Olim

VOXIDOVA NORPOSHSHAXON XABIBULLAYEVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Voxidova Norposhshaxon Xabibullayevna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori.



Umumiy ish staji 36yil, shundan ilmiy-pedagogik ish staji 30 yil, Nizomiy nomidagi TDPUdagi ish staji – 36 yil.



N.X.Voxidova 1985-1988 yy. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti institutining “Boshlangʻich taʼlim” fakultetining Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha tahsil olgan. 1988-1994 yy. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti “Maktabgacha tarbiya metodikasi” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi, 1994-2004 yy. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi, 2004-2011 yy. “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2011-2012 yy. kafedra dotsenti, 2019-2020 yy. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Masofaviy taʼlim” kafedrasi dotsenti va 2020-2021 yy. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Masofaviy taʼlim” kafedrasi professori v.b. lavozimida,  2022-va.h.k. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori lavozimida mehnat qilib kelmoqda.



Professor N.X.Voxidova bakalavriatda “Oila pedagogikasi”, “Pedagogik mahorat”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Pedagogik konfliktologiya”, “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, magistraturada “Pedagogik diagnostika”,  kurslaridan maʼruza, amaliy va seminar mashgʻulotlarini olib boradi.



 U ushbu fanlarning fan va ishchi dasturlarini tuzgan, oʻquv uslubiy majmualar yaratgan. Yaratilgan mazkur fan va ishchi dasturlardan, oʻquv uslubiy majmualardan nafaqat N.X.Voxidova faoliyat olib borayotgan fakultet pedagoglari va talabalari, balki butun respublikadagi Boshlangʻich taʼlim hamda Pedagogika-psixologiya fakultetining  pedagog  va talabalari foydalanmoqdalar.



N.X.Voxidova  maʼruza, amaliy va seminar mashgʻulotlarni axborot kommunikatsiya va innovatsion  texnologiyalar, zamonaviy talablar asosida olib boradi.



N.X.Voxidovaning bir qator ilmiy-metodik ishlari muallifidir. Xususan, olima tomonidan bugungi kunda  160 nomdan ortiq ilmiy ish eʼlon qilingan boʻlib: 10 ta darslik, 2 ta elektron darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya, 7 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 130 dan ortiq ilmiy va oʻquv-metodik maqolalar muallifi boʻlib, shulardan 4 tasi Scopus maʼlumotlar bazasidagi jurnallarida nashr ettirilgan.



Olimaning Pedagogika nazariyasi va tarixi, “Umumiy pedagogika”, “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”, “Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi” (oʻzbek va rus tillarida), “Ijtimoiy pedagogika”, “Pedagogik diagnostika”, “Tarbiyaviy ishlarni boshqarish” nomli darsliklar; “Metodika vospitatelnoy rabotы”, “Vneklassnыe zanyatii po trudu v nachalnыx klassax”, “Obщaya pedagogika” fanlaridan oʻquv qoʻllanmalar hamda “Teoriya i praktika obщey pedagogiki”, “Maʼnaviyat va milliy gʻurur” nomli metodik qoʻllanmalari  nashrdan chiqqan. Shu bilan bir qatorda u “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini milliy gʻurur ruhida tarbiyalash”, “Ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmuni”, “Milliy gʻurur tarbiyasi” hamda “Innovatsion yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash” nomli  monografiyalarning muallifi hamdir.



N.X.Voxidova tomonidan Boshlangʻich taʼlim va sport  tarbiyaviy ish taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Obщaya pedagogika”  fanidan yaratilgan elektron darslik (Guvohnoma №DGU20150363), “Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi” (Guvohnoma №004840) darsliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan mualliflik guvohnomalari asosida patentlangan.



Norposhshaxon Voxidova mashgʻulotlarni olib borishda pedagogik, innovatsion texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanadi. “Keys”, “Blended lerning”, “Forsayt”, “SMART” texnologiyalari, “Aqliy hujum”, “FSMU”, “Klaster”, “Bumerang”, “Geymofikatsiya” oʻyin texnologiyalaridan, muallif oʻzi tomonidan yaratilgan taʼlim samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik dasturiy vositalardan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimedianing texnik vositalaridan ham keng foydalangan holda, ilgʻor fan yutuqlari va zamonaviy fan yoʻnalishlarining ustuvor tomonlarini eʼtiborga olgan holda mashgʻulotlarni olib boradi, bu esa talabalar qiziqishlarining ortishi va taʼlim samaradorligi koʻrsatkichlarining sezilarli darajada koʻtarilishiga xizmat qilmoqda.



