Olim

PARDAYEVA ZULFIYA JOʻRAYEVNA

Filologiya fanlari doktori, professor

Pardayeva Zulfiya 2005 yilda Oʻzbekiston Xalq Taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni, qator yillar davomida Jizzax viloyat hokimi, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori tomonidan faxriy yorliq, 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.K.Narbayeva tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlangan.



Zulfiya Pardayeva 2016-2018 yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi Taʼlim markazining oʻzbek maktablari uchun rus tili va adabiyoti darsliklarini yaratish boʻyicha ekspertlik qilgan.



Zulfiya Pardayeva 10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti, 10.00.04 — Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi ixtisosliklari boʻyicha doktorlik (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik, opponentlik, taqrizchilik va ekspertlik qiladi.



Zulfiya Pardayeva 2008 yildan beri Respublika xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Jizzax viloyat boʻlimini boshqaradi. “Zulfiya” davlat mukofoti Jizzax viloyat komissiyasi aʼzosi.



Mehnat faoliyatini 1983 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti rus va xorijiy adabiyot kafedrasida oʻqituvchi lavozimida boshlagan. 1987-1992 yillar mobaynida Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining “Adabiyot nazariyasi va qardosh xalqlar adabiyoti” kafedrasida ilmiy tadqiqotchi sifatida faoliyatini olib borgan. 1993-1994 yillar mobaynida Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetining “Rus adabiyoti” kafedrasida professor G.Sh. Abdullayeva ilmiy rahbarligida 10.01.02 – Milliy adabiyot (rus adabiyoti) ixtisosligi boʻyicha ilmiy stajirovka oʻtagan.



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ixtisoslashgan Ilmiy kengashda “Oʻzbekistondagi rusiyzabon va rus adabiyotda tarixiy qahramonlarning badiiy-tipologik talqini” mavzusida 10.01.02 – Milliy adabiyot (rus adabiyoti) ixtisosligi boʻyicha bajarilgan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.



1995-1998 yillar mobaynida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti rus va xorijiy adabiyot kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida ishlagan.



1998-2001 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti “Adabiyot nazariyasi” boʻlimiga maqsadli doktoranturaga qabul qilingan. 2003 yil 8 oktabrda professor B.I.Sarimsoqov rahbarligida “Hozirgi oʻzbek romanlarining taraqqiyot tamoyillari” mavzusida 10.00.08 – Adabiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha bajarilgan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.



2004-2011 yillar mobaynida Rus tili va xorijiy adabiyot kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2008 yil 10.00.04 – Rus adabiyoti hamda Amerika va Avstraliya xalqlari adabiyoti ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan.



2011-2018 yillar davomida Rus tili va xorijiy adabiyot kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.



2022 yilda professorlik ilmiy unvonini10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha olgan.



Pardayeva Zulfiya tomonidan 300 ga yaqin ilmiy ish chop etilgan. Shundan: 290 ta ilmiy maqola (40 tasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarida), 40 ta xorij jurnallari va xalqaro konferensiyalarda, 4 ta monografiya, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy qoʻllanma va 2 ta uslubiy koʻrsatma chop etilgan.



Kredit-modul taʼlim tizimiga asoslangan “Основы литературоведения” oʻquv qoʻllanmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan ushbu oʻquv qoʻllanma Germaniyaning LAMBERT nashriyotida nashrga tayyorlangan va chop etilgan.



Bir qancha oʻquv adabiyotlari respublika miqyosida pedagogik amaliyotda qoʻllanib kelinmoqda:




  1. Организация самостоятелной работы студентов. – Ташкент. Фан. 2007. 107с.

  2. Литературный анализ художественного произведения. Ташкент. Фан. 2010. – 256 с.

  3. Организация самостоятелной работы студентов при модулной технологии обучения. – Ташкент. Мехригиё. 2016. 287 с. (в соавторстве с доц. Ходжиметовой Д.Д.)

  4. Основы литературоведения. Учебное пособие. Germany. “LAMBERT”. 2022. — р. 272.

