Olim

RAJABOV DILSHOD ZARIPOVICH

Filologiya fanlari doktori, professor

1972 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denav mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Nekishi qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan. 1979-1989 yillarda Shofirkon tumanidagi Alisher Navoiy nomli  4-oʻrta maktabda oʻqigan. 1989-1994 yillarda  Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. D.Rajabov 1995-1998-yillarda Buxoro davlat universiteti XX asr oʻzbek adabiyoti va folklorshunoslik kafedrasi huzuridagi aspiranturada oʻqish barobarida “Hozirgi adabiy jarayon”, “Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti ” fanlari boʻyicha dastlabki maʼruzalarini oʻqishga kirishdi.



Shundan buyon uning faoliyati Buxoro davlat universiteti bilan chambarchas bogʻliq. U 1999 yilda “Badiiy obraz va ritmning oʻzaro munosabati (70-80-yillar oʻzbek sheʼriyati misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2019 yilda «Oʻzbek xalq sheʼr tuzilishi: kompozitsiya va obrazlilik» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining Ixtisoslashgan kengashi yigʻilishida muvaffaqiyatli himoya qildi.



D.Rajabov taniqli adabiyotshunos va folklorshunos olim, oliy taʼlim sohasida koʻp yillik tajribaga ega fidoyi ustozlardan biri sifatida mamlakatimizda ilm-maʼrifatni rivojlantirishga, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga, maʼnaviy-madaniy saviyasini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. U hayotini oʻzbek folklorini toʻplash, nashr qilish, ilmiy oʻrganish, yoshlarga oʻrgatish, jahon miqyosida keng targʻib qilishga bagʻishlab, oʻzbek folklori, xalq qoʻshiqchiligi nazariyasi, oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari, qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik metodologiyasi sohalari boʻyicha chuqur fundamental tadqiqotlar yaratishga erishdi. Bugungi kunda tadqiqotlarining xalqaro miqyosdagi iqtiboslik darajasi72, h-indeksi 5, i-10 -indeksi 5 koʻrsatkichiga ega.



D.Rajabov vatanparvar va fidoyi ustoz murabbiy sifatida oʻqitishning ilgʻor pedagogik texnologiyalarini zamon ruhi bilan uygʻun bogʻlagan holda talaba va magistrlarga saboq berish barobarida iqtidorli yoshlarni ilmga yoʻnaltirib, hozirgacha filologiya fanining dolzarb ilmiy muammolari tadqiqi boʻyicha bir qator shogirdlar tayyorlab yetishtiryapti. Olim yaratgan ilmiy maktab yildan-yilga kengayib bormoqda.



D.Rajabov Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09 raqamli Ilmiy kengash aʼzosi va seminar raisi. OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosliklari yuzasidan filologiya fanlari doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish boʻyicha DSc.30.08.2018.Fil.46.02 raqamli Ilmiy kengash seminar aʼzosi, Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengashning aʼzosi. .



Olim 2019 yildan buyon Ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarga rasmiy opponentlik qilib keladi. 2019-2024 yillarda 7 nafar shogirdi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyalarini himoya qildi.10 dan ortiq  dissertantlarning ishlari-ga rasmiy opponentlik qildi.



Ilmiy qiziqishlari serqirra olimning oliy taʼlim tizimida yuksak isteʼdodi, kasbiy mahorati, jonkuyarligi, izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, tashabbuskorligi bilan salmoqli natijalarga erishib kelmoqda. Buni uning yangi avlod adabiyotlarini yaratish orqali taʼlim sifatini oshirish yoʻlida hozirgacha 5 monografiyasi “Badiiy obraz va ritm”(2002) “DLTda qofiya masalasi” (2007), “Qaynoq qum kengliklarida” (2012) “Xalq qoʻshiqlari notaga tushganda” (2019), “Oʻzbek xalq qoʻshiqlari tuzilishi: kompozitsiya va obrazlilik” (2019), Shuningdek, “Oʻzbek musiqa folklori” darsligi “Modernizm adabiyoti” (2007), “Adabiyotshunoslik nazariyasi” (hammualiflikda,2022) oʻquv qoʻllanmalari,”Buxor elda gul sayli” (2010), “Devonu lugʻotit turk sheʼrlar” (2010) toʻplamlarining toʻplovchi -tadqiqotchi mualliflaridan biri,   200dan ortiq ilmiy maqola va tezislari (shundan: 21 tasi xalqaro impakt faktorli, 4 tasi Scopus bazasidagi jurnallarda) eʼlon qilingan boʻlib, soha mutaxassislari uchun muhim qoʻllanma sifatida xizmat qilib kelmoqda.



