Olim

TOʻXTAYEVA ZEBO SHARIFOVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Toʻxtayeva Zebo Sharifovna, 1971 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek.



Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini 1993 yil “Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasi” mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli tugatgan.



2012 yil 28 iyunda pedagogika fanlari nomzodi dissertatsiyasini Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda “Kasb-hunar taʼlimida fanlararo uzviylikni taʼminlash metodikasi” mavzusida 13.00.08 – “Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan.



30.05.2018 yilda “Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan.



2021 yil 03 noyabrda pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasini Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi Ilmiy kengashda “Oliy taʼlimda umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasini taʼminlash metodikasi (yengil sanoat yoʻnalishlari misolida)” mavzusida 13.00.05 – “Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2023 yilda shu ixtisoslik boʻyicha professor ilmiy unvonini olgan.



Umumiy ish staji 24 yil, oliy taʼlim muassasasidagi ilmiy-pedagogik ish staji 18 yil. Z.Sh.Toʻxtayeva institutdagi pedagogik faoliyati davomida darslarini zamonaviy oʻqitish usullari, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya taʼlim resurslaridan foydalangan holda olib bormoqda. Ayniqsa, darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, talabalarda texnologik, loyihalash, konstruksiyalash kabi zaruriy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Logically confusing chain”, “Case study”, “Keys-stadi”, “Classic couple strategy” oʻqitish texnologiyalarini, interfaol taʼlim metodlarini oʻquv jarayoniga tatbiq etish, taʼlimda integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish orqali oʻquv jarayonini integrativ hamda innovatsion taʼlim muhitida tashkil etib, bakalavriat va magistratura talabalariga zamonaviy taʼlim talablari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya taʼlim resurslaridan foydalangan holda saboq berib kelmoqda.



Z.Sh.Toʻxtayeva fakultet, institut va respublika miqyosida oʻtkazilgan ommaviy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning faol tashkilotchisi va ishtirokchisi boʻlib, uning rahbarligida talabalar va pedagog xodimlar orasida dolzarb mavzulardagi bir qator tadbirlar tashkil etilgan.



Viloyat aholisi, ayniqsa, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, diniy ekstremizmning oldini olish, turli maʼnaviy-maʼrifiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib boradi. Yoshlar orasida “Oʻz uyingni oʻzing asra”, “Ogohlik davr talabi” mavzularda davra suhbatlari oʻtkazib kelmoqda.



Z.Sh.Toʻxtayevaning ilmiy rahbarligida 2023 yil aprelda Toʻraqulova Marjona Qiyom qizi 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) ixtisosligi boʻyicha “Texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qilgan 2023 yil avgustda Toʻraqulova Baxriniso Baxtiyorovna 13.00.05 — Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan “Integrativ taʼlim muhitida ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotlarni tashkil etish jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.



Uning ilmiy rahbarligida shogirdi Ubaydova Vazira Erkinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) ixtisosligi boʻyicha “Boʻlajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda Naqshbandiya taʼlimotini qoʻllash metodikasi” mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.



Shuningdek, u bugungi kunda 13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha Gulmatova Hurriyat va Mamatova Sayyoraning, 13.00.05 – “Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha Aripjanova Maxfuzaning, 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi boʻyicha Abulova Parvinaning falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun olib borayotgan tadqiqot ishlariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.



Z.Sh.Toʻxtayeva “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi aʼzosi, dissertatsiyalarni dastlabki muhokamadan oʻtkazish maqsadida institutda tashkil etilgan ilmiy seminarlar aʼzosi hamda magistratura bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.



Z.Sh.Toʻxtayeva falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor 10 ga yaqin tadqiqotchilarga va fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor bir necha tadqiqotchilarga rasmiy opponent sifatida belgilangan va u dissertatsiyalarni tahlil qilib, taqriz bergan.



Oliy attestatsiya komissiyasining 30.10.2021 y. №01-06/2190-raqamli xatiga koʻra tasdiqlangan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.10.2021.T.101.03 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi etib tasdiqlangan. Professional taʼlimni rivojlantirish instituti  huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 05/29.12.2023.Ped.48.01 raqamli ilmiy kengash ilmiy seminari aʼzosi. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-texnikaviy Kengashi huzuridagi 13.00.00 — Pedagogika fanlari ilmiy seminari raisi



Z.Sh.Toʻxtayeva kafedra hamda fakultetning oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarida faol ishtirok etish bilan bir qatorda institut bakalavr talabalarining bitiruv malakaviy ishlariga rahbar hamda magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda. U bugungi kunga qadar 35 nafar talabaning bitiruv malakaviy ishiga va 12 nafar talabaning magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan.