N.X.Voxidova pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. U xorijiy referatlangan hamda Oʻzbekistondagi nufuzli ilmiy (OAK eʼtirof etgan) jurnallarida,   ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalarda taʼlim-tarbiya, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga bagʻishlangan ilmiy maʼruzalari bilan qatnashadi.



N.X.Voxidova Germaniya, Italiya, Angliya, Shotlandiya, Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon,   Fransiya va Hindiston kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida taʼlim, tarbiya, menejment, psixologiya, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, tolerantlik, inklyuziv taʼlim, dunyo pedagoglari faoliyati va tajribasini oʻrganish hamda tadbiq etish kabi yoʻnalishlarda maʼruzalari bilan ishtirok etib xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan. Uning xorij davlatlarining turli ilmiy nashrlarda quyidagi maqolalari eʼlon qilinganligini koʻrish mumkin. 2016 yilda “Razvitie sistemы obrazovaniya v Respubliki Uzbekistan”, “Formirovanie tolerantnosti u uchenikov nachalnыx klassov”,   2018 yilda “Semeynoe chtenie kak faktor duxovno-nravstvennogo razvitiya lichnosti detey”, “Aktualnыe problemы gumanitarnыx i yestestvennыx nauk”, “Teoreticheskie aspektы formirovaniya podgotovlennosti uchitelya k  razvitiyu tvorcheskix sposobnostey uchaщixsya nachalnыx klassov”, 2019 yilda “Intelektualnыy rost i razvitie podrastayuщego pokoleniya-trebovaniya vremeni”,  2020 yilda Perfection of technology of preparation of future teachers of vocational education to the designing activity tne main cotents of the dissertation Test and management”, 2021 yilda “Janubiy Koreya taʼlim tizimi: yuqori natijalargacha boʻlgan yoʻl”,  2021 yilda “Necessary conditions for the training of future teachers for the spiritual and moral education of school children”, 2022 yilda Preparation of Future Teachers for Educational Activities on the Basis of Innovative Approaches”, 2022 yilda “Improving the system of preparing future teachers for educational activities”, 2023 yilda “Issues on the improving the system of preparing futureteachers for educational activity based on the innovative approach, “The Use of Gamification Gaming Technologies in the Educational Process”, 2024yilda  “Organization Of The Educational Process In Primary Education With The Participation Of Artificial Intelligence” kabi ilmiy maqolalari turli davriy nashr, broshyura, konferensiya materiallari hamda xorijiy jurnallarda nashr etilgan. 2024 yil Ozarbayjononda inklyuziv taʼlim strategiyasiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada maʼruzachi sifatida ishtirok etdi.



N.X.Voxidova “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Masofaviy taʼlim”, “Pedagogika” kafedralaridagi faoliyati davrida “Ustoz-shogird” tizimini izchil yoʻlga qoʻygan. U pedagogik faoliyati davomida 200 dan ortiq talaba kurs ishlarini, 75 ga yaqin talabalar bitiruv malakaviy ishlarini, yigirmaga yaqin magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar. Rahbarligidagi magistrantlar bilan xorijiy, respublika nashrlarida bir qator maqolalar eʼlon qilgan, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda   tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda uning ikki nafar shogirdi Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini yozib tugatish arafasida.



Qator yillar N.X.Voxidova rahbarligida kafedrada “Yosh pedagog” nomli ilmiy toʻgarak faoliyat yuritib, toʻgarak faoliyatining natijasi sifatida talabalar Respublika hamda xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etib, Respublika miqyosidagi olimpiadalarda faxrli oʻrinlarni egallaganlar.



