X.A. Rasulova 1980 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, 2005 yilda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan bitirgan, 2008 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Asab kasalliklari” kafedrasida magistraturani, 2011 yilda aspiranturani tamomlagan. 2013-2023 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi (ilmiy laboratoriya) mudiri, grant loyihalari rahbari, katta va yetakchi ilmiy xodimi, Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika kafedrasi assistenti va mustaqil izlanuvchisi, Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlab kelgan. 2023 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari hamda Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasida professor lavozimlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
U 2010 yilda “Клинико-биохимические особенности острых ишемических инсультов в зависимости от их патогенетической гетерогенности” mavzusida nomzodlik (PhD) dissertatsiyasini 14.00.13 – “Asab kasalliklari” ixtisosligi boʻyicha, 2018 yilda “Ангио-церебро-ренальная дисфункция при ишемическом инсульте: прогнозирование, диагностика, лечение” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini 14.00.13 – “Nevrologiya” va 14.00.05 – “Ichki kasalliklar” ixtisosliklari boʻyicha muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2020 yilda dotsеnt ilmiy unvoniga ega boʻlgan. Oʻzining ilmiy yangiligi va natijadorligi yuzasidan PhD va DSc dissertatsiya ishlari uchun davlat va xalqaro grant (Vengriya va Germaniya tomonidan) olishga muvaffaq boʻlgan.
U Oʻzbekistonda insult, epilepsiya, neyrokimyo, neyroproteksiya maktablarining asoschilaridan biri hamda neyronefrologiya asoschisi (tibbiyotda birinchi marta angionevrologiya va nefrologiya sohasida yurak qon tomir – bosh miya – buyraklar munosabatlarini (ангио–церебро–ренал континуум ва дисфункция)ni klinik, eksperimental, immunobiokimyoviy, morfologik tadqiqotlar asosida kitoblarida yoritib bergan. Ilmiy loyihalar koordinatori, Ilmiy-texnik kengash ilmiy kotibi, 13 tadan ortiq davlat ilmiy loyihalar ishtirokchisi, ulardan 2 ta davlat amaliy loyihalar rahbari boʻlgan.
Bir necha bor respublika va xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan. Ulardan, Oʻzbekiston respublikasi Fanlar akademiyasining yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash fondi medali va premiyasi laureati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, OʻzRFA oʻsimliklar moddalari kimyosi institutining, Oʻzbekiston nevrologlar assotsiatsiyasining mukofotlari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutidagi yosh olimlar ixtirolari tanlovi gʻolibi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi “Yangi intellekt-2014” eng yaxshi intellektual mulk obyekti tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. 2018 yilda insult registrini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan “1-Respublika ixtirochi ayollarning eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovida “Shifokor ayolning eng yaxshi innovatsion loyihasi” va Koreya ixtirochi ayollar uyushmasining «Women Inventors – 2019» xalqaro koʻrgazmasida eng yaxshi ishlanmasi nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. «InnoWomenWeek» haftaligida «MedicalWomenUz» forumida bir necha bor ishtirok etgan. Xorijiy grantlardan, Yevropa nevrologlar jamiyati federatsiyasi (EFNS), Yevropa nevrologlar akademiyasi (EAN), Xalqaro epilepsiyaga qarshi ligasi (ILAE), Amerika-Avstriya fondi (AAF/OMI), Germaniyaning Piter va Judit Volf jamg‘armasi, Yevropa insultga qarshi tashkilotining (ESO) stipendiyalari va grantlari sovrindori bo‘lgan.
2009 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston nevrologlar assotsiatsiyasi, Yevropa nevrologlar akademiyasi (EAN) a’zosi (treasurer), xalqaro epilepsiyaga qarshi ligasi (ILAE) O‘zbekistondagi bo‘linmasining bosh kotibi (Secretary General), 2010 yildan boshlab Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi maslahatchisi, 2011-2012 yillar davomida “Nevrologiya” ilmiy-amaliy jurnalining mas’ul kotibi, “Patologiya” jurnalining ingliz tili matnlari muharriri bo‘lgan. 2011 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha xalqaro jurnal “European medical, health and pharmaceutical journal” (Praga, Chexiya) jurnalining tahririyat xay’ati a’zosi, 2011-2019 yillarda “Toshkent tibbiyot akademiyasi axborotnomasi” tahririyatining ingliz tili muharriri, 2019 yildan beri “Vestnik RAMN” xalqaro jurnali taqrizchisi bo‘lgan. 2017 yildan beri BMT bilan birlashgan hayot xavfsizligi va ekologiya xalqaro fanlar akademiyasining (IAELPS) muxbir-a’zosi hamda Yevropa insultga qarshi kurashish tashkilotining (ESO), Parkinson kasalligi va boshqa motor buzilishlar tashkiloti (MDS) a’zosi. 2022 yildan – Yevrosiyo terapevtlar assotsiatsiyasi ekspertlari kengashi, Bosh og‘riqlari bo‘yicha xalqaro jamoasi (IHS) a’zosidir. 2020-2021 yillarda O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi tibbiyot bo‘yicha ilmiy-texnik kengashi ilmiy kotibi va COVID-19 bo‘yicha koordinatsion kengash a’zosi bo‘lib ishlagan.
X.A. Rasulova oʻz vazifasiga, burchiga toʻliq mas’uliyat bilan yondashadigan shifokordir. U ToshPTI va TTA hamda uning Termiz filiali klinik bazalarida bemorlarni tibbiy koʻriklarida ishtirok etib, shifokorlarga muhim mavzularda seminarlar, maʼruzalar oʻtkazgan, boʻlimlardagi ogʻir bemorlar uchun konsultativ-davolash ishlarini olib bormoqda, nafaqat respublikamiz, balki xorijiy davlatlar shifoxonalarida nevrologik va terapevtik bemorlarni koʻrikdan oʻtkazib, samarali tavsiyalar berib kelmoqda. Buning uchun u ilgʻor kommunikatsion, telemeditsina kabi usullaridan foydalanmoqda.
