Parpiyev Gʻofurjon Toxirovich, 1977 yil 26 martda Fargʻona viloyatining Furqat tumanida ziyoli oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek.
1995-1996 yillarda Qoʻqon shahar 30-hunar bilim yurtining qishloq xoʻjalik va sanoat korxonalarida hisobchi-gʻaznachi 1 yillik kursini tamomlagan.
2000 yil Guliston davlat universitetining “10” iyuldagi qarori binoan “Tuproqshunoslik” yoʻnalishi boʻyicha bakalavr diplomi berilgan (diplom V №002454).
2002 yil Oʻzbekiston Milliy universitetining “19” iyundagi qaroriga binoan “Tuproq fizikasi va melioratsiyasi” mutaxassisligi boʻyicha magistr diplomi berilgan (diplom M №005950).
2010 yilda qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi. Dissertatsiya ishini 2009 yilning 29 dekabrida Toshkent shahridagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot davlat instituti huzuridagi DK 180.20.01 raqamli Ixtisoslashgan Kengashda “Mirzachoʻlning eskidan sugʻoriladigan hududi tuproq-meliorativ holatini yer monitoringini yuritish maʼlumotlari asosida baholash” mavzusidagi 06.01.03-“Agrotuproqshunoslik va agrofizika” ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2010 yil 29 apreldagi №164/1-son bayonnoma boʻyicha qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan (diplom 01 №011824).
2018 yil 29 dekabrda 06.01.03-“Agrotuproqshunoslik va agrofizika” ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim unvonini olgan (260/1-son bayonnoma, diplom 02 №002539).
2021 yilda biologiya fanlari doktori. Dissertatsiya ishini 2021 yilning 26 mayida Toshkent shahridagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc 25.30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli Ilmiy Kengashda “Boʻz-voha tuproqlarining regional xususiyatlari va ularning tuproq unumdorligi shakllanishidagi roli” mavzusidagi 03.00.03-“Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2010 yil 30 iyundagi №302/1-son bayonnoma boʻyicha qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan (diplom 04 №006847).
Umumiy ish staji – 22 yil. Ilmiy-pedagogik ish staji – 16 yil.
Parpiyev Gʻofurjon Toxirovich 1977 yilning 26 martida Fargʻona viloyati Furqat tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Parpiyev Gʻofurjon Toxirovich Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi №5-oʻrta maktabni 1994 yilda bitirgan. 1995-1996 yillarda Qoʻqon shahar 30-hunar bilim yurtining qishloq xoʻjalik va sanoat korxonalarida hisobchi-gʻaznachi 1 yillik kursini tamomlagan.
1996-2000 yillarda Guliston Davlat Universiteti Tabiatshunoslik fakulteti “Tuproqshunoslik” mutaxassisligida oʻqib, imtiyozli bakalavr diplomini olgan. 2000-2002 yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti “Tuproq fizikasi va melioratsiyasi” yoʻnalishi boʻyicha magistratura boʻlimini tamomlagan.
Gʻ.T.Parpiyev 2002-2018 yillar mobaynida Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining “Shoʻrlangan tuproqlar genezisi melioratsiyasi” boʻlimida katta laborant vazifasida ish faoliyatini boshlab, kichik ilmiy xodim va keyinchalik katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. U 2018 yilning 3 iyulidan 2024 yilning 1 apreliga qadar “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutida Ilmiy-innovatsion ishlar boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
2024 yilning 9 aprelidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi “Meva, sabzavot va dorivor oʻsimliklar sohasida ilmiy-tadqiqotlar muvofiqlashtirish” boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritadi.
Parpiyev Gʻofurjon Toxirovichning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati quyidagicha:
Gʻ.T.Parpiyev oʻzining dastlabki Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutidagi (TAITI) 16 yillik ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullangan.
2012-2013 yillarda Gʻ.T.Parpiyev DITD-7-“Tabiatdan oqilona foydalanish va ekologiya” Davlat ilmiy texnik dasturiga kirgan – ЕА7-002-“Shoʻrlangan yerlarda tuproq-meliorativ monitoringini yuritish orqali ularni sogʻlomlashtirish va unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish” mavzusidagi yosh olimlar ilmiy-amaliy loyihasiga rahbarlik qilgan.
Shuningdek, Gʻ.T.Parpiyev katta ilmiy xodim sifatida TAITI tomonidan 2012-2014 yillarda KA-003 (А7-013+А7-019+А7-020) davlat grantlari boʻyicha “Fargʻona vodiysi sugʻoriladigan tuproqlarining shoʻrlanish genezisi va hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda baholash, ekologik-meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini tiklash va oshirishga qaratilgan tadbirlar tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi (А7-013) loyihaning dala, laboratoriya va kameral-analitik ishlarida faol qatnashgan.
