Olim

SALOHIDDINOV ABDULHAKIM TEMIRXO‘JAYEVICH

Texnika fanlari doktori, professor

Salohiddinov Abdulhakim Temirxoʻjayevich —  Suv resurslarini havzalar darajasida rejalashtirish va boshqarish strategiyasiyalarini ishlab chiqish, yer usti suvlari va yer osti suvlari resurslarining oʻzaro aloqadorligi qonuniyatlari, atrof-muhitni muhofazasi va mintaqaviy barqaror taraqqiyot, ichimlik suv taʼminoti tizimlarini  rivojlantirish, suv tejamkor sugʻorish texnologiyalarini takomillashtirish, shuningdek oliy taʼlim  va ilmiy faoliyatni boshqarish sohalarida nafaqat Respublikamizda balki yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida ham taniqli olim.



250 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi, 20 ortiq xalqaro va milliy ilmiy loyihalarni rahbari, Respublikamizning Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Suv xoʻjaligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirliklari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyoti Dasturi, Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, YUNESCO, Xalqaro Suv Resurslarini Boshqarish Instituti, Germaniyaning DAAD, Erasmus+ Horezone, Yaponiyaning SATREPS, AQShning USAID kabi tashkilotlarning loyihalar boʻyicha eksperti sifatida faoliyat koʻrsatadi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universitetining Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori lavozimida ishlaydi.



Professor Salohiddinov A.T. Respublikamizning suv-ekologik resurslarini oʻrganish va barqaror boshqarish sohasida yetuk olimlaridan biri sifatida turli ilmiy va taraqqiyot yoʻnalishidagi masalalar boʻyicha xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davalat delegatsiyasi tarkibiga kiritilgan va Oʻzbekiston vakili sifatida muhokamalarda faol ishtirok etib kelmoqda.



Professor Saloxiddinov A.T. — Suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanish, atrof muhitga boʻladigan taʼsirlarni baholash va ichimlik suv taʼminotining ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirish boʻyicha oʻzining ilmiy maktabini  yaratdi.



Mazkur yoʻnalishlarda u quyidagi milliy va xalqaro miqyosdagi ilmiy grantlarning rahbari va mas’ul bajaruvchisi sifatida yuqori natijalarga erishgan:




  • Oʻzgaruvchan antropogen bosim ostida yer osti suvlarining Orol dengizi balansiga  qoʻshayotgan hissasini baholash va bashorat qilish. Mintaqaning yer osti suvlari balansi va choʻllanishidagi oʻzgarishlar monitoringi. Yer osti suvlari resurslarini barqaror boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish muammolari (2001-2003. Yevropa Ittifoqi, Inco-Copurnikus dasturi doirasida olingan ilmiy grant);

  • Yer osti suvlari va Yer usi suvlari oʻzaro taʼsiri qonuniyatlari va ularning turli sharoitlardagi oʻziga xosliklarini eʼtiborga olgan holda boshqarish muammolari. (2001-2003 Yevropa Ittifoqi, Intas dasturi doirasida olingan ilmiy grant);

  • Noaniqliklar sharoitida suv resurslarini adaptive boshqarish boʻyicha yangi yondashuvlar (New approaches to adaptive water management under uncertainty — Amudarya case study)(2005-2009 Yevropa Ittifoqi V-doiraviy ilmiy dasturi doirasida olinga ilmiy grant);

  • Suv resurslarini boshqarish barqarorligini taʼminlash muammolari(2010-2012 Evropa Ittifoqi V-doiraviy ilmiy dasturi doirasida olingan ilmiy grant);

  • Gʻarbiy Oʻzbekiston sharoitida qishloq ichimlik suv taʼminoti  tizimlarini rivojlantirish va loyihalash mezonlarini ishlab chiqish muammolari (2013-2017 Oʻzbekiston Davlat Fundamental Granti);

  • Transchegaraviy Podshaota daryosi havzasining Oʻzbekiston suv tanqis hududida suvni tejash texnologiyalarini takomillashtirish (2018 Yaponiya, JICA tashkiloti dasturi doirasida olingan ilmiy grant);

  • Markaziy Osiyoda umumiy boʻlgan suv resurslarini boshqarishda institutsional transformatsiyani rivojlantirish masalalari (2013-2016 Germaniyaning Wolksvagen jamgʻarmasi tanlovida olingan grant);

  • Oʻzbekiston sharoitida iqlim oʻzgarishining suv resurslari salohiyatiga taʼsiri va moslashish choralarini ishlab chiqish muammolari (2018-2020 Oʻzbekiston Davlat amaliy granti);

