Olim

RAXIMOV BAXTIYORJON NE’MATOVICH

Texnika fanlari doktori, professor, podpolkovnik

Raximov Baxtiyorjon Neʼmatovich

1986-yil 31-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyati, Quva tumanida tugʻilgan.



Baxtiyorjon Neʼmatovich 2008-yilda Fargʻona politexnika institutini bakalavriatini, 2010-yil Rossiya federatsiyasi Sibir davlat geodeziya akademiyasi magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2010-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali “Amaliy informatika” kafedrasi laboratoriya mudirligidan boshlagan. 2011-2013-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, stajyor tadqiqotchi soʻngra katta ilmiy xodim lavozimlarida

2013-2014-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Radioaloqa qurilmalari va tizimlari” kafedrasi assistenti lavozimida ilmiy va pedagogik faoliyatini davom ettirgan. Oʻz kasbiga boʻlgan fidoiyligi hamda talabchanligi tufayli Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi turli yoʻnalishlarda rahbarlik lavozimlarida ham faoliyat olib borgan. Xususan, 2017-2018-yillarda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi  mudiri lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan. Vatanga boʻlgan muhabbat hamda qatʼiy intizomligi tufayli harbiy xizmat yoʻnalishida ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida,

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshligʻining oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlagan.



Texnika fanlari doktori, professor podpolkovnik Raximov Baxtiyorjon Neʼmatovich Mudofaa vazirligi tizimida xizmat faoliyatini olib borishda dastavval sohada professional aloqachi harbiy kadrlar tayyorlash va taʼlimga innovatsion yondoshuvni kiritish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan samarali foydalangan holda tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish uchun ilmiy tomonlama hal etishga qaratdi.



Professor B.Raximov nafaqat ilmiy tadqiqot sohasida balki maʼnaviy-maʼrifiy, harbiy vatanparvarlik hamda sport tadbirlarini tashkillashtirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, yurtboshimiz tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik, milliy gʻurur va oʻz kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan  xukumat vazifalarini bajarishda  oʻrnak boʻlib kelmoqda.



Sohada harbiy xizmatchilar jismonan chiniqtirish ular oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish maqsadida, ommaviy sport tadbirlari nafaqat tashkilotchisi balki faol ishtirokchisi hamdir.



Uyushmagan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida birlashtirish, boʻsh vaqtlarini unumli tashkillashtirish hamda iqtidorli yoshlarni munosib tashkillashtirishda oʻz kuch va gʻayratini safarbar etmoqda.



Raximov Baxtiyorjon Neʼmatovich tomonidan chop etilgan bir qator darsliklar, oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bugungi kunda Mudofaa vazirligi oliy taʼlim muassasalari kursant va tinglovchilar bilan oʻtkaziladigan oʻquv darsliklarida keng foydalanib kelinmoqda.



Sohada ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida, Respublika va Xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro tajriba almashinish uchun ikki va koʻp tomonlama memorandumlar imzolanib turli xalqaro va respublika konferensiyalari oʻtkazib kelinmoqda.



Professor B.Raximov ilmiy va pedogogik faoliyati davomida 61 ta mualliflik guvohnomalari, 5  ta Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan ixtiro uchun patentlar va bitta foydali model patenti mavjud.



Uning bugungi kunda xalqaro va respublika jurnallarida chop etgan maqolalar yillar kesimida:



2020-yilda xorijiy davlatlar ilmiy jurnallarda — 11 ta maqola; Oʻzbekiston Respublikasining OAK tomonidan tasdiqlangan ilmiy jurnallarda 89 maqolalar;



2021-yilda xorijiy davlatlar ilmiy jurnallarda — 12 ta maqola; Oʻzbekiston Respublikasining          OAK            tomonidan tasdiqlangan ilmiy jurnallarda 147 maqolalar;



2022-yilda xorijiy davlatlar ilmiy jurnallarda — 14 ta maqola; Oʻzbekiston Respublikasining          OAK            tomonidan tasdiqlangan ilmiy jurnallarda 114 maqolalar;



2023-yilda xorijiy davlatlar ilmiy jurnallarda — 11 ta maqola; Oʻzbekiston Respublikasining OAK tomonidan tasdiqlangan ilmiy jurnallarda 141 ta maqolalar.



2020 — 2023 yillar davomida jami: xalqaro konferensiyalarda — 205, respublika miqyosida 348 tezis.



Professor B.Raximov “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom”, “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi Nizom” ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2017-yil 27-iyundagi 240/2-son1i hamda

2017- yil 28-dekabrdagi 247/2-sonli qarorlari asosida: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagı ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash aʼzosi, Mudofaa Vazirligi va Axborot — kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti qoshidagi ilmiy kengash aʼzosi hamda mazkur kengashning seminar raisi vazifasini bajarib kelmoqda.



Professor B.Raximov tomonidan

500 dan ortiq ilmiy, uslubiy va tadqiqot ishlar natijalari jurnallarda chop etilgan.



2019-2023-yillar davomida professor B.Raximov rahbarligida Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutidagi ilmiy-tadqiqot ishlari loyihalar rahbari va asosiy aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.



B.Raximov 2019 yildan 2 nafar fan doktori (DSc) va 10 nafar texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishlariga ilmiy maslahatchi va rahbarlik qilib kelgan.



Professor B.Raximov tashabbusi bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida roʻyxatdan oʻtgan ilmiy “Harbiy aloqa va AKT xabarlari”        va        “INNOVATION TECHNOSYSTEMS” jurnallar joriy etilib, hozirda professor-oʻqituvchilar tarkibi oʻzlarining ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini ushbu jurnallarda eʼlon qilib borishmoqda.



Bundan tashqari, B.Raximov Toshkent axborot texnologiyalar universitetining “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” ilmiy jurnalining bosh muharrir oʻrinbosari va Axborot — kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti “Harbiy aloqa va AKT xabarlari” va “Innovation Technosystems” ilmiy jurnallarining bosh muharriri hisoblanadi.



2023-yil sentabr oyidan hozirgi vaqtga qadar Mudofaa vazirligi Axborot — kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshligʻi lavozimida oʻz faoliyatini olib bormoqda.