TAITI tomonidan 2015-2017 yillar mobaynida bajarilgan
KXA-7-006-2015 shifrli – “Amudaryoning quyi oqimi sugʻoriladigan tuproqlarini kompleks oʻrganish, unumdorligini baholash, degradatsiyaga uchragan yerlarni aniqlash, ularning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini tiklashga oid tavsiyalar ishlab chiqish” loyihasida ham Gʻ.T.Parpiyev hamijrochi sifatida faol ishtirok etgan. Mazkur tadqiqotlar yakunida oʻrganilgan hududlar (obyektlar) – Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati sugʻoriladigan tuproqlari gidrogeologik-meliorativ va ekologik-meliorativ jihatlardan Amudaryo deltasining eng ogʻir, grunt suvlari oqimi harakatsiz, deyarli turgʻun va botiqlik-pastqam yerlarda joylashgan boʻlsada, bu regionda yerlardan foydalanishning yuqori koeffitsentlarini shakllantirish asosida xoʻjalik yuritish uchun barcha sharoitlar (imkoniyatlar) mavjudligi aniqlangan.
2006-2014 yillar mobaynida TAITI tomonidan Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona viloyatlarida oʻtkazilgan “Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari tuproq sifatini baholash” dala tuproq tadqiqotlarida qatnashib, oʻrganilgan massivlarga 1:10 000, fermer xoʻjaliklariga 1:5 000 masshtabli sugʻoriladigan yerlar ball botiteti aks etgan “Tuproq sifatini baholash kartalari”ni tuzishda bevosita ishtirok etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi
PQ-1958-sonli “2013-2017 yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 24 fevraldagi №39-sonli “2013-2017 yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha Davlat dasturining soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha mamlakatimiz sugʻoriladigan qishloq xoʻjalik yerlarida “Shoʻrlangan tuproqlarni xaritalashtirish” (solevaya syomka) ishlarini amalga oshirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalari Gʻ.T.Parpiyev hammuallifligida ishlab chiqilgan.
2016-2017-oʻquv yilining 1-semestrida “Tuproqshunoslik” 4-kurs talabalari uchun “Tuproqlar melioratsiyasi” fanidan 100 soatlik amaliyot mashgʻulotlar oʻtgan. Shuningdek, u pedagogik faoliyat bilan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashqi oʻrindoshlik asosida 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Billogiya fakulteti Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yoʻnalishi kunduzgi va sirtqi 3 va 4-bosqich rus va oʻzbek guruhi talablariga “Tuproqlar gidrologiyasi va melioarsiyasi” fanidan, 2023-2024-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining Agrokimyo yoʻnalishi 2-bosqich magistrantlariga “Yer resurslaridan foydalanish” fanidan dars bergan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy boʻlimi tomonidan joriy yilning 7-8 fevral kunlari Navoiy viloyati Karmana va Xatirchi tumanlarida oʻtkaziladigan viloyat fermerlarini, issiqxona masʼul xodimlarini, qishloq xoʻjalik sohasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislarini Respublikamizdagi ilmiy-tadqiqot institutlarining yetuk olimlari tomonidan “Qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga, zararkunandalarga, sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanishiga qarshi kurashishga, madaniy oʻsimliklarning yangi kasallikka chidamli navlarini yaratishga yoʻnaltirilgan amaliy va innovatsion ishlanmalarining taqdimotlari yuzasidan oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy seminarda Gʻ.T.Parpiyev “Fermer xoʻjaliklari sugʻoriladigan yerlarining “Tuproq shoʻrlanishi kartogrammasi”dan samarali foydalanish yoʻllari” mavzusidagi taqdimot bilan faol ishtirok etib, 1:10 000 masshtabli kartogrammalardan foydalanish yoʻllari boʻyicha tushuntirish ishari olib borgan.
2017-2018-yillarda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tekshirish instituti bilan hamkorlikda VA-QX-F-5-028 raqamli “Sugʻoriladigan yerlarda yangi adaptiv landshaft va tuproqqa meliorativ yondoshish” mavzusidagi fundamental loyihada ham faoliyat yuritgan (0,25 stavkada).
2018-yil 29-dekabrida “Agrotuproqshunoslik va agrofizika” ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim unvonini olgan.
Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Gʻofurjon Toxirovich Parpiyev 2010 yildan shu bugungi kunga qadar turli ixtisoslashgan ilmiy kengashlarda faol qatnashib keladi. Shu bugungi kunda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.27.06.2017. QX/B.43.01. raqamli Ixtisoslashgan kengash ilmiy seminari aʼzosi, Fargʻona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.05.03 raqamli biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash faoliyat yuritib keladi. Bundan tashqari, bir martalik ilmiy kengashlarda ham (Masalan: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik, shuningdek Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.25/30.12.2019.Qx/V.43.01 raqamli ilmiy kengash asosida 06.01.10-“Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligi boʻyicha bir martalik ilmiy kengash kabilarda) ishtirok etgan.
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi 06.01.03-“Agrofizika va agrotuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi aʼzosi hisoblanadi. Bundan tashqari, har yili respublikamizning turli OTMlarida tashkil etiladigan yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi hamdir. Masalan, 2023-2024 oʻquv yilida “Yer kadastri va yerdan foydalanish” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi raisi sifatida faol qatnashgan.