  5. Основы литературоведения. Учебное пособие. – Тошкент, Тамаддун, 2023. – 282 с.

  6. Oʻzbek romani poetikasi. Toshkent. Tamaddun. – 2023. 202 b.



2007-2019 yillar mobaynida uning gʻoyasiga asosan rus adabiyoti kafedrasida muntazam “Iqtidor” ilmiy, publitsistik, badiiy almanax “Fan” nashriyotida chop etilib kelindi.



Ilmiy tadqiqot natijalari (monografiya) ilmiy jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilgan:




  1. Jamiyat badiiy-estetik taraqqiyoti va oʻzbek romanchiligi. T:. “Yangi asr avlodi va oʻzbek romanchiligi”, 2002. 102 bet.

  2. Oʻzbek romani poetikasi. T:. “Meros”,2003. 154.bet.

  3. “Poetics of the Uzbek novel”. Germany “LAMBERT”. 2023. r. 123.



Pardayeva Zulfiya taʼlim jarayonida “Adabiyotshunoslik asoslari”, “Adabiyot nazariyasi”, “Rus adabiyoti tarixi”, “Hozirgi adabiy jarayon”, “Jahon adabiy jarayoni”, fanlaridan bakalavr, magistratura bosqichlarida oʻquv mashgʻulotlari olib boradi. Mazkur fanlardan oʻquv dasturlari ishlab chiqqan. Elektron shakldagi maʼruza matnlari mazmuni va yaratish texnologiyasi boʻyicha “Adabiyotshunoslik asoslari” fanidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan elektron oʻquv qoʻllanmasi uchun patent olgan. “Литературный анализ художественного произведения” ўqув qўлланмаси учун халqаро патент олинган.



“Основы литературоведения” fanidan elektron qoʻllanma yaratib talabalar android qurilmasidan foydalanishlari uchun Play market ga joylashtirdi.




  1. Amazon sayti orqali Germaniyaning “Lambert” nashriyotida chop etilgan “Osnovы literaturovedeniya” oʻquv qoʻllanmasi sotuvga qoʻyilgan.



Pardayeva Zulfiya shartnoma asosida 2022 yil oktabr-noyabr oylarida Rossiya Federatsiyasining Janubiy federal universiteti talabalar va magistrantlariga “Zamonaviy oʻzbek adabiyoti” fanidan maʼruzalar oʻqidi, hamda amaliy darslar oʻtkazdi.



Z.J.Pardayeva 2020 yildan beri rus adabiyoti va uni oʻqitish metodikasi kafedrasining “Ilmiy seminari”ni boshqaradi. Kafedra oʻqituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik, ilmiy maslahatchilik qiladi. Dissertatsiya ishini bajarish, ilmiy maqolalar yozish boʻyicha seminar treninglar oʻtkazadi, yosh oʻqituvchilar dissertatsiyalari muhokamalarini tashkillashtiradi. Zulfiya Pardayeva talabalar va professor-oʻqituvchilar ilmiy salohiyatini, kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirishga, maʼnaviyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor beradi, shu bilan birga ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻyicha yoshlarga ustozlik ham qiladi. Rus tili va adabiyoti yoʻnalishi oʻqituvchilari F.O. Oripjonova, F.X. Shukurova, Z.A. Karimov, E.A. Azimovalarning filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PsD) tadqiqotlariga rahbarlik qilmoqda. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi Maʼmura Yusupova ham Zulfiya Pardayeva rahbarligida ilmiy tadqiqot olib boryapti. Nukus davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi S. Matyakubov filologiya fanlari doktorlik (DSc) dissertatsiyasini Zulfiya Pardayeva ilmiy maslahatchiligida yoqladi. Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi F.R. Murtazaeva tadqiqotlariga (DSc) ham ilmiy maslahatchilik qilmoqda.