Yuqori malakali shifokor va pedagog sifatida oʻz malakasini oshirish va tajriba almashish hamda maʼruzalar bilan ishtirok etish uchun koʻplab respublika va xorijiy anjuman, seminar, kurslar, forum, koʻrgazma, tashriflarda faol ishtirok etib kelmoqda, shu jumladan, Avstriya, Vengriya, Chexiya, Italiya, Germaniya, Estoniya, Gretsiya, AQSh, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʼiziston va boshqa davlatlarga boʻlgan. Tibbiyot va unga yaqin sohalarga oid 200 dan ortiq respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, malaka oshirish kurslari, seminarlarda, telekoʻrsatuvlarda maʼruzalar bilan qatnashgan hamda bir qator Respublika va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va koʻrgazmalarni Toshkentda va Termizda tashkillashtirgan. OʻzR Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Toshkent shahar xokimligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Toshkent shahri va viloyatlar innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalari taqdimotlari hududiy koʻrgazmasida bannerlar, rus, oʻzbek va ingliz tilidagi rangli bukletlar, videoroliklar, videofilmlar, olingan patentlar, chop etilgan qoʻllanmalar, ilmiy maqolalar, asbob-uskunalar, metallokonstruktsiyalar, guvohnomalar va boshqa koʻrgazmali materiallar namoyishini tashkillashtirishda faol ishtirok etgan.
Bularning barchasi orqali u tashkilotlar oʻrtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga yordam bergan, bir nechta talaba va yoshlarga oʻquv va ilmiy grant yutib olishiga sababchilardan biri boʻlgan, ularning ilmiy ishlariga bevosita rahbarlik qilgan.
X.A. Rasulova respublikamizda ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda oʻzining hissasini qoʻshib kelmoqda, jumladan, uning ilmiy rahbarligida 2 nafar tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktorlari (PhD) ilmiy darajasini oldi, 2 tasi himoyaga chiqdi. 10 nafardan ziyod nevrologiya, terapiya, anesteziologiya va reanimatologiya, nefrologiya, kardiologiya mutaxassisliklari boʻyicha magistrlar va klinik ordinatorlarga ilmiy rahbar boʻlgan. Hozirda 7 tadan ziyod PhD va DSc dissertatsiya ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning bevosita rahbarligi ostida talabalar bir necha bor respublika va xalqaro olimpiadalar, tanlovlarda yuqori oʻrinlar va grantlar olgan.
U mohir pedagog sifatida “Nevrologiya”, “Angionevrologiya”, “Insultlar”, “Epilepsiya”, “Ichki kasalliklar”, “Ichki kasalliklar propedevtikasi”, “Nefrologiya” fanlaridan maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtgan. Ushbu fanlardan sillabuslar, oʻquv ishchi dasturlar, qoʻllanmalar, oʻquv-uslubiy majmualar hammuallifidir. X.A.Rasulova modulli tizim boʻyicha kasalliklarni oʻrganishga va dars berishda sindromal yondoshuvdan foydalangan. U Nevrologiya va Ichki kasalliklar (Terapiya) fanlari bo‘yicha «Ишемический инсульт (инфаркт мозга): клиника, диагностика, лечение», «Состояние почек при сосудистых заболеваниях головного мозга», “Основы пульмонологии по пропедевтике внутренних болезней”, “Физикальные методы исследования в клинике внутренних болезней”, “Методы исследования сердечно-сосудистой системы”, “Основы гастроэнтерологии по пропедевтике внутренних болезней”, “Физикальные методы исследования при гепатобилиарной патологии”, “Вопросы диагностики и лечения приобретенных пороков сердца. Приобретенные пороки сердца у беременных”, “Диагностика и прогнозирование ангио-церебро-ренальной дисфункции при ишемическом инсульте”, “Алгоритм диагностики и прогнозирования COVID-19 ассоциированных ишемических инсультов”, “Оптимизация метода дифференциальной диагностики патогенетических подтипов ишемического инсульта”, “Алгоритм лечения гипертонической болезни с учетом активности ренин-альдостероновой системы у больных в постковидном периоде”, “Cпособ фармакологической коррекции патологического ангиогенеза у больных с пневмонией, перенесших ишемический инсульт”, «Ички касалликлар пропедевтикаси», “Nevrologiya” nomli o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, “Нейропротекция в ангионеврологии”, “Роль почек при цереброваскулярных заболеваниях”, “Клинико-биохимические особенности ишемических инсультов в зависимости от патогенетической гетерогенности”, “Рено-васкулярные механизмы патогенеза ишемического мозгового инсульта и вопросы лечебной тактики”, “Ўзбекистонда инсультнинг миллий регистрини яратиш ва унинг аҳамияти” kabi bir qator monografiyalar va kitoblar muallifi va hammuallifidir.
Jami boʻlib 330 tadan ziyod ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 8 ta monografiya, 10 ta patent va guvohnomalar, 1 ta informatsion xat, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 14 ta metodik tavsiyanomalar, xorijiy va mahalliy jurnallarda chop etilgan maqolalar hamda tezislar. Asosiy ilmiy yoʻnalishlari tibbiyotning koʻpgina sohasiga tegishli – nevrologiya, terapiya, nefrologiya, intensiv terapiya, anesteziologiya va reanimatologiya, bioximiya, immunologiya, neyrogenetika, sogʻliqni saqlashni tashkillashtirish.