2013-2016 yillar mobaynida Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida Gʻ.T.Parpiyev kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi sifatida ham oʻzini faol tashkilotchi ekanligini koʻrsata olgan. TAITIning ilmiy-amaliy tadqiqotlarida, shuningdek, shartnomalar asosida “Hukumat obyektlarini obodonlashtirish boʻyicha maxsus boshqarma”da tuzilgan ishchi guruhi aʼzosi sifatida maxsus topshiriqlarni bajarishda qatnashib kelgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, sobiq Davergeodezkadastr qoʻmitasi, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligining bayonnomalari asosida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan mavsumiy belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham faol ishtirok etgan. Bu borada qoʻmitaning va institutning faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3698-son qarori 4-bandi boʻyicha Davergeodezkadastr qoʻmitasining (hozirgi Kadastr agentligi) 2018 yil 31 maydagi 339-son buyrugʻiga asosan “Oʻzbek davlat yer tuzish” ilmiy-loyihalash institutining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib, unda taʼsis etilgan Bosh direktor oʻrinbosari (Ilmiy-innovatsion ishlar boʻyicha) lavozimi tashkil etilgan boʻlib, 2018 yilning 3 sanasidan Gʻ.T.Parpiyev “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga bosh direktor oʻrinbosari sifatida 2024-yil 1 apreliga qadar ish faoliyatini yuritgan.
Bugungi kunda uning 10 dan ziyod shogirdlari bor. Dastlabki shogirdi Xaitova Kamola Mirkubon qizi “Togʻ oldi yaylov yerlari hududini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Boshqa shogirdlari himoya qilish arafasida.
Xalqaro tajribalar:
Gʻofurjon Toxirovich Parpiyev 2011 yilning noyabr-dekabr oylarida Hindiston hukumatining ITEC dasturiga kirgan “Markaziy oʻgʻitlar sifatini boshqarish” (Central Fertilizer Quality Control) kursida qatnashib, oʻzining bilim va koʻnikmalarini yanada boyitib qaytgan. Kurs yakunida maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasining taklifi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 14.09.2021 yildagi 06/033-536-sonli rozilik xatlariga asosan “Oʻzdaverloyiha” DILI vakillari bilan 2021 yilning 15-19 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Минеральные воды shahrida boʻlib oʻtgan “PRO YABLOKO 2021” zamonaviy bogʻdorchilik va innovatsiyalar boʻyicha 3-Xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etgan. Jahon banki koʻmagida Koreya Respublikasining Qishloq yerlarni rivojlantirish Administratsiyasi (Rural Development Administration) taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi delagatsiyasi 2022 yilning 16-29 iyul kunlari Koreya Respublikasida oʻquv-amaliy trening dasturlarida ishtirok etgan. Trening yakunida maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 2023 yilning 5-7-sentyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan “14th International LANDNET workshop” seminarida Oʻzbekiston ilmiy delegatsiyasi aʼzosi sifatida ishtirok etgan.
Taqdirlangan mukofotlari:
M.Ulugʻbek nomli davlat stipendiati (1999-2000 yy.);
“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni (2021 y.)
2024-yilning 9-aprelidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi “Meva, sabzavot va dorivor oʻsimliklar sohasida ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish” boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori i.f.d., professor Sh.I.Otajonov tashabbusi bilan Milliy markaz tizimida yoʻlga qoʻyilgan “Doktorantlar kuni” va “Qishloq xoʻjaligida drayver ilmiy yoʻnalishlar kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy seminar-treninglarda ham b.f.d., katta ilmiy xodim Gʻ.T.Parpiyev Ilmiy-texnik kengashning faol eksperti sifatida qatnashib kelmoqda.
Asosiy ilmiy va uslubiy ishlari. Bugungi kunga qadar Gʻ.T.Parpiyev tomonidan jami 185 ta ilmiy ishlar eʼlon qilingan, shundan 1 ta monografiya (shuningdek 1 ta oʻquv qoʻllanma va 11 ta ilmiy-uslubiy tavsiyanoma hammualliflikda), xorijiy va respublika jurnallarida hamda Respublikada oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar va xorijiy konferensiya toʻplamlarida ilmiy maqolalar chop etilgan. Bundan tashqari, 6 ta dasturiy taʼminot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan mualliflik guvohnomasi ham olingan.
Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Parpiyev Gʻofurjon Toxirovich oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishida sinchkov, mas’uliyatni chuqur his qilgan holda yondoshadi, talabchanligi va qatʼiy tartib-intizomi bilan ajralib turadi. U tashabbuskor, ustoz-shogird anʼanasini qadrlaydigan, amaliyot va ilm-fan integratsiyasi yoʻlida tinmay izlanadigan zamonamizning yetuk olimlaridan biri hisoblanadi.
Mustahkam oilali, 4 nafar farzandi bor.