Pardayeva rahbarligida iqtidorli talabalar muayyan yutuqlarga erishmoqdalar. Rus tili va adabiyoti yoʻnalishi talabalari 2014 yilda Belyakova Yuliya, 2015 yilda Djemilova Sofya, 2016 yilda Yakubova Indira rus tili va adabiyoti mutaxassislik fani boʻyicha respublika fan olimpiadasi gʻolibi, 2008 yilda ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi Gavhar Rasulova, 2021 yilda rus tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi Maxliyo Abdumuminova Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi boʻldilar.



Zulfiya Pardayeva 2017 yilda Guliston davlat universitetida oʻtkazilgan umumkasbiy rus tili fani boʻyicha respublika fan olimpiadasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligidan vakil sifatida qatnashdi. 2018 yilda boʻlsa Jizzax politexnika institutida gidravlika fani boʻyicha oʻtkazilgan respublika fan olimpiadasi II bosqichiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan vakil etib tayinlandi.



Uning ilmiy rahbarligida 1 ta filologiya fanlari doktori (DSc), 2 ta filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), 10 magistrlik dissertatsiyasi, 70 ta BMI muvaffaqiyatli himoya qilingan.



Zulfiya Pardayeva “EDITERIAL TEAM”, “International Journal Of Literature And Languages (ISSN 2771-2834) xalqaro ilmiy jurnallar tahririyat aʼzosi.



Bir qancha dissertatsiyalar himoyasi ilmiy seminar va kengashlar aʼzosi. Filologiya fanlari doktori Z.J.Pardayeva 2013-2016 yillar mobaynida Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti, 2016-2017 yillarda Oʻzbekiston Davlat Jahon tillar universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.14.07.2016 Fil. 09.01 raqamli fan doktori ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash, 27.06.2017 yildan Fargʻona Davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2017.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash, 30.05.2018 yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.26.04.2018.Fil.01.10 raqamli Ilmiy Kengash aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatdi. 2019 yildan beri Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FiI.01.10 raqamli ilmiy kengash 2020 yildan Jizzax davlat pedagogika instituti huzurida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.l13.02 raqamli Ilmiy kengash va uning qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi sifatida dissertatsiya ishlari muhokamalarida ishtirok etib kelmoqda. Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.l13.02 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.  



Zulfiya Pardayeva 10.00.02 — Oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihonni qabul qilish komissiya aʼzosi, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihonni qabul qilish komissiya raisi.



Ilmiy loyihalarda ilmiy natijalar olgan:



Zulfiya Pardayeva respublika miqyosida olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etadi va tashabbuskorlik koʻrsatadi.



Respublikasi Oliy Majlisining 2020 yil 31 mart №3 Qarori bilan Sharof Rashidov ilmiy-maʼrifiy memorial uy-muzeyiga “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov yoshlar nigohida” deb nomlangan ajratilgan grantda ishtirok etdi (09.07.2020 №04), “Sharof Rashidov nomidagi xalqaro jamoat fondi” tomonidan grant asosida rejalashtirilgan “Sharof Rashidov – davr kishisi” deb nomlangan xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy konferensiyaning “Adabiy ijod va Sharof Rashidov merosi” deb nomlangan 3-seksiyasi ishlarini tashkillashtirishga masʼul qilib tayinlandi. “Sharof Rashidov – davr kishisi” deb nomlangan xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy konferensiya yalpi majlisi 26 iyun kuni Jizzax shahrida ochildi. ZOOM platformasida 3 seksiya ishladi. Yalpi majlis, 3-seksiya faoliyati Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan tashkillashtirildi. 3-seksiyaga Zulfiya Pardayeva moderatorlik qildi. “Sharof Rashidov – davr kishisi” deb nomlangan xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy konferensiyaning “Adabiy ijod va Sharof Rashidov merosi” deb nomlangan 3-seksiyasi ishlarini tashkillashtirishda koʻrsatgan ilmiy salohiyati, tashabbuskorligi va tashkilotchiligi uchun Zulfiya Pardayeva “Sharof Rashidov nomidagi xalqaro jamoat fondi”ning rahmatnomasiga sazovor boʻldi.  



