Olim

RAXMATOVA XAYRIXON ASHIRALIYEVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, professor

Raxmatova  Xayrixon Ashiraliyevna 1960 yil 7 sentyabrda Namangan viloyati Pop tumanidagi, Gʻurumsaroy qishlogʻini dehqon oilasida dunyoga keldi. Shu qishlogʻdagi 16-sonli oʻrta maktabni 8-sinfini bitirib  1975 yil Chust pedagogika bilim yurtining  boshlangʻich sinf yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. U yerni 1979 yili namunali tamomlab, oʻzi oʻqigan maktabda pedagoglik faoliyatini boshlagan. Ishdan ajralmagan holda 1981 yil Fargʻona davlat universitetining biologiya yoʻnalishiga oʻqishga kirdi. 1986 yili Fargʻona davlat universitetini tamomlab 1979 yildan 2005 yilgacha  16 — maktabda pedagoglik  faoliyatini olib bordi.



 1991 yili “Xalq maorifi aʼlochisi” , 1997 yilda “Shuhrat” medali, 2020 yil “Moʻtabar ayol”  va  2024 yil “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan  taqdirlangan.



Gʻurumsaroy qishlogʻini 16- maktabidagi  pedagoglik faoliyati davrida oʻqituvchilik bilangina bogʻlanib qolmay, boshlagan ilmiy ishini 2005 yilda Qori Niyoziy nomli ilmiy tekshirish institutida ilmiy rahbari pedagogika fanlari doktori  professor Dilorom  Sharipova boshchiligida “Oʻquvchilarni sinfdan tashqari ishlar jarayonida ekologik-gigiyenik tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilish bilan  yakunladi.



2006 yil sentyabr oyidan shu kunga qadar Namangan davlat universitetida  oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, professor lavozimida faoliyat koʻrsatib, bakalavr va magistrlarga  taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. 20tadan ortiq magistrlarga ilmiy rahbarlik qilib himoya qildirgan. Kambarov Nodirjon Sattarovichni 13.00.01-Pedagogika nazariyasi.Pedagogik taʼlimotlar tarixi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD)dissertatsiyasini himoya qilishida ilmiy rahbarlik qilgan.Yana 6 nafar shogirdi himoya qilish arafasidadir.



X.A.Rahmatovaning hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro, respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar va ilmiy konferensiya toʻplamlarida chop qilingan. Koʻplab ilmiy-uslubiy qoʻllanmalari, metodik tavsiyalari,darsliklari, eʼlon qilinib, nashr ettirilgan.



X.A.Raxmatova tajribali pedagog, oʻz kasbini sevadi va kasbining ustasidir. U faqat pedagogika, biologiya ilmi bilan cheklanib qolmay, sogʻlom turmush tarzi va urf-odatlarimiz, ekologik muhitning musaffo boʻlishiga oid ham bir qator ishlarni chop etgan. Talabalar  oʻrtasida shu kunlarda ham odam savdosi, giyohvandlik, OITSga qarshi kurash,qadriyatlarimizni tarbiyaviy tomonlari,siz boʻlgʻusi ota-onasiz,siz kelajak bunyodkorlarisiz, hayot goʻzal yashash shirin haqida tushuntirish ishlarini bahs-munozaralar asosida hayotga bogʻlab, turmush tarzidan kelib chiqqan holda, maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni namunali olib bormoqda.



X.A.Rahmatova bugunda esa professor lavozimida faoliyat koʻrsatib, bakalavr va magistrlarga umumiy pedagogika, pedagogik mahorat, pedagogikaning kanseptual asoslari, taʼlim-tarbiya nazariyasi, pedagogik diagnostika va korreksiya, ijtimoiy pedagogika,xalq pedagogikasi  va boshqa fanlardan taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.



 U bir necha bor viloyat televideniyasida “Yoshlar tarbiyasiga mas’ulmiz”,  “Kattalar oʻrtasidagi mehr-oqibat”, “Qizlarni yosh turmushga bermaslik”, “Giyoxvandlik oqibatlari”, “Ota-onaning andozali vazifalari” “Guldasta” musiqali koʻrsatuvda, “Ayolning bekalik vazifalari”, “Taʼlimga eʼtibor” va boshqa mavzular asosida bir necha bor davra suhbatlarida ishtirok etgan.



X.A.Rahmatova Mustaqil Oʻzbekistonimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol boʻlib kamol topishida, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasidagi ishlarda taʼlim tizimi oldiga qoʻyilayotgan vazifalarni chuqur anglagan holda uni takomillashtirishga munosib hissasini qoʻshish bilan birgalikda taʼlim jarayonlari samaradorligini oshirib, Davlat Taʼlim Standartlari talablari asosida oʻz pedagogik va ilmiy faoliyatini namunali va mehnat jamoasiga oʻrnak boʻladigan tarzda amalga oshirib kelmoqda.



X.A.Raxmatova hozirda universitet ijtimoiy hayotida oʻzining tashkilotchiligi, ishbilarmonligi bilan alohida mavqega ega. U universitet va Namangan shahar ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishida, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida ham munosib ulush qoʻshib kelmoqda.