Z.Sh.Toʻxtayeva fakultet dekani sifatida qator yillar fakultet kengashi raisi hamda institut kengashi aʼzosi sifatida kengash yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalar muhokamasida faol ishtirok etib kelmoqda.



Z.Sh.Toʻxtayeva 334 ta ish eʼlon qilgan, shulardan 10 ta monografiya, 7 ta darslik, 11 ta oʻquv qoʻllanma, jami 248 ta ilmiy va 44 ta oʻquv-uslubiy ishlaridir. Jumladan, 2 ta sanoat namunasiga patent, 2 ta yakka mualliflikda va 10 ta hammualliflikda tayyorlangan elektron taʼlim resurslari intellektual mulk agentligining guvohnomasi berilgan.



U talabchan, chuqur mulohazali, jamoa aʼzolariga nisbatan gʻamxoʻr, adolatli, kafedra mudirlari hamda oʻqituvchilar tomonidan taklif qilinadigan ijobiy yangiliklarni qoʻllab-quvvatlaydigan rahbarlardan biri hisoblanadi.



Z.Sh.Toʻxtayeva institut jamoasi orasida xalqimizning urf-odat va anʼanalari, milliy qadriyatlarini, jamiyatdagi oʻrni va nufuzini mustahkamlashga, institut va fakultetda talabalar va professor-oʻqituvchilar orasida ijtimoiy muhitni yanada sogʻlomlashtirish yoʻlida oʻzining hissasini qoʻshib kelayotgan olima sifatida hurmat qozongan. U hamkasblariga nisbatan xushmuomala, mehribon, gʻamxoʻr ustoz sifatida oʻrnak boʻlib, kattayu-kichikdan oʻz yordamini ayamaydi. Oʻzining koʻp yillik tajriba va ilmiy salohiyati bilan yosh pedagog kadrlarga shaxsiy namuna boʻlib kelmoqda. Uning Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtiroki, siyosiy faolligi va jamoa ishlarida tashkilotchiligi alohida tahsinga sazovordir.



Z.Sh.Toʻxtayeva Magistratura boʻlimi boshligʻI boʻlishi bilan birga “Yengil sanoat muhandisligi va dizayn” kafedrasi professori sifatida kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot, oʻquv-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etib, tajribali pedagog sifatida dars mashgʻulotlarini yuqori saviyada olib boradi. U tomonidan reja asosida tashkil etilgan ochiq maʼruzalar ekspertlar tomonidan ijobiy baholangan.



Oxirgi yillarda u quyidagi stajirovka va malaka oshirish kurslarini oʻtab, sertifikatlar olgan:



2022 yilda M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida Fizika kafedrasida “Fizika fanidan amaliy mashgʻulotlarni oʻqitish metodikasi” moduli boʻyicha 18 soatlik onlayn hamda “Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va ularni loyihalash” kafedrasida “Yengil sanoat mahsulotlarini loyihalash asoslari” moduli boʻyicha 18 soatlik maʼruza va amaliy mashgʻulotlarni oʻtib, universitet sertifikati bilan taqdirlangan.



2020 yil sentyabr-oktyabr oylarida Respublika Bosh ilmiy-metodik markazida, shu yil dekabr oyida “Stankin” nomidagi Moskva davlat texnologiya universitetida malaka oshirish kursidan oʻtgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2021 yildagi 78-F-son farmoyishiga koʻra rejalashtirilgan “Yengil sanoatda fan-taʼlim va ishlab chiqarishning innovatsion yechimlari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya 2021 yil 21 aprelda Z.Sh.Toʻxtayeva boshchiligidagi kafedra tomonidan tashkil qilindi va yuqori saviyada oʻtkazildi.



Z.Sh.Toʻxtayeva oʻzining pedagogik va texnik sohadagi ilmiy va mazmunli maʼruzalari bilan respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan ilmiy, amaliy va uslubiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.