Pardayeva Z.J. AQSh elchixonasi va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan №SUZ80021GR3170 ʼshartnoma asosida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Istiqlol avlodi” Markazi AQSh elchixonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Senati qoshidagi gender komissiyasi birgalikda ishlab chiqilgan “Uy zoʻravonligi oldini olishda ijtimoiy hamkorlik” deb nomlangan Xalqaro loyihada №17-Buyruqqa asosan maslahatchi vazifasini bajaradi.



Zulfiya Pardayeva 2017 yil fevralida Oʻzbekiston Xotin-Qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I-Respublika tanlovida “Taʼlimdagi innovatsiyalar. Talabalar mustaqil ishi: nazariya, metodika va amaliyot” mavzusidagi loyihasi bilan qatnashdi va “Taʼlim” yoʻnalishida gʻolib boʻldi. Oʻzbekiston Xotin-Qizlar qoʻmitasi diplomi bilan taqdirlandi.  



Zulfiya Pardayeva tomonidan yuqori nufuzli 2 ta respublika va 2 ta Xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilgan. Konferensiya materiallari chop etilgan va reytingi yuqori baholangan.



Pardayeva Zulfiya davlat va jamoat tashkilotlari ishlarida faol qatnashadi. Zulfiya Pardayeva 2008 yildan beri Respublika xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Jizzax viloyat boʻlimi tomonidan tashkil etiladigan koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda bosh boʻladi. Viloyatda faoliyat olib boradigan olima ayollar, iqtidorli qizlar intellektual qiziqishlarini hamisha hurmat qilib keladi va ularga ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi. Uning gʻoyasiga asosan Jizzaxlik olima ayollarning ilmiy maqolalari toʻplami “Tafakkur gulshani” chop etildi. 2021 yil 26 fevralda Jizzax viloyat “Olima” uyushmasi va Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida “Yangilanayotgan Oʻzbekiston olimasi” mavzusida Oʻzbekiston olimalarining respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2023 yilda “Barqaror taraqqiyot makonida taʼlim va tarbiya mutanosibligini taʼminlashning istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani oflayn va onlayn shaklda oʻtkazildi. 2024 yilda“Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” shiori ostida oʻtkazilayotgan “XXI asr olimasi: taʼlim va fandagi izlanishlar, yutuqlar, istiqbol rejalar” mavzusidagi davra suhbati oʻtkazildi.



 



Zulfiya Pardayeva tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti Rus adabiyoti va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi tomonidan 2024-yil 26-27-mart kunlari “Zamonaviy filologik taʼlim paradigmasi: konsepsiyalar, izlanishlar, yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi. Anjumanda xalqaro ishtirokchilar: Makshantseva Natalya Veniaminovna — Rossiya Federatsiyasi, Kuznetsova Anna Vladimirovna — Rossiya Federatsiyasi, Donina Lyudmila Nikolaevna — Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg universiteti, Savenkova L.B. — Rossiya Federatsiyasi Janubiy Federal universiteti, Melixov German Vladimirovich – Rossiya Federatsiyasi Qozon Federal universiteti, Tabachenko Lyudla Vladimirovna – Rossiya

Federatsiyasi Janubiy Federal universiteti, Butusova Anjelika Sergeevna – Rossiya Federatsiyasi Janubiy Federal universitetidan oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.



Zulfiya Pardayeva har yili oʻtkaziladigan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga viloyat saralash komissiyasi tarkibida faoliyat olib boradi.



Zulfiya Pardayeva Jizzax shahridagi 16-sonli, 28-sonli, 30-sonli maktablarda muntazam oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun master klasslar oʻtkazadi. Zulfiya Pardayeva (Boʻriyeva)ning “Umid chechagi” (1992) va “Yettinchi osmon” (2000) sheʼriy toʻplamlari chop etilgan.



Zulfiya Pardayeva oʻzining ilm-fanga boʻlgan ishtiyoqi, boshqaruvchilik qobiliyati, samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, moʻtabarligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri, yoshlar bilan ishlashda bagʻrikengligi bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.