Olim

YARMATOV RAXIMBOY BAXRAMOVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

Yarmatov Raximboy Baxramovich 1973 yil 31-mayda Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida tavallud topgan.



R.B.Yarmatov 2002 yil Jizzax Davlat pedagogika institutining tarix fakulteti, Davlat tarix va huquq asoslari mutaxassisligi boʻyicha aʼlo darajada tamomlagan. 2003-2005 yillarda Samarqand Davlat universitetining tarix mutaxassisligi boʻyicha magistrlik darajasini egallagan. 2005 yildan boshlab Jizzax Davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent va professor vazifalarida faoliyat yuritib kelmoqda.



2015 yil 13 martda “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi” nishoniga sazovor boʻlgan. 2017 yil 10 noyabrda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy kengashining qaroriga asosan “Iqtidorli oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2020 yil 30 sentyabrda Jizzax davlat pedagogika instituti kengashining tavsiyasiga koʻra “Pedagogika nazariyasi.Pedagogik taʼlimotlar tarixi” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvonini, 2021 yil 30 dekabrda Oʻzbekiston milliy universiteti ilmiy kengashi qaroriga asosan “Boʻlajak tarix oʻqituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusidagi Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini, 2022 yil 29 mayda Turon Fanlar Akademiyasi akademigi ilmiy unvonini, 2023 yil 1 aprelda Jizzax davlat pedagogika universitetining tavsiyasiga asosan “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvonini olgan.  Ilmiy pedagogik faoliyati davomida 2005-2011 yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi oʻqituvchisi, 2011-2014 yillarda Umumiy tarix kafedrasi oʻqituvchisi, 2014-2017 yillarda Tarix oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2017-2019 yillarda tarix fakulteti dekani, 2019-2020 yillarda Tarix oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2020- h.v gacha Magistratura boʻlimi boshligʻi, Umumiy tarix kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.



Yarmatov Raximboy Baxramovich tomonidan 200 dan ortiq ilmiy va metodik ishlar nashr qilingan. Shulardan 4 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 8 ta metodik qoʻllanma 49 ta nufuzli xorijiy ilmiy jurnallardagi ilmiy maqolalar,129 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. “Iqtidorli oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari” metodik qoʻllanmasi 2018 yilda, “Iqtidorli oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” metodik qoʻllanmasi 2018 yilda, “Iqtidorli oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish samaradorligi” metodik qoʻllanmasi 2018 yilda, “Boʻlajak tarix oʻqituvchilarining oʻquv-ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish” monografiyasi 2021 yilda, “Magistrlik dissertatsiyasini yozish, rasmiylashtirish hamda himoya qilish strukturasi” uslubiy qoʻllanmasi 2021 yilda, “Boʻlajak tarix oʻqituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishda loyihalashtirishning amaliy asoslari” oʻquv qoʻllanmasi 2021 yilda, “Pedagogika tarixining nazariy va amaliy asoslari” oʻquv qoʻllanmasi 2022 yilda, “Arxivshunoslik” oʻquv qoʻllanmasi 2023 yilda chop etilgan.



Yarmatov Raximboy Baxramovich rahbarligidagi shogirdlari J.K.Sangirov 2018



yilda “Navoiy” nomli stipendiyaga, M.A.Axmedova 2022 yilda “Prezident” stipendiyasiga sazovor boʻlgan.



B.Yarmatov “Uzbekistan Resarch Online” raqamli platformasiga kiritilgan Jizzax davlat pedagogika universitetining “Mental Enlightenment scientific-methodological journаl” Jizzax sh. ilmiy-uslubiy jurnalining tahrir kengashi aʼzosi, Chirchiq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy seminar aʼzosi sifatida attestatsiya ishlarida yuqori faollik bilan qatnashmoqda.



Shu kungacha R.B.Yarmatovning bevosita ilmiy rahbarligida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktorlari (PhD) 2 nafar tadqiqotchi muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirda qator tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.



R.B.Yarmatov bugungi kunning dolzarb sohalaridan boʻlgan tarix va pedagogika sohasi mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha malakali kadrlar, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash yoʻlida fidokorona mehnat qilib, mamlakatimizni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.



R.B.Yarmatov fidoyi va kamtarin inson, jonkuyar olim, tajribali pedagog, chuqur bilim va dunyoqarashga ega maʼrifatli inson sifatida respublikamiz ziyolilari orasida alohida hurmat qozonib kelmoqda.