Ochilova Baxti Murodovna – 1961-yil Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy.
Ochilova Baxti Murodovna 1979-1984 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti “Tarix-jamiyatshunoslik” fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1984-1986 yillar davomida Rossiya Fanlar akademiyasining Falsafa institutida 09.00.11-Ijtimoiy falsafa ixtisosligi boʻyicha stajyor-tadqiqotchisi sifatida ilmiy faoliyatini olib borgan. 1988-1991 yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I.M.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq institutining aspiranturasida oʻqigan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I.M.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti huzuridagi falsafa fanlari doktori (nomzodi) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha D015.03.01 raqamli Birlashgan Ixtisoslashgan kengashda “Milliy anʼanaviy marosimlar va shaxsning ijtimoiylashuvi” mavzusida 09.00.11–Ijtimoiy falsafa ixtisosligi boʻyicha bajarilgan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (diplom 1990-yil 30-mart. №2-son bayonnoma. FS № 010781).
1990-1996 yillar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Falsafa kafedrasi oʻqituvchisi (1990-1991), dotsenti (1993-1995) lavozimlarida ishlagan. 1993-yil Falsafa kafedrasi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan (1993-yil, 8-iyul, 10/1-son bayonnoma. 03№ 000718).
2002-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I.M.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti “Siyosatshunoslik va sotsiologiya” boʻlimiga doktorant-izlanuvchi qilib biriktirilgan. 2006-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha D 067.02.01 raqamli Birlashgan Ixtisoslashgan Kengashda “Ajdodlar merosiga ixlosmandlik va shaxs maʼnaviy-axloqiy kamoloti” mavzusida 09.00.05 – Etika ixtisosligi boʻyicha A.M.Jalolov ilmiy rahbarligida bajarilgan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (diplom 2006-yil 29-iyun 126/1. 04№ 004010).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining viloyat oliy taʼlim muassasalarini yetakchi kadrlar bilan taʼminlashga oid buyrugʻiga koʻra 1996-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasiga ishga yuborilgan. Mazkur kafedrada 2000-yilgacha dotsent, 2000-2021 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, 2021-yil sentyabr oyidan hozirgi kungacha Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti “Falsafa, tarbiya va huquq taʼlimi” (“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi nomi oʻzgargan) kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
2019-yil professorlik ilmiy unvonini olgan (Oʻz.R.OAK, 05№003260, 2019-yil 10-dekabr, 272/1-son bayonnoma).
Ochilova Baxti tomonidan 412 ta ilmiy ish chop etilgan. Shundan: 343 ta ilmiy maqola (60 tasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarida), 40 ta xorij jurnallari va xalqaro konferensiyalarda, 6 ta monografiya, 3 ta ilmiy risola, 5 ta oʻquv qoʻllanma va 12 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma.
Bir qancha oʻquv adabiyotlari respublika miqyosida pedagogik amaliyotda qoʻllanib kelinmoqda:
Ilmiy tadqiqot natijalari (monografiya) ilmiy jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilgan:
Taʼlim jarayonida “Falsafa”, “Etika”, “Mantiq”, “Ijtimoiy falsafa”, “Inson falsafasi”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlaridan bakalavr, magistratura bosqichlarida oʻquv mashgʻulotlari olib boradi. Mazkur fanlardan oʻquv dasturlari ishlab chiqqan. Elektron shakldagi maʼruza matnlari mazmuni va yaratish texnologiyasi boʻyicha Siyosatshunoslik fanidan yaratilgan elektron darslik uchun kafedra patent olgan. (Patent raqami DGU 02465. Talabnoma raqami DGU 2012). Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “Axloq falsafasi” elektron oʻquv qoʻllanmasi uchun. (№DCU14210 (21.12.2021-y).
Uning ilmiy rahbarligida 3 ta falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), 25 magistrlik dissertatsiyasi, 36 ta BMI muvaffaqiyatli himoya qilingan. Ochilova Baxti 2018-yildan “Of appointment” xalqaro ilmiy jurnali va Jizzax davlat pedagogika universiteti “Tafakkur ziyosi” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyat aʼzosi sifatida ish olib boradi.
Bir qancha dissertatsiyalar himoyasi ilmiy seminar va kengashlar aʼzosi. Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/06/2017.F. raqamli ilmiy seminar va kengash; Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.01.14 raqamli ilmiy kengash.
2000-yildan hozirgi kungacha Jizzax davlat pedagogika universiteti kengashi aʼzosi. 2020-yilda universitetda tashkil etilgan ilmiy-texnik va oʻquv-uslubiy kengash aʼzosi. 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi fani boʻyicha malakaviy imtihonini qabul qilish komissiyasi aʼzosi.
