Uzakov Gulom Norboyevich 1966 yil 25 iyunda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ziyoli oilasida tugʻilgan. 1983 yilda о‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1990 yilda Toshkent temir yо‘l transporti muhandislari institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Tayanch mutaxassisligi: temir yо‘l transporti muhandisi. 2000-yilda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Energetika va avtomatika institutida “Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosligi bо‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2016-yilda О‘ZFA akademigi R.A.Zoxidov ilmiy maslahatchiligida “Noanʼanaviy energiya manbalaridan foydalanib sabzavot omborlari issiqlik-sovuqlik taʼminoti tizimining energetik samaradorligini oshirish” mavzusida Toshkent davlat texnika universitetida “Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosligi bо‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2018 yildan “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi boʻyicha professor. G.N.Uzakov Respublikada akademik R.A.Zoxidov va professor R.R.Avezovlar tomonidan asos solingan past potensialli quyosh qurilmalarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy maktab aʼzosi sanaladi. G.N.Uzakovning bevosita ilmiy rahbarligida sо‘nggi yillarda ushbu ilmiy maktab ishi munosib davom ettirilib, past potensialli quyosh qurilmalari samaradorligini oshirish, xususan ular asosida kombinatsiyalashtirilgan quyosh qurilmalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari samarali olib borilmoqda.
Xususan G.N.Uzakov tomonidan biomassadan muqobil yoqilgʻi olish jarayonlarida ilk bora quyosh qurilmalaridan foydalanish usuli yaratildi. G.Uzakovning ilmiy izlanishlari natijalari bо‘yicha 10 ta monografiya, 8 ta darslik va 15 ta о‘quv qо‘llanma, respublika va nufuzli xorijiy jurnallarda 300 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Ilmiy ishlarining natijalari bо‘yicha 14 ta ilmiy ixtiro va 25 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar muallifidir. G.Uzakovning 7 ta ilmiy loyihasi Respublika davlat grantlari tanlovida gʻolib bо‘lgan va 2 ta ishlanmasi amaliyotga joriy qilingan. G.Uzakovning Scopus boʻyicha “Xirsh” indeksi 13ga teng.
G.Uzakov yurtimizning iqtidorli, taniqli va obrо‘li olimlaridan biridir. Iqtidorli olim mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish usullarini rivojlantirish va muqobil energiya asosida ishlaydigan energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish yо‘nalishida samarali ilmiy faoliyat olib borib, kо‘p yillik samarali mehnati bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, vatanimiz taraqqiyoti, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga, mamlakatimizda ilm-fan rivojini taʼminlashga katta hissa qо‘shib kelmoqda.
Uzakov Gulom Norboyevich 2004-2011 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti issiqlik energetikasi kafedrasi mudiri, 2011-2018 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2018-2020 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Energetika fakulteti dekani, 2020 yildan hozirgi kunga qadar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. G.Uzakovning bevosita ilmiy rahbarligida institutda zamonaviy “Muqobil yoqilgʻi turlari va ularni tayyorlash texnologiyalari” о‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi. G.Uzakov yetuk olim sifatida institutda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, о‘qituvchilar va talabalar ilmiy tadqiqot ishlari bilan о‘quv jarayonini integratsiyalashuvini yanada kuchaytirish, о‘quv-ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish bо‘yicha ham ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda. Uning tashabbusi va rahbarligida muqobil energiya manbalaridan foydalanish bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarni rivojlantirish, institutning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida institutda 2013 yilda Germaniya davlatining DAAD xalqaro dasturi granti asosida “Muqobil energiya manbalari”, 2016 yilda “Energiya tejamkorlik va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” zamonaviy о‘quv-ilmiy laboratoriyalari va 2018 yilda “Muqobil energiya manbalari” о‘quv-ilmiy poligoni hamda 2020 yilda “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi tashkil etilgan.