  • Qishloq aholi puntlarida suv taʼminoti sxemalarini va sanitariya xizmatlarini rivojlantirish usullarini takomillashtirish (2020  UNICEF and CAREC Instituti granti);

  • "SDGnexus tarmoq" qoʻshma loyihasi (Germaniya DAAD tashkiloti EXCEED dasturi doirasida olingan xalqaro grant);                

  • FZ-20200930448 "Alohida hududlarda qulay iqlimli zonalarni yaratishning nazariy asoslari va hisoblash mexanizmlarini ishlab chiqish" (2022-2024  Davlat fundamental granti) va boshqalar.



 



Professor Salohiddinov A.T. rahbarligida yaratilgan va takomillashtirilgan qishloq aholi punktlarida ichimlik suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirish va suv tejamkor sugʻorishning takomillashtirilgan texnologiyalari hamda soha faoliyati va tabiiy omillarning, jumladan iqlim oʻzgarishi taʼsirlarini baholash va ularga moslashish usullari ishlab chiqarish va oʻquv jarayonlarida keng joriy qilingan.



Professor A.T. Salohiddinovning ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda ham yuqori baholangan. U nufuzli xalqaro tashkilotlar va “Yer osti suvlari va Yer usti suvlarining oʻzaro taʼsiri muammolari” boʻyicha xalqaro qoʻshma ilmiy komissiyasining (Joint Commission on Groundwater — Seawater Interactions; International Association for the Physical Sciences of the Oceans — International Association of Hydrologic Sciences (IAPSO-IAHS)) aʼzo davlatlari olimlari tomonidan mazkur qoʻshma ilmiy komissiyaning Markaziy Osiyo boʻlimiga rahbar sifatida saylangan, uni 5 yil (2003-2008 yillar) davomida boshqargan. AQShning Washington shtati universiteti hamda Kolorado shtati universiteti faxriy professori etib saylangan.



Hayoti va ilmiy faoliyati sanalari:




  • 1984-1985 yillar – TIQXMIIda kichik ilmiy xodim;

  • 1986-1988 yillar — TIQXMIda aspirant. Tadqiqotlar natijasida qishloq aholi punktlari va yaylovlar suv taʼminoti sxemasi Markaziy Qizilqum sharoitlari asosida yaratgan. 1988 yilda muddatidan oldin texnika fanlari nomzodligi dissertatsiyasini himoya qilgan;

  • 1989-1995 yillar – TIQXMII “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va qishloq suv taʼminoti kafedrasida assistent. Suv resurslarini boshqarish, Ichimlik suv taʼminoti, Ekologiya fanlari boʻyicha talabalarga saboq berish bilan birga mazkur yoʻnalishdagi muammolarning ilmiy yechimi ustida tadqiqotlar olib borgan;

  • 1995-1999 yillar – TIQXMII “Ekologiya va suv resurslari” kafedrasida dotsent. Suv resurslarini boshqarish, Ichimlik suv taʼminoti, Atrof muhitga boʻladigan taʼsirlarni baholash fanlari boʻyicha talabalarga saboq berish bilan birga mazkur yoʻnalishdagi muammolarning ilmiy yechimi ustida tadqiqotlar olib borgan.



Texnika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi aʼlochisi,  professor Salohiddinov Abdulhakim Temirxoʻjayevich 1961 yil 20-martda Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.



1983-yilda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xoʻjaligini Mexanizatsiyalash Injenerlari  Instituti — TIQXMII (“Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xoʻjaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti) ning Gidromelioratsiya fakultetini tamomlab muhandis-gidrotexnik mutaxassisligini olgan.



1999-2003 yillar – TIQXMII “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri. Atrof-muhit muhandisligi va suv resurslaridan foydalanishni  rejalashtirish va boshqarish fanlari yoʻnalishlarida oʻquv va ilmiy faoliyatlarni tashkil etgan va boshqargan.



2003-2004yillar TIQXMII “Tabiiy resurslarni boshqarish” fakulteti dekani. Atrof-muhit muhandisligi va suv resurslaridan foydalanishni  rejalashtirish va boshqarish fanlari yoʻnalishlarida oʻquv va ilmiy faoliyatlarni tashkil etgan va boshqargan.



2004-2011 yillar –Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Ilmiy ishlar boʻyicha prorektoti. Institut miqyosida barcha yoʻnalishlarda olimlar, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va talabalarning ilmiy faoliyatlarini tashkil etgan, tasdiqlagan va muvofiqlashtirgan.