Ilmiy loyihalarda ilmiy natijalar olgan:
Ochilova Baxti tomonidan yuqori nufuzda 6 ta respublika 4 ta Xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilgan. Konferensiya materiallari chop etilgan va reytingi yuqori baholangan.
Ochilova Baxti davlat va jamoat tashkilotlari ishlarida faol qatnashadi. 1999-2004 yillar davomida Xalq deputatlari Jizzax shahar kengashi deputati boʻlgan. Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi (2008-yildan), Jizzax viloyati xotin-qizlar qoʻmitasining “Faxriy ayollar” maslahat kengashi raisi (2015, 2016, 2017, 2018), Jizzax DPI xotin-qizlar qoʻmitasi kengashi aʼzosi (doimiy), Viloyat hokimligi qoshidagi oʻquv markazida mahalla raislari, maslahatchilari va kotiblariga maxsus kurs maʼruzachisi (2015-2022 yy); Jizzax viloyati “Oqila ayollar” harakati aʼzosi (2022-yildan). Jizzax viloyati Maʼnaviyat targʻibot markazi va “Mehr nuri” tashkiloti bilan hamkorlikda shoiralar, sanʼatkorlar, tibbiyot xodimlari, olimalar, mehnat qahramonlari va faxriylar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etadi. Jizzax viloyati hududlarida davlat rahbari asarlari, murojaatlari, farmon va qarorlari mohiyati, shuningdek, “Diniy ekstremizm va fundamentalizm”, “Maʼnaviyatga tahdid – oʻzligimiz va kelajagimizga tahdid” kabi ruknlarda maʼruzalar oʻqiydi, targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi.
Ochilova Baxti fidokorona mehnatlari uchun nishon va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan; 1999-yilda Oʻzbekiston Xalq Taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni berilgan. Guvohnoma № 6065; “За большой вклад в развитии философских наук, заслуги по внедрению философских знаний среди широких масс и формированию у них философской културы”. Философское общество Узбекистана. T, 2010; “Ilm-fanni rivojlantirishdagi munosib hissasi uchun”. Jizzax viloyat hokimi faxriy yorligʻi, 2009; “Viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qoʻshgan hissasi uchun”. Jizzax viloyati hokimi faxriy yorligʻi, 2011; “Talabalarga bilim berish va jamoat ishlaridagi faolligi uchun”. OʻzMTDP faxriy yorligʻi, 2013; “Mehnatda alohida xizmat koʻrsatganligi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun”. Jizzax DPI rektori O.Doʻsmatov faxriy yorligʻi, 2011; “Yosh avlodni tarbiyalashda qoʻshgan hissasi uchun”. Jizzax DPI rektori O.Doʻsmatov faxriy yorligʻi, 2013; “Jamoat ishlarida faolligi, Vatanimiz ilm-fan ravnaqi yoʻlida qilgan xizmatlari uchun” Jizzax DPI rektori O.Doʻsmatov faxriy yorligʻi, 2014; “Vatanimiz ilm-fan ravnaqi yoʻlida qilgan xizmatlari uchun” Oʻzbekiston Falsafa jamiyatining Faxriy yorligʻi, 2015; “Ijtimoiy va madaniy taraqqiyot yoʻlidagi xizmatlari uchun” Jizzax viloyati hokimi faxriy yorligʻi, 2016; “Yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda samarali mehnatlari, jamoat ishlaridagi faolligi uchun” Jizzax DPI rektori A.Xolbekov faxriy yorligʻi, 2017; “Respublikada xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalash, ularning oila va jamiyatdagi mavqeyini, maʼnaviy, intellektual salohiyatini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom avlodni dunyoga keltiruvchi onalar salomatligini mustahkamlash, oilalar mustahkamligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi faol ishtiroki uchun” Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.Norboyeva tomonidan faxriy yorliq. 2017; “Talabalarga bilim berish va jamoat ishlaridagi faolligi uchun” Jizzax DPI rektori A.J.Xolbekov tomonidan faxriy yorliq. 2018; “Yoshlarga taʼlim-tarbiya berishdagi samarali mehnatlari, jamoat ishlaridagi faolligi uchun” Jizzax DPI rektori A.J.Xolbekov tomonidan faxriy yorliq. 2019; “Ilm-fan taraqqiyotidagi xizmatlari uchun” Jizzax DPI rektori Sh.S.Sharipov tomonidan faxriy yorliq. 2021; “Mehnatda alohida xizmat koʻrsatganligi uchun” Jizzax DPU rektori Sh.S.Sharipov tomonidan faxriy yorliq. 2022.
Ochilova Baxti oilali, 2 nafar farzandi bor.