011-yillarda Yoshlik talabalar shaharchasi hokimi sifatida ham o‘zining boshqaruvchilik faoliyatida jonbozlik ko‘rsatdi. 2011-2013-yillar O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, 2013-2017-yillar Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori, 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyatining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hamda 2019-yildan hozirga qadar “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ruzimurat Kungratovich Choriyevning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va rahbarlik faoliyati davrlarida Oliy ta’lim muassasai va oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash sohasini takomillashtirish, sifati samaradorligini oshirish, o‘quv-uslubiy va sohani rivojida o‘z maslahatlari bilan katta hissa qo‘shib kelgan va alohida soha yo‘nalishi bo‘yicha o‘z maktabini yaratgan. Ruzimurat Kungratovich Choriyev faoliyati jarayonida bir qancha ilmiy nashrlar, jumladan 5 ta darslik va monografiya, 10 ga yaqin o‘quv va uslubiy qo‘llanma 5 ta monografiya, 10 ga yaqin uslubiy ishlanma va risolalar, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shundan 20 dan ortiq xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan ishlari, shu bilan birga 3 ta dasturiy ta’minot bo‘yicha Patent va mualliflik guvohnomasi mavjud bo‘lib, hozirda Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida foydalinib kelinmoqda. Davlat budjeti mavzulari bo‘yicha ilmiy ishlar, bir qancha xo‘jalik shartnomalari va davlat grantlari asosidagi loyihalarda ishtirok etgan. Ruzimurat Kungratovich nafaqat ta’lim – tarbiya va pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmasdan, balki o‘z malakasini ham soha yo‘nalishlari borasida oshirib bormoqda. Ulardan faoliyati jarayonida Germaniyada tashkil etilgan malaka oshirish kursini o‘tab kelgan. Kafedrada hozirgi kunda respublikamizdagi faoliyat ko‘rsatayotgan turdosh oliy o‘quv yurtlari shuningdek qishloq va suv xo‘jaligi soha yo‘nalishlaridagi professional ta’lim muassasalari bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari yo‘lgan qo‘yilgan bo‘lib, “Ustoz - shogird” tizimi, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “5+1”(o‘quv+ishlab chiqarish integratsiyasi), 5 tashabbus (adabiyot va san’at, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter savodxonligi, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash) loyihalari asosida talabalar bilan ilmiy, amaliy, ishlab chiqarish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda faollik ko‘rsatmoqda.
Ruzimurat Kungratovich Choriyev oilali, 3 nafar farzandi, 5 nafar nabirasi bor. Universitet va boshqa jamoat tashkilotlardagi faoliyati, jamoatdagi mehnatlari uchun bir necha bor OO‘MTV, shahar, tuman hokimiyati tomonidan Faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Shu bilan birga, R.Choriyev o‘zining bilimdonligi, faolligi, tashkilotchiligi, o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatini jamoada ko‘rsata olgan rahbarlardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan “Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun” hamda yoshlar ishlari agentligining maxsus ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.