Institutda G.Uzakov ilmiy rahbarligida “Energiya tejamkorlik va muqobil energiya manbalari” ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilgan. Markaz tarkibidagi “Muqobil energiya manbalari” о‘quv-ilmiy poligonida 100 m2 foydali maydonga ega bо‘lgan quyosh issiqxonasi, 50 m2 foydali maydonga ega bо‘lgan “Aqlli isssiqxona”, quyosh quyosh havo qizdirish qurilmalari, eksperimental quyosh uyi, biomassadan muqobil yoqilgʻi olish uchun piroliz va biogaz qurilmalari, mini shamol va quyosh elektr stansiyasi, quyosh suv qizdirish qurilmalari hamda quvvati 30 KVt bо‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi mavjud bо‘lib, qurilmalarda 5312400-Muqobil energiya manbalari taʼlim yо‘nalishi,
70771001-Muqobil energiya manbalari (turlari bо‘yicha) mutaxassisliklarining о‘quv rejasida belgilangan laboratoriya mashgʻulotlarini hamda 05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini о‘tkazish imkoniyatlari yaratilgan.
G.Uzakov institutda о‘quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha ham bir qancha ishlarni amalga oshirgan, jumladan muallifligida yaratilgan “Termodinamika va issiqlik texnikasi”, “Muqobil energiya manbalari”, “Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning asoslari” “Shamol energetikasi” kabi darslik va о‘quv qо‘llanmalari “Issiqlik energetikasi” va “Muqobil energiya manbalari” taʼlim yо‘nalishlari о‘quv jarayoniga joriy etilgan.
G.Uzakovning shaxsiy tashabbusi va rahbarligida institutda xorijiy yetuk soha olimlari ishtirokida “О‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam о‘tkazib kelinmoqda.
G.Uzakovning bevosita rahbarligida Belarus milliy texnika universiteti bilan “Hudud iqlimining meteorologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gibrid issiqlik taʼminoti tizimlarining ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha bajarilgan.
Institutda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va ularga imkoniyat yaratish maqsadida G.Uzakov rahbarligida 2017 yildan boshlab 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari”, 2018 yildan boshlab 05.05.04-“Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosliklari bо‘yicha tayanch doktorantura faoliyati yо‘lga qо‘yilgan. Uning ilmiy rahbarligida ushbu ixtisosliklar bо‘yicha 2019-2024 yillarda 6 nafar shogirdi (PhD) 1 nafar shogirdi (DSc) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 3 nafar shogirdi tomonidan dissertatsiya ishi himoyaga tayyorlangan. G.Uzakov raisligida institutda 2020 yildan boshlab 05.05.06.-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bо‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/ 30.09.2020. T. 111.03 raqamli ilmiy kengash faoliyati yо‘lga qо‘yilgan. G.Uzakovning bevosita rahbarligida institutda energetika sohasida о‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar va mutaxassislarni keng jalb qilish, xorijiy oliy о‘quv yurtlari bilan о‘quv-ilmiy hamkorlikni samarali yо‘lga qо‘yish maqsadida Moskva energetika instituti, Federal ilmiy-agroinjenerlik markazi, Belarus milliy texnika universiteti olimlari bilan hamkorlik о‘rnatilgan.
Ushbu sohada G.Uzakovning ilmiy ishlari eʼtirof etilib, 2021 yilda Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi (RAYEN) haqiqiy aʼzosi, 2023 yilda Malayziyaning PETRONAS texnologiya universiteti Faxriy professori, 2023 yilda Turon fanlar akademiyasi akademigi unvonlariga sazovor bо‘lgan.
G.Uzakov Respublikamizda chop qilinadigan “Energiya va resurs tejash muammolari” ilmiy jurnali tahririyat aʼzosi, “Innovatsion texnologiyalar” ilmiy jurnali bosh muharrir о‘rinbosari, “Muqobil energetika” ilmiy-texnik jurnali bosh muxarrir о‘rinbosari, “Энергетика. Известия высших учебних заведений и энергетических обединений СНГ” xalqaro ilmiy-texnik jurnali tahririyat aʼzosidir.
G.Uzakov tajribali pedagog, bilimli mutaxassis va namunali ustoz sifatida institutning barcha ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy, о‘quv-uslubiy tadbirlarda hamda ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. G.Uzakov 2016 yilda “О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil”, 2017 yilda “О‘zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari, 2021 yilda “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” kо‘krak nishoni, 2023 yilda “Oliy taʼlim aʼlochisi” medali (2023) bilan taqdirlangan.