Begzod Xodjayev 2015-yil Xalq taʼlimi aʼlochisi, 2020-yil “Toshkent oliy umum-qoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtiga 100 yil” esdalik nishoni, 2021-yil “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmat-lari uchun” medali, 2022-yili “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
1989-1999-yillarda Shahrisabz tumani-dagi 3-son umumiy oʻrta maktabda, 2001-2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining tarix fakultetida tahsil olgan va imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2004-yilda bakalavr talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida “Pedagogika” yoʻnalishi boʻyicha sovrindor boʻlgan. 2005-2007-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika magistratura mutaxassisligida tahsil olgan va imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2006-yilda magistr-talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida “Pedagogika” yoʻnalishi boʻyicha ikkinchi marotaba gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2007-2010-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetida 13.00.01 – Umumiy pedagogika, pedagogika va taʼlim tarixi ixtisosligi boʻyicha aspiranturada oʻqishni davom ettirgan va 2009-yilning 2-oktyabrida muddatidan avval “Umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining mustaqil fikrlashini shakllantirishning didaktik asoslari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya-sini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2010-yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan.
2010-yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlar stipendiyasi” sovrindori boʻlgan.
2012-yilda “Pedagogika nazariyasi va tarixi” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan.
2015-yilda Respublika oliy taʼlim muassasalari miqyosida ilk marotaba oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi pedagogi – 2015” koʻrik-tanlovida pedagogika sohasi boʻyicha “Mutaxassisligi boʻyicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan va faxriy diplom bilan taqdirlangan.
2016-yil 9-iyun kuni “Umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik taʼminot vositasida rivojlantirish” mavzusidagi doktor-lik dissertatsiyasini himoya qilgan va shu yilning 14-iyulida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2016-yil 29-dekabrda Oliy attestatsiya komissiyasining professor ilmiy unvonida tasdiqlangan.
B.Xodjayev pedagogika sohasi boʻyicha eng yosh professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan, ilmiy jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan novator-pedagog olim hisoblanadi.
Olim tomonidan ishlab chiqilgan va ommalashtirilgan evristik didaktika, neyropedagogika, muzey pedagogikasi, virtual pedagogika, kompetent pedagogika, pedagogik aksiologiyaga doir ishlanmalar LinkedIn, ResearchGate, Google Scholar, Scopus, Web of Science kabi ilmiy axborotlar almashinuviga asoslangan platformalarda yuqori baholangan.
B.Xodjayev oʻzining ilmiy maktabiga ega olim boʻlib, uzluksiz taʼlimda kompeten-siyaviy yondashuvni tatbiq etish, oʻquvchilarda tarixiy ong va tafakkurni rivojlantirish, badiiy pedagogikaning turli jihatlariga doir izlanishlarni amalga oshirishga bevosita ilmiy rahbarlik qilgan. Olimning ilmiy rahbarligida 3 nafar fan doktori (DSc) va 30 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.
B.Xodjayev respublikamiz taʼlim-tarbiya tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Jumladan, 2010-2011-oʻquv yilida oliy taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga doir Namangan davlat universiteti, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Buxoro davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universitetlarida tashkil etilgan koʻchma oʻquv seminarlarida moderator sifatida ishtirok etgan. 2011-2012-oʻquv yilida Jizzax shahrida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimida umum-taʼlim fanlarini kasbga yoʻnaltirib oʻqitishga doir koʻchma oʻquv seminarlarida ham trener sifatida ishtirok etdi va oʻquv-uslubiy majmua-larga mualliflik qildi. 2013-2014-oʻquv yili davomida Respublika taʼlim markazi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Mahorat maktablari” doirasida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquv jarayoniga samarali tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan seminar-trening mashgʻulotlarida tyutor sifatida ishtirok etib, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun yaratilgan fanlarni oʻqitish texnologiyalariga doir uslubiy qoʻllanmalarning nazariy qismini tayyorladi va oʻqituvchilarni loyihaviy faoliyatga tayyorlashda faol ishtirok etdi.
2015-yildan hozirgi vaqtga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida dars berayotgan professor-oʻqituvchilar uchun oʻtkazilgan oʻquv seminarlari va kurslarining yetakchi moderatori sifatida ham faol ishtirok etib keladi. Shuningdek, olim tomonidan qator mualliflik metodikalari ishlab chiqilgan hamda taʼlim amaliyotiga joriy etilgan. Jumladan, hayotiy tajribaga asoslangan (vitagen) oʻqitish metodikasi, shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyatga erishishga yoʻnaltirilgan oʻqitish metodikasi, ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish metodika-si, tarixiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi va boshqalar. Novator-pedagog olim sifatida B.Xodjayev “Innovatsion pedagogika”, “Pedagogik evristika”, “Kreativ pedagogika” nomli mualliflik trening kurslari muallifidir.
Olim tomonidan shogirdlari bilan birga qator ishlanmalarga mualliflik guvohnomalari olingan: “Filologlar uchun Adobe Photoshop dasturini oʻrganish” mobil ilovasi (№ DGU 32526), “scmentor.uz” virtual klubi elektron platformasi (№ DGU32526), “Ijodkorlik laboratoriyasi” elektron platformasi (№ DGU 36440), “edusocial.uz” elektron platformasi (№ DGU 41196) va boshqalar.