Olim respublika folklorshunoslari tomonidan tayyorlanayotgan yuz jildlik “Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” boʻyicha fundamental tadqiqotlar majmuining mualliflari qatorida eʼtirof etilgan.



D.Rajabov talabalarga “Adabiyot nazariyasi”, “Oʻzbek folklori”  kurslari boʻyicha maʼruza va amaliy mashgʻulotlarni sifatli, qiziqarli, mazmunli, eng muhimi, istiqlol mafkurasi ruhida olib boradi. Taʼlimda reyting tizimi va yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish hamda uni takomillashtirishda fidoyilik koʻrsatmoqda. U yetuk mutaxassis va yaxshi pedagog sifatida talabalar hamda oʻqituvchilar orasida alohida hurmatga ega. D.Z.Rajabov 2009 yil dotsent, 2022 yil professor ilmiy unvonlariga sazovor boʻlgan. 2015 yilda Xalqaro Antik dunyo akademiyasining doktori, 2015 yilda Xalqaro Turon fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi.



D.Z Rajabov xalqaro “Tatarika” jurnali va Oʻzbekiston respublikasi OAKsi tomonidan eʼtirof etilgan “Taʼlim innovatsion tadqiqotlar” (2021), “Ilm–fan va texnologiyalar”(2022),” BuxPXI ilmiy axborotnomasi” (2023) ilmiy jurnallarining tahririyat aʼzosi aʼzosi .



Iqtidorli olim xalq anʼanalari boʻyicha tez-tez televideniye va matbuotda chiqishlar, davlat tashkilotlaridagi maʼrifiy oʻqishlarda maʼruzalar qilib turadi.  U xalqaro TOP-1000 da 372-oʻrinda qayd etilgan Qozon federal universitetida stajirovka oʻtagan. 2021-2023 yillarda QFUda tashkil etilgan XALQARO LINGVISTIK SAMMITning spikerlaridan biri sifatida  mamlakatimizdan nomidan samarali ishtirok etib kelayotir. Turkiya, Rossiya, Qozogʻiston, Hindiston, Ozarbayjonda tashkil etilgan nufuzli xalqaro anjumanlarda oʻzbek tili, adabiyotshunosligi hamda folklorshunosligining ilmiy-nazariy masalalariga doir maqola va maʼruzalari bilan onlayn/ oflayn tartibda ishtirok etayotir. 2024 yilning may oyida QFU  tilshunos, olimlari bilan hamkorlikda “Tatarcha-Inglizcha-Ruscha-Oʻzbekcha soʻzlashgich” nashr etildi.  Bevosita D.Z.Rajabov tashabbusi oʻzbek tilining xalqaro miqyosida nufuzini yanada oshirish borasida mazkur universitetda “Oʻzbek tili markazi” faoliyat boshladi.



Oʻtkan yillar mobaynida oʻquv ishlari boʻyicha dekn oʻrinbosari (1999-2002, 2015-2019),  Maʼnaviy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari (2007-2011), Magistratura boʻlim boshligʻi (2011-2014), filologiya fakulteti dekani (2019-2023) , 2023 yil may oyidan boshlab,”Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika”kafedrasining mudiri lavozimlari samarali faoliyat yuritmoqda.  Buxoro viloyat hokimining Faxriy yorligʻi (2016), Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining Faxriy yorligʻlari bilan taqdirlangan.