Nabi Xushvaqov 2011-yil “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi” Koʻkrak nishoni, 2016-yil “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” koʻkrak nishoni, 2022-yil “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni, 2023-yilda “Doʻstlik” ordeni, 2023-yil “Xalqaro Amir Temur xayriya jamgʻarmasi jamoat fondi” esdalik nishoni, 2024-yil “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi koʻkrak nishoni, 2024-yil “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Umumiy mehnat staji – 44 yil. Mehnat faoliyatini 1981 yildan Shahrisabz tumanidagi “Kesh” jamoa xoʻjaligi ishchisi lavozimidan boshlagan. 1982-1984 yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1984-1985 yillar “Kesh” jamoa xoʻjaligi traktor parki ishchisi, 1985-1986 yillarda Toshkent shahridagi 12-jazu 7-qurilish boshqarmasi ishchisi sifatida faoliyat yuritgan.
1986-1991 yillarda Toshkent davlat universitetining tarix fakulteti kunduzgi boʻlim talabalari safiga qabul qilingan.
1992-1995 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti kunduzgi boʻlimi aspiranti, 1995-1996 yillarda shu institutning kichik ilmiy xodimi sifatida oʻz ilmiy faoliyatini boshlagan.
1996-yilda Shahrisabz shahrida “Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi” tashkil qilish ishlarida shaxsan boshchilik qilgan va shu muzeyda 1996-2018 yilgacha direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yilda mazkur muassasa “Shahrisabz” davlat muzey- qoʻriqxonasiga aylantirilgan va mazkur muassasaning bosh direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U mazkur sohalarda faoliyat yuritsh bilan bir qatorda 2009-2012 yillarda “Xalqaro muzeylar kengashining” (IKOMOS) Oʻzbekistondagi raisi, Shahrisabz shahar “Maʼnaviyat va maʼrifat” targʻibotchilar aʼzosi, “Qarshi davlat universiteti” tarix fakulteti oʻqituvchisi (2022-2023 yillar), “Shahrisabz davlat pedagogika instituti” tarix fakulteti katta oʻqituvchisi (2023-yildan buyon) sifatida faoliyat yuritib mamlakatimizning pedagogika, tarix, arxeologiya, muzeyshunoslik kabi sohalari rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
Nabi Xushvaqov oʻz mehnat faoliyati davomida bir qancha xalqaro grant dasturlarida ishtirok etgan.
Jumladan: Buyuk sohibqiron Amir Temurning qarorgohi Oqsaroy majmuasining mozaikali pollarini konservatsiyalash ishida Fransiyaning Dordon Departamaenti, Dorus saodat majmuasidagi Jahongir maqbarasidagi arxeologik tadqiqotlar va konservatsiyalash ishlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi Madaniy merosni asrash markazi bilan, Kitob tumani Saroytepa arxeologik yodgorligida arxeologik ishlar olib borish ishida Rossiya Federatsiyasining Ermitaj muzeyi bilan hamkorlikni amalga oshirgan.
Nabi Hushvaqov Qarshi davlat universiteti qoshidagi Falsafa boʻyicha tarix fanlari doktorligi(PhD) ilmiy darajasini himoya qilish boʻyicha Ilmiy kengash va Ilmiy seminar, shuningdek Samarqand Arxeologiya instituti qoshidagi Arxeologiya ixtisosligi boʻyicha fan doktori(DSc) ilmiy darajasini himoya qilish boʻyicha Ilmiy kengash, Samarqand davlat universitetida Oʻzbekiston tarixi ixtisosligi boʻyicha fan doktori(DSc) ilmiy darajasini himoya qilish boʻyicha Ilmiy kengash aʼzosi hisoblanib 30 dan ortiq ilmiy dissertatsiyalarda opponentlik va taqrizlar yozgan. 1 ta tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasiga ilmiy rahbar, 1 ta fan doktori dissertatsiyasiga ilmiy maslahatchidir.
Ichida Oʻzbekiston tarixi, arxeologiya, muzeyshunoslik ixtisosligi boʻyicha serqirra olim boʻlib, 5 ta kitob nashr qildirgan; Rosiya Federatsiyasida 1 ta monografiya hammualliflikda, Turkiya Respublikasida 1 ta hammualliflikda ilmiy asarlari nashr qilingan. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 60 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir.
Ichida Oʻzbekiston Respublikasida nashr etiladigan “Moziydan sado” ilmiy jurnali, Ozarbayjon Respublikasida nashr etiladigan xalqaro Skopus roʻyxatida indeksatsiyalangan “Madaniyat dunyosi” Ilmiy jurnallari kengashi aʼzosi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Islom sivilizatsiyasi” markazi huzuridagi Ilmiy maslahat kengashi aʼzosidir.
Rossiya, Misr, Fransiya, Tojikiston kabi davlatlarda turizm, tarix, arxeologiya, etnografiya, menejment, madaniy meros, muzeyshunoslik, sanʼatshunoslik kabi yoʻnalishlarida malaka oshirgan boʻlib, xalqaro sertifikatlarga ega.
Oʻzbekiston tarixi, Mahalla, Madaniyat va maʼrifat telekanallari bilan hamkorlikda bir qancha hujjatli filmlarda maslahatchi va ijrochi sifatida faoliyat olib borib, maʼnaviyatimizni targʻibot va tashviqot qiluvchi, tariximizni chuqur oʻrganishga undovchi koʻrsatuvlar yaratishda mualliflik qilgan.
Ichida oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga va oʻz sohasiga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri balans keng jamoatchilik, oilasi va Mahallasi, doʻst-u birodarlari orasida katta oʻchoqlar qozongan.