B.Xodjayev tomonidan respublikamizda ilk bor umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun “Arxeologiya” virtual-taʼlimiy muzeyi ishlab chiqilgan va ommalashtirilgan. Shuningdek, shogirdlari bilan birgalikda virtual borliq texnologiyasi yordamida virtual sayohatni tashkil etish metodikasi va oʻquvchilarning amaliy dasturlardan foydalanish koʻnikmasini shakllantirish maqsadida maxsus trenajyorlar ishlab chiqilgan.
Begzod Xodjayev YuNESKO va YuNISEF xalqaro bolalar jamgʻarmasining maktab taʼlimini rivojlantirishga doir Oʻzbekistondagi loyihalarida konsultant va ekspert sifatida ishtirok etgan. Jumladan. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi va YuNISEF xalqaro bolalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikdagi 2019-yil 10-dekabrda №01/11-01/01-2556 (RTM) va №591 (YuNISEF) raqam bilan roʻyxatga olingan “Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqish” loyihasi doirasida yaratilgan tarix fani boʻyicha Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqish hamda YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan 235UZB1000-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazil-gan “Fargʻona vodiysi yoshlarida ijtimoiy uygʻunlik” loyihasi doirasida 2021-yilning 3-4-choragida milliy konsultant va ekspert sifatida faoliyat yuritgan.
B.Xodjayev davlat grantlari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarishda ham faol ishtirok etib keladi.
Pedagogika sohasining yetuk olimi tomonidan nafaqat respublikamiz, balki xorijda ham qator monografik tadqiqotlar chop ettirilgan. Uning monografik tadqiqotlari 7 ta tilda (rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan, portugal) chop etilgan.
Shu vaqtga qadar olimning chop ettirgan ilmiy ishlari 200 dan ortiq boʻlib, shundan 50 tasi darslik, oʻquv va metodik qoʻllanmalardir. Uning “Pedagogik aksiologiya” (2013), “Qiyosiy pedagogika” (2015), “Pedagogik aksiologiyadan xrestomatiya” (2016), “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” (2017), “Pedagogik tadqiqotlar metodolo-giyasi” (2018), “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” (2021), “Maktabgacha pedagogik akmeologiya” (2021), “Tadqiqiy pedagogika” (2022), “Pedagogik texnologiya” (2022), “Pedagogik akmeologiya” (2022), “Pedagogikaning pragmatik aspektlari” (2023), “Taʼlimda innovatsiyalarni boshqarish” (2023), “Umumiy pedagogika” (2023), “Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy taʼlim” (2023), “Ijtimoiy pedagogika” (2023) kabi darslik va oʻquv qoʻllanmalari ilmiy jamoatchilik tomonidan alohida eʼtirof etilgan.
B.Xodjayev tomonidan yakka muallif-likda yaratilgan “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” nomli darslik 2017-yildan buyon shu kunga qadar “Umumiy pedagogika” fanidan asosiy darslik sifatida oliy taʼlim tashkilotlari oʻquv jarayonida keng foydalanib kelinmoqda va bir necha marta qayta nashr ettirilgan. Shuningdek, u Respublikamizda ilk bor magistratura mutaxassisligi talabalari uchun 2024-yilda hammualliflikda “Pedagogik riskologiya” nomli oʻquv qoʻllanma yaratgan.
Olim tomonidan nafaqat oʻzbek, shu bilan birga qoraqalpoq hamda rus tillarida qator darslik va oʻquv qoʻllanmalar yaratilgan. Qoraqalpoq va rus tillarida respublikamiz hamda MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻst-ligi) mamlakatlari olimlari bilan hammuallif-likda yaratilgan “Sotsiallik pedagogika” (2022), “Педагогическая технология” (2023), “Ulıwma pedagogika: Pedagogika teoriyası. Pedagogika tariyxı. Pedagogikalıq sheberlik” (2024), “Педагогика” (2024) nomli darslik va oʻquv qoʻllanmalar shular jumlasidandir.
B.Xodjayev tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun ham qator darslik va metodik qoʻllanmalar nashr ettirilgan. “Jahon tarixi”. 10-sinf. Darslik. (2017), Jahon tarixi. 11-sinf. Darslik. (2018), “Tadbirkorlik taʼlimi: assismentlar toʻplami”. Uslubiy qoʻllanma. (2019), “Tarbiya fanini oʻqitish texnolo-giyasi”. Uslubiy qoʻllanma. (2021), “Maktab oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish: ijtimoiy fanlar”. Metodik qoʻllanma. (2021), “Dars jarayonida “4k” kompetensiyasini shakllantirish va baholash” (2024) kabilar shular jumlasidandir.
B.Xodjayev xalqaro, respublika va oliy taʼlim muassasalari doirasida tashkil etilgan konferensiya va nazariy seminarlarda faol ishtirok etib keladi.
Olimning bevosita tashabbusi bilan 2014-yildan hozirgi vaqtgacha “Akademik Siddiq Rajabov oʻqishlari” mavzusida xalqaro ishtirok etish asosidagi anʼanaviy respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazib kelinadi. Mazkur ilmiy-anjuman doirasida 500 nafardan ortiq iqtidorli talabalarning ilmiy ishlari aprobatsiyadan oʻtkazilganligini ham alohida eʼtirof etish mumkin. Umuman olganda, Begzod Xodjayev oʻziga ham, oʻzgalarga ham talabchan inson hamda olim sifatida talabalar, magistrantlar, doktorantlar, shogirdlari va ilm ahli oʻrtasida alohida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlib, katta hurmat qozongan.