Dunyo miqyosida taniqli olima, fizika-matematika fanlari doktori, professor Tashmuxamedova Dilnoza Artikbayevna 1975 yil 8 fevralda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. D.A.Tashmuxamedova 1992-1997 yillarda Toshkent davlat texnika universitetida tahsil olgan va «Fizika va ET materiallari hamda komponentlarining texnologiyasi» mutaxassisligi boʻyicha “Elektron texnika muhandisi” kvalifikatsiyasini olgan.
1997-2000 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti aspiranturasida oʻqigan va 2000 yil dekabr oyida 01.04.04 – «Fizik elektronika» ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fizika-matematika fanlari nomzodi darajasini olgan.
2000-2003 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Elektron texnika materiallari fizikasi va texnologiyasi» kafedrasi assistenti, 2003-2005 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Elektron texnika materiallari fizikasi va texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, 2005-2008 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Elektronika va mikroelektronika» kafedrasi dotsenti, 2008-2012 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Nanotexnologiya» kafedrasi dotsenti, 01.02.12-03.09.12 da Toshkent davlat texnika universiteti «Nanotexnologiya» kafedrasi mudiri, 2012-2016 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Nazariy elektrotexnika va elektron texnologiyalar» kafedrasi professori, 2016-2017 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Asbobsozlik» kafedrasi mudiri, 2017 — 2021 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyalari» kafedrasi mudiri, 2021 yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat texnika universiteti «Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyalari» kafedrasi professori lavozimlarida ishlab kelmoqda.
D.A.Tashmuxamedova 2001 yil 31 mayda fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2005 yilda “Fizik elektronika” ixtisosligi boʻyicha “Elektron texnika materiallari fizikasi va texnologiyasi” kafedrasi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan. Doktorlik dissertatsiyasini 2010 yil 29 iyunda “Электронная спектроскопия нанопленок и нанокристаллов sozdannыx низкоэнергетической ионной бомбардировковкой полупроводниковыx и диелектрических пленок” mavzusida 01.04.04 Fizik elektronika ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan.
D.A.Tashmuxamedova 2007 yildan boshlab hozirgi kunga qadar 15 dan ortiq fundamental va amaliy ilmiy loyihalarida bajaruvchi va rahbar sifatida muntazam ravishda qatnashib kelmoqda. Hozirda MRB – OT – 2019 – 28 –raqamli Oʻzbekiston- Belorusiya xalqaro loyihasiga rahbarlik qilib kelmoqda, hamda ushbu loyiha doirasida ToshDTU bazasida ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasini tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va chet el davlatlari xalqaro akademiyasi (TWAS) tomonidan uyushtirilgan tanlovda 2005 yilda va 2018 yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
U 600 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop ettirgan, shulardan 15 ta patent, 150 dan ortiq ilmiy maqolalari chet elning nufuzli jurnallarida chop etilgan. 100 ga yaqin xalqaro konferensiyalarda maʼruzalar qilingan, 10 dan ortiq ishlanmalari Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining ixtiro patentini ega, hamda 20 dan ortiq oʻquv qoʻllanma va darsliklar chop etgan.
D.A.Tashmuxamedova bir qator ilmiy va uslubiy konferensiyalarda maʼruzalari bilan qatnashib kelmoqda. Jumladan: European Materials Research Society Fall Meeting (Warsaw, 2013); European Workshop on Secondary Ion Mass Spectrometry (Münster, 2014); Kristallar bilan zaryadlangan zarralarning oʻzaro taʼsiri boʻyicha 43, 44 va 45-xalqaro anjuman (Moskva, 2013, 2014, 2015, 2016); Sirt ionlarning oʻzaro taʼsiri boʻyicha XXI, XXII, XXIII, XXIV-xalqaro anjuman (Moskva, 2013, 2015, 2017, 2019); European Materials Research Society Spring Meeting (Lille, 2014, 2015, 2016, 2017); Yadro va radiatsion fizika (Olmaota, 2013); Fizikaviy elektronikaning dolzarb muammolari (Toshkent, 2012); Yarim oʻtkazgichli mikro va nanostrukturalarning optik va fotoelektrik hodisalari (Fargʻona, 2014-2020); New Tendencies of Developing Fundamental and Applied Physics: Problems, Achievements, Prospectives (Tashkent, 2016). 2016 yil 2-6 may kunlari “E-MRS, Spring Meeting”, 2017 yil 10-15 sentyabrda Polshada boʻlib oʻtgan “21st International conference on secondary ion mass spectrometry” konferentsiyasida, 2019 yil 19-23 avgustda Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan “20th International conference on radiation effects in insulators” nomli xalqaro konferensiyalarda maʼruzalari bilan ishtirok etgan.
D.A.Tashmuxamedova 2024 yilda Belorusiya olimlari bilan hamkorlikda «Термоэлектрический материал» nomli xalqaro patent oldi.
Uning ilmiy rahbarligida 5 nafar falsafa fanlari doktori (PhD), 2 ta fan doktorligini (Dsc) himoya qilgan hamda bugungi kunda 2 nafar doktorant va 1 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy ishlarini olib borishmoqda, ulardan birining dissertatsiya ishi ixtisoslashgan kengash seminaridan muvaffaqiyatli oʻtdi. Shuningdek, 01.04.04 — “Fizik elektronika” ixtisosligi boʻyicha muvofiqlashtirilgan kengash aʼzosi boʻlib kelgan.
Tashmuxamedova Dilnoza Artikbaevna universitet va fakultet jamoasi oʻrtasida hurmatga sazovor insondir. U oʻzining printsipialligi, halolligi va talabchanligi bilan ajralib turadi. Tashmuxamedova Dilnoza Artikbaevna olim va tajribali oʻqituvchi sifatida yosh avlodni vatanimiz kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qilish ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. U qaysi mas’uliyatli vazifada ishlamasin, oʻzining halol, toʻgʻri soʻz, adolatli, oʻziga va boshqalarga nisbatan talabchanligi bilan ajralib turadi.
Oilali 1 oʻgʻil farzandi bor.
Tashmuxamedova Dilnoza Artikbayevna oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, moʻtabarligi va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.