Olim

YARKULOV RAUF

Texnika fanlari nomzodi, professor, Turon Fanlar akademiyasining akademigi

Yarkulov Rauf – Yangi asr universiteti Akademik boʻlim boshligʻi Texnika fanlari nomzodi, professor (TDPU,MRDI), Turon fanlar akademiyasi akademigi, Xalq taʼlimi aʼlochisi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi.



Yarkulov Rauf 1986-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining “Kibernetika” ilmiy tadqiqot birlashmasida “Разработка математических моделей и оптимизация процессов управления в сложных динамических биотехтических системах (на примере хронической почечной недостаточности-ХПН (05.13.01-Texnik sistemalarni boshqarish, 05.13.09-Biologik va meditsina sistemalarni boshqarish) mavzusida texnika fanlari nomzodlik dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari ilmiy darajasini olgan.



Umumiy mehnat staji – 54-yil. 1970-1971-yillarda Samarqand shahar harbiy kursni “Tangchi” diplom bilan tugallagan. 1971-1973-yillarda armiya safida xizmat qilgan.1973-1977-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini “Matematika” ixtisosligi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlab, ustozlari tomonidan ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirish uchun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining “Kibernetika” ilmiy-tadqiqot birlashmasiga injener-programmist lavozimiga ishga taklif etilgan.



1977-1978-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining “Kibernetika” ilmiy-tadqiqot birlashmasida injener-programmist lavozimida faoliyatini yuritdi.



1979-1981-yillarda Nizomiy nomidagi Yarkulov Rauf 1973-1977-yillarda Nizomiy nomidagi TDPI ning Matematika fakultetining matematika ixtisosligini muvaffaqiyatli tamomlab, 1977-yil оʼz ish faoliyatini mazkur institutning “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” kafedrasi katta laboranti lavozimida boshlagan.



1985-1987-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining “Matematika oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi.



1987-1992-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti matematika fakulteti dekanining kechki va kunduzgi boʻlimlar boʻyicha dekan muovini.



1992-1994-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining kechki va sirtqi hamda kunduzgi boʻlim oʻquv boʻlimi boshligʻi.



1992-1994-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining kechki va sirtqi hamda kunduzgi boʻlim oʻquv boʻlimi boshligʻi.



1994-1997-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti matematika fakulteti dekanining oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha muovini.



1997-2001-yillar K.Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida oʻquv boʻlimi boshligʻi.



1999-yildan K.Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining tayinlangan professor.



2001-2005-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Oliy oʻquv yurtlariaro ilmiy-metodik boʻlimi boshligʻi.



2005-yildan 2008-yil 25-martgacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Matematika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi dotsenti.



R.Yarqulov pedagogik faoliyati davomida TDPU va matematika fakultetning jamoat ishlarida faol qatnashgan. U bir necha bor qoʻrilish va qishloq xoʻjaligi ishlarida rahbar boʻlib musobaqa gʻolibi boʻlgan.



1988-yildan 2008-yil 25-martgacha “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasi dotsenti.



2008-yil 25-martdan buyon TDPUning “Matematika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi professori.



2008-yil 24-aprelda Xalq taʼlimi tizimida pedagogik kadrlar tayyorlashda faolligi uchun Xalq taʼlim vazirligining “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.



2008-2009-yillar jamoatchilik asosida universitet marketing xizmati boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.



2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi OOʻMTVning “Koʻp yillik samarali va halol mehnat hamda oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati uchun” faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan.



2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi OOʻMTV gi oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim tizimidagi pedagogik kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari uchun OOʻMTVning “Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.



2011-yilda “Yilning eng yaxshi darslik va оʼquv adabiyoti muallifi” Respublika kоʼrik tanlovida hammuallifda yaratilgan “Oila psixologiyasi” nomli оʼquv qоʼllanmasi uchun “2-darajali diplom” bilan taqdirlangan.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyuldagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25-yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 2016-2018-yillar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti “Oliy matematika” kafedrasi mudiri.



2018-2022-yillar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻquv-metodik boʻlim va magistratura boʻlim boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.



Maxpirat nomidagi Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi instituti TURON FANLAR Akademiyasi PREZIDIUMINING QARORI (2022-yil 25-avgustdagi 2/08-22- bayonnomasi) bilan RAUF YaRQULOVga TURON FANLAR Akademiyasining AKADEMIK ILMIY UNVON berildi.



2022-2023-oʻquv yilida UNIVERSITY OF SCIENCE AND TECHNOLOGIES (Fan va texnologiyalar universitet)da oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi va kunduzgi boʻlim fakulteti dekani lozimlarida faoliyat yuritdi.



2023-2024-oʻquv yilidan boshlab YANGI ASR Universitetda oʻquv (AKADEMIK) boʻlim boshligʻi lozimida faoliyat yuritmoqda.



R.Yarqulov oʻz pedagoglik faoliyati davomida koʻplab ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlar olib bormoqda. Shu jumladan, 8 nomdagi darslik va oʻquv qoʻllanmalar, 41 nomdagi ilmiy-metodik tavsiyanomalar, 4 nomda monografiya, 142 nomda ilmiy va ilmiy-metodik maqolalar muallifidir.



Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha davlat taʼlim standartlari va malaka talablari, oʻquv rejalari, oʻquv fan dasturlarni ishlab chiqish jarayonida ishchi guruh rahbari sifatida qatnashgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning rayosati aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.



Professor R.Yarqulov kafedra professor-oʻqituvchilari tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtayotgan “Taʼlim” sohasidagi qonun loyihalari muhokamalariga faol jalb etib kelmoqda.



U Turkiya, Rossiya, Qozogʻiston davlatlarida oʻz malakasini oshirgan hamda nufuzli xalqaro simpozium va konferensiyalarda ilmiy maʼruzalar bilan faol qatnashgan.



Rauf Yarqulov qatʼiy maqsadga ega va talabchan rahbar, amaliy matematika boʻyicha fundamental asos va maktab yaratgan iqtidorli olimdir. Rauf Yarquloviya ilm-fanni tashkil qilish boʻyicha tajribali mutaxassisdir. Uning rahbarligida 20 nafar magistrant magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.



Xalqaro konferensiyalar toʻplamlarida R.Yarqulovning 10 dan ortiq maqola hamda tezislari chop etilgan. Shuningdek, muallifning SCOPUS va Web of Science bazasidagi xalqaro jurnallarda maqolalari muntazam chop etib kelinmoqda.



Yarqulov Rauf oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, hamkasblari va oilasi orasida katta hurmat qozongan.