Olim

XUSHVAKTOVA XUSNOBOD SOLIYEVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Xushvaktova Xusnobod Soliyevnaga 1972 yil 22 aprelda Samarqand shahrida tugʻilgan. 1993 yilda Samarqand qishloq xoʻjalik institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.



Oʻz ilmiy faoliyatini 1994-1997 yillarda Oʻzbekiston bozor islohotlari ilmiy tadqiqot institutida aspiranturada boshlagan. 1998-2005 yillarda Oʻzbekiston bozor islohotlari ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim lavozimida. 2006-2007 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Suv xoʻjaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti” kafedrasida dotsent lavozimida. 2007-2010 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti doktoranti. 2012 yildan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tabiiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimda faoliyat yuritib pedagogik va ilmiy faoliyatini olib bormoqda.



Husnobod Soliyevna haqida soʻzlamoqchi boʻlsangiz koʻz oldingizga oʻta tarbiyali inson, hammaga birdek kulib, yumshoq muomala qiladigan inson keladi. Universitet koridorlari boʻylab yurar ekan, tabassum bilan yuzida muloyim boradi va oddiy talaba yoki yoshi katta oʻqituvchilar bilan birdek muomalada boʻladi. Dars jarayonida talabalari uni juda yaxshi koʻrib qolishadi, chunki oʻqituvchi sifatida ularni koʻngliga yoʻl topadi, ular bilan oʻzini teng koʻrib soʻzlashadi. Tanaffus vaqtlarida ularni baʼzi muammolarni hal qilish ustida oʻrtoqlashadi.



Xusnobod Soliyevna bir necha tilni mukammal biladi, rus tilini, ingliz tilini yaxshi biladi demak millionlab odamlar bilan suhbatlasha oladi. Oʻz ona tilini ham rus maktabida oʻqiganiga qaramay juda yaxshi biladi.



Darslarni ikki tilda olib boradi, toʻrtinchi bilgan tili- u murakkab talaba tilini yaxshi biladi. Ana shu talaba tilini yaxshi bilgani uchun ham sevimli va izlanuvchan oʻqituvchi hisoblanadi. Aslini olib qarasangiz bu olima oʻqituvchilikda uchinchi avlod vakili boʻlib hisoblanadi. Katta otasi oʻqituvchi boʻlganlar, onalari oʻqituvchi va oʻzlari ham shu muqaddas kasbni davom ettirmoqdalar. Bakalavriat bosqichi talabalariga “Ekologiya” fanidan maʼruza va amaliy darslar oʻtib, iqtidorli talabalar bilan ishlab kelmoqda.



Yoshligida iqtisodga qiziqib Oʻzbekiston iqtisodini yaxshi bilgan inson akademik Xusanov Rasulmat Xusanovich rahbarligida iqtisod fanlari nomzodi boʻldilar va iqtisodchi hamkasblari bugungacha Xusnobod Solievnaning dissertatsiyasini oʻta mukammal yozilgan fundamental asar deb hisoblashadilar va undan foydalanib kelishadilar. Yillar oʻtib tabiatda boʻlayotgan Global iqlim oʻzgarishlari tufayli, olima oʻz yoʻnalishini bir muncha oʻzgartirdi va bugungi kundagi eng muhim tarmoq “Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish” fanini oʻrganishga kirishdi va bu yoʻnalishda katta yutuqlarga erishadi. Ekologiya yoʻnalishida 12 nomdagi darslikni Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun yozib chop etdi. Ushbu darsliklar bir necha marta qayta chop etildi.



Mana 12 yildirki OʻzDJTUda Tabiiy fanlar kafedrasini boshqarib kelmoqda, mutaxassislik kafedrasi boʻlmasa ham universitetda ilgʻor kafedralardan biri hisoblanadi. 2021 yili Xushvaqtova Xusnobod respublikada birinchi boʻlib hali oʻrganilmagan -13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ekologiya) ixtisosligi boʻyicha “Oliy taʼlim muassasalarida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini oʻqitishning metodik asoslarini takomillashtirish” -mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻldi. H.S.Xushvaqtova tomonidan 12 ta darslik, 3- monografiya va Ekologik lugʻat chop etildi.



X.Xushvaktova oʻqitishning ilgʻor pedagogik texnologiyalarini zamon ruhi, milliy istiqlol gʻoyasi tamoyillari bilan uygʻun bogʻlagan holda talabalarga saboq berib kelmoqda. Darslarni anʼanaviy usullar bilan emas, balki zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan olib boradi. Talabalar oʻqituvchi bilan birgalikda dars jarayonida qatnashadilar va mavzuni tez oʻzlashtiradilar.



Fakultetlararo talabalar bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni oʻtkazishda X.Xushvaktova faol ishtirok etadi. Maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ekologik qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirish hamda ularning ekologik tafakkurini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisidagi 2020 yil 02 iyundagi yildagi PF-6003-son Farmoni asosida 2022 yil 11 fevraldan Universitet xalqaro reytingi ishchi guruhida ham oʻz faoliyatini olib bordi.



Kafedra olimlari bilan birgalikda kafedra yoʻnalishi boʻyicha olib borilayotgan ilmiy ishlarni amalga oshirish uchun tinmay xizmat qilmoqda va Ekologiya oʻqitish metodikasi boʻyicha shogirdlari bilan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Respublikadagi ekolog olimlar bilan oʻzaro aloqada boʻlib, yaqinda universitetda Ekologiya boʻyicha Ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilindi va shu institutni tizim talabiga moslashtirish harakatida ishlar olib bormoqda.