N.X.Voxidova pedagogik faoliyati mobaynida muntazam ravishda pedagogik tajribasini oshirish maqsadida nafaqat diyorimizda, balki ilgʻor xorij davlatlarida ham malakasini oshirib kelmoqda.  Shuningdek, u bir qator taʼlim muassasalari, xususan,



Toshkent shahar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash malakasini  oshirish hududiy markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi,  Toshkent shahar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash malakasini oshirish instituti,  Yeodju Toshkent xalqaro texnika universiteti, Toshkent xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda ish olib borib,  bitiruvchilarining diplom himoyalarida, magistrlarning Davlat Attestatsiya komissiyasi raisi sifatida faoliyat yuritib, imtihonlarni belgilangan talablar asosida yuqori saviyada tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.



2012-yildan shu kunga qadar Olmazor tumani 1-sonli Muruvvat uyi, Chilonzor tumanidagi Xlebushkina nomidagi “Mehribonlik uyi” va Yunusobod tumanidagi 30-sonli Mehribonlik uylarida “Mehr-sahovat” yoʻnalishidagi tadbirda faol ishtirok etib, oʻquvchilar bilan kasbga yoʻnaltirishga qaratilgan suhbatlar tashkil etib, doimiy koʻmak berib kelayotgan, saxovatpesha, fidoiy insonlardan biridir.



N.X.Voxidovaning pedagogik faoliyatida  maʼnaviy maʼrifiy  ishlar alohida oʻrin tutadi. U muntazam ravishda respublika, universitet, fakultet, kafedra miqyosida oʻtkaziladigan “1-Oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni” mavzusida tadbir,  oktyabr oyida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21 oktyabr sanasini "Oʻzbek tili bayrami kuni"ni bayramida, 8 dekabr Milliy qomusimiz qabul qilingan kuniga bagʻishlab “Qomusimiz-baxtimiz” mavzusida,  ,  8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami”, 21-mart “Milliy Navroʻz bayrami” tadbirlarda, “Pedagogik muloqot sir asrorlari”,  “Islohotlar bilimdoni” nomli oʻquv-tarbiyaviy koʻrik tanlovlarda, “Korrupsiyasiz hayot”, “Korrupsiya–taraqqiyot kushandasi” mavzusida targʻibot tadbirlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida vebinar davra suhbatlari va tanlovlar tashkil etilishida uning xizmatlari beqiyos.



U Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020. Ped.26.01-raqamli ilmiy kengash seminar aʼzosi,  Toshkent shahri Chilonzor tumani Novza mahallasining “Olima ayollar” kengashi aʼzosi. Mahallada tashkil etiladigan  maʼnaviy maʼrifiy ishlarida faol. U Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Maʼrifatli ayol” deb eʼtirof etilib, diplom bilan taqdirlangan, olima Xalqaro “Antik dunyo” Ilmiy Akademiyasining faxriy aʼzosi.



N.X.Voxidova oʻzining   ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bir qator koʻrik-tanlovlar gʻolibi boʻlgan, jumladan, “Kafedraning mahoratli pedagogi”, «Yilning eng yaxshi monografiyasi muallifi» tanlovlari gʻolibi hamda Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotlari koʻrgazmalarida qator yillar faol ishtirok etib, Oʻzbekiston respublikasi va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining faxriy yorliq va diplomlari bilan taqdirlangan.



N.X.Voxidova davriy ravishda “Oʻzbekiston tarixi”, “Yoshlar”, “Mening yurtim” telekanallarida oila, oilada ota-onaning oʻrni, tarbiya, tarbiyada milliy qadriyatlar, besh muhim tashabbus va iqtisodiy strategiya, inson, farzand hamda ularning tarbiyasi, pedagog, pedagoglik faoliyati, tarbiyaviy faoliyat uni tashkil etish kabi masalalar bilan bogʻliq interfaol, yangi texnologik uslublarga tayangan holda ilmiy-amaliy, koʻp yillik pedagoglik, murabbiylik  tajribasiga asoslangan bilim va tafakkur bilan faol ishtirok etib kelmoqda.



N.X.Voxidova universitet, fakultet, kafedra hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat va javobgarlikni his qilgan holda yondashadi, ularni sidqidildan hamda puxta bajaradi. U oʻzining samimiyligi, kamtarligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, pedagoglik, murabbiylik sohasiga sadoqati va kasbiga boʻlgan muhabbati bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.