Muxammedov Murod Muxammedovich – 1949-yilning 21- oktyabrida Samarqad shahrida tug‘ilgan, maktabni oltin medal (1967), Sentrosoyuzning Samarqand kooperativ institutini aʼlo baholar bilan bitirgan (1971), iqtisod fanlari doktori (1992, Moskva, MUPK), professor (1996).
Muxammedov M.M. institut partiya tashkilotining kotibi etib saylangan (1989-1991). Kafedra mudiri (1985-1986; 2005-2007; 2008-2012), institutning imiy ishlar bo‘yicha prorektori (1992-1993), ilmiy va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (1993-1994), institut rektori (1994-1998), O‘zbekiston FA mintaqaviy kompleks tadqiqotlar instituti ijtimoiy fanlar bo‘limining mudiri (1998-2005), institut integratsiya va innovatsiya Markazining direktori (2007-2008) lavozimlarida ishlagan. M.M.Muxammedov xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyoti va mehnat iqtisodiyoti sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, yirik olim. Iqtisodiyotga oid ko‘p monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. Bular orasida “Iqtisodiyot nazariyasi” (o‘zb va rus tillarida), “Mikroiqtisodiyot-2”, “O‘zbekistonning mehnat bozori: bandlik va ishsizlikning mintaqaviy muammolari”, “Yoshlar mehnat bozorida”, “Qishloqda ish bilan taʼminlash: muammolar va yechimlar”, “Agrar islohotlar va aholini ish bilan taʼminlash”, “Aholi bandligi, daromadlari va turmush darajasi” (rus tilida), “Qishloq xo‘jaligi: daromadlar va moddiy rag‘batlantirish”, “Xizmat ko‘rsatish sohasi va turizmni rivojlantirishning nazariy asoslari”, “Norasmiy bandlik: sabablari, oqibatlari va kamaytirish yo‘llari” va boshqalar. Ayniqsa, “O‘zbekiston iqtisodiyotining tarixi: Amir Temur davridan to hozirgi kunga qadar” (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) unga katta shuhrat keltirdi.
M.M. Muxammedov bir qator xalqaro va O‘zFA davlat grantlarini bajarish bo‘yicha ijodiy guruhlarga rahbarlik qilgan. Jumladan,
Markaziy-Yevropa universitetining innovatsion o‘quv ishlanmalari kurslarini rivojlantirish resurs Markazi granti (Budapesht, Vengriya);
“Ochiq jamiyat” instituning(SDS SEU), oliy taʼlimni qo‘llab-quvvatlash Dasturi (HESP); “Sotsial iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish bo‘yicha Yevraziya fondining granti (Budapesht-Samarkand, 2005-2006); mavzusidagi FA-F7-003 raqamli Davlat granti (2007-2012);
“O‘zbekiston mehnat bozorida yoshlarning bandligi va ishsizligi muammolari” A-1-274 raqamli Davlat granti (2008-2011);
“Qishloq joylarida mehnat resurslari va aholi bandligidan foydalanish samaradorligini oshirishning konseptual yoʻnalishlari” F1-FA-0-73578 FA-F1-G029 raqamli Davlat granti (2012-2017) va boshqalar.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining “V.I.Lenin tug‘ilganining 100 yilligini nishonlash munosabati bilan” medali (1970), Lenin komsomolining fan va texnika sohasi mukofoti (1981), «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni (2016) bilan taqdirlangan.