2011-2018 yillar –Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xoʻjaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri. Kafedra miqyosida atrof-muhit muhandisligi va suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va boshqarish fanlari yoʻnalishlarida oʻquv va ilmiy faoliyatlarni milliy va xalqaro talablar darajasida tashkil etgan va boshqargan. 2012 yilda professor ilmiy unvonini olgan.



2019 yildan Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xoʻjaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti va 2021 yildan boshlab (“Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xoʻjaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti” Milliy Tadqiqot Universitetining Xalqaro hamkorlik prorektori. Universitet miqyosida xalqaro hamkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish, jamoa faoliyatini muvofiqlashtiradi.



Universitet ilmiy kengashiga hisobot bergan. 2005 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan.



2018 yildan boshlab universitet va YUNESCO Bosh qarorgohing qoʻshma qarori asosida universitet qoshida tashkil etilgan YUNESKOning “Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof muhit muhofazasi” kafedrasi uning qoʻshma qaror bilan saylangan mudiri sifatida boshqarib kelmoqda. Respublikaning “Suv va suvdan foydalanish” toʻgʻrisidagi qonuni, 2030 yilgacha boʻlgan davrda suv xoʻjaligini rivojlantirish Konseptsiyasi hamda Suv Kodeksi loyihasini ishlab chiqqan olimlardan biri hisoblanadi.



Professor Salohiddinov A.T.  Oliy Attestatsiya Komissiyasi roʻyxatiga kiritilgan “Irrigatsiya va Melioratsiya” jurnalining ilmiy muharriri, yana 1 ta Respublika va 3 ta xorijiy ilmiy jurnallarning tahririyati aʼzosi hisoblanadi. Professor Salohiddinov A.T. vaziyatni obyektiv baholash va qaror qabul qilishda masʼuliyatni oʻziga olish qobiliyatiga ega.



Printsipial, bosiq va mehribon inson sifatida jamoa va talabalar oʻrtasida obroʻga egadir. Koʻp yillik samarali mehnati, isteʼdodi, kasbiy mahorati, ilmiy-ijodiy mahorati soha mutaxassislari va keng jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan. Xalqaro va respublika miqyosidagi yutuqlari, faoliyatidagi ibratli tajribalari, tashabbuskorligi va izlanuvchanligi bilan nom qozongan.



Professor A.Salohiddinov "mustaqillikning 20 yilligi" va "mustaqillikning 25 yilligi" koʻkrak nishonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning faxriy diplomlari bilan taqdirlangan.



Professor Salohiddinov A.T. rahbarligida 3 nafar fan doktori va 5 nafar falsafa doktorlari hamda talabalar orasidan 4 nafar Prezident davlat stipendiyasi sovrindorlari tayyorlangan.



Professor A.T. Salohiddinovning ilmiy faoliyati geografiyasi AQSh, Germaniya, Belgiya, Vengriya, Shveysariya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va boshqa mamlakatlarni qamrab oladi. Xususan, AQSh va Germaniyada ham shogirdlar chiqargan. Umumiy mehnat faoliyati davomiyligi 45 yil. Faoliyati davomida ixtisoslashgan kengashlarning raisi va aʼzosi sifatida salmoqli faoliyat yuritib kelmoqda. Oliy taʼlim va ilmiy faoliyat sohasidagi islohotlarda faol ishtirok etadi. Uning tashabbusi va bevosita ishtirokida universitetda 3 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va 3 ta magistratura mutaxassisliklari ochilgan.  Oʻzbek tili bilan birga rus va ingliz tillarini mukammal biladi.



Professor Saloxiddinov A.T.  nafaqat Oʻzbekiston Respublikasi, balki koʻplab xorijiy mamlakatlarda ham taniqli, oʻz sohasining dunyo miqyosidagi yetakchi  olimlaridan va ilm-fan rivoji tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. Olim mamlakatimiz va jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshishda davom ettirib, suv ilm-fani, oliy  taʼlim va ilmiy faoliyat rivojiga yangicha yondashuvlar asosida, suv resurslarini rejalashtirish/boshqarish strategiyasi/siyosati, atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy barqaror rivojlanish sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalarga eʼtibor qaratmoqda.



Professor Saloxiddinov A.T. oilali, uning 3 farzandi va 5 nabirasi bor. Farzardlarning biri bugungi kunda kardiojarroh olim, biri muhandis ekolog va yan bir muhandis dasturchi sifatida jamiyat taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilmoqdalar.