Buxoro viloyati, Olot tumanida 1967 yilda tugʻilgan. 1984 – 1989 yy. — Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti talabasi. 1989 yilda institutni imtiyozli diplomga tugatib, Buxoro viloyati Olot tumani non zavodida muhandis-texnologi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 1996 – 1997 yy. — Jizzax shahar 19-sonli umumtaʼlim maktabida kimyo fani oʻqituvchisi. 1997 – 2002 yy. — Jizzax shahar “Umid” iqtidorli bolalar litsey-internati kimyo fani oʻqituvchisi. 2002 yildan boshlab Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti kimyo kafedrasida katta oʻqituvchisi lavozimida pedagogik faoliyatini davom qilgan.
2011 yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti analitik kimyo kafedrasida “Platina, palladiy va oltinni tioasetamid bilan amperometrik aniqlash” mavzusida 02.00.02–analitik kimyo ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini professor A.M. Gevorgyan rahbarligida himoya qilgan. 2016-2018 yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti analitik kimyo kafedrasida doktoranturada tahsil olgan va 2018 yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Tabiiy va texnogen obyektlarda Pt(IV), Pd(II) va Au(III) ni amperometrik aniqlashda oltingugurt saqlovchi reagentlar va karboksil kislotalarning baʼzi hosilalarini qoʻllash” mavzusida 02.00.02–Analitik kimyo ixtisosligi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini professor Z.A. Smanova maslahatchiligida himoya qilgan.
2018-yil analitik kimyo ixtisosligidan dotsent ilmiy unvonini, 2022-yil analitik kimyo ixtisosligidan professorlik ilmiy unvonini olgan.
2020-2023 yy. — Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha taʼlim fakulteti dekani.
2023 y. — h.v. — Jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani.
Z.Z.Yaxshiyeva rahbarligida 50 ga yaqin malakaviy bitiruv ishlari va 15 ta magistrlik dissertatsiyasi, 3 ta kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) himoyalari yoqlangan. Hozirda bir nafar doktorant, toʻrt nafar tayanch doktorant, 4 nafar mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. 15 ta doktorlik (12 ta PhD va 3 ta DSc) dissertatsiya ishlariga rasmiy opponentlik qilgan.
Rahbarligida 5 ta “M.Ulugʻbek”, 4 ta “A. Navoiy” 1 ta talaba “Bobur” nomli Davlat stipendiya sovrindorlari, 5 ta talaba Respublika kimyo fani olimpiyada gʻolibi, “Yil talabasi” “XXI asr ayoli” Respublika koʻrik-tanlov gʻolibi, Rossiyada oʻtkazilgan “Мир Олимпиады”, “Лучший студент Содружества независимых Государств” ва “Лучшие молодые учёные“ xalqaro tanlovlarida talabalar ilmiy tadqiqotlari va izlanishlari bilan 1-oʻrinni egallab, koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Z.Z.Yaxshiyevaning 350 ga yaqin ilmiy ishlari eʼlon qilingan, shulardan 1 ta darslik, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 5 ta monografiya, 2 ta ixtiro patenti, 6 ta foydali model patenti, 10 ta uslubiy qoʻllanma, 8 elektron oʻquv qoʻllanma, 2 ta Play Market mobil ilovalar muallifi, 20 ta maqola Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan jurnallarda chop qilingan hamda talabalar bilimini yanada mustahkamlab borishlari uchun “Kimyogarlar” – http://kimyogar-ustoz.zn.uz.” saytini ochgan.
Respublika va Xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda kimyo muammolariga bagʻishlangan maqolalar bilan qatnashib Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Ufa (Rossiya), Ankara, Stanbul (Turkiya), Baku (Ozerbayjon), Minsk (Belarussiya), Yekaterinburg (Rossiya), Chimkent va Astana (Qozogʻiston) shaharlarida oʻtkazilgan Xalqaro konferensiya va kongresslarda maʼruzalari bilan qatnashgan.
Akademik almashinuv dasturi asosida Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston Milliy universitetida, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti va Maksim Tanka nomli Belarussiya davlat pedagogika universitetlarida 16-24 soatli maʼruza darslarini oʻqigan.
2012-yildan OʻzMu Kimyo fakulteti 02.00.02-Analitik kimyo ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantlar va mustaqil-izlanuvchilar uchun Mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi aʼzosi, hamda 2019- yildan JDPU 02.00.02-Analitik kimyo ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura va mustaqil-izlanuvchilar qabul qilish komissiyasi raisi qilib tayinlangan.
Ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini oʻrganish hamda ragʻbatlantirish maqsadida Koreya Ixtirochi ayollari Assosiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Offici (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan oʻtkazilgan Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Koʻrgazmasi — “KIWIE 2023” va “KIWIE 2024” da “Method for X-ray fluorescence determination of heavy metals in water” hamda “Method for producing sorbent ameliorant from phosphogypsum to improve the quality of saline soils of the Aydar-Arnasay lake system” ixtiro patentlari bilan ishtirok qilib, tanlovlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.
AL-18-122212994 “Oʻzbekiston tuzli suv resurslaridan litiy birikmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish” amaliy loyiha rahbari va F-7-48 “Polimer materiallar sirtiga immobillangan metallar nanozarrachalarining fazaviy oʻzgarishlari mexanizimini tadqiq qilish”; F.22-7 “Selektiv organik reagentlar sintezi”, A.12-53 “Atrof-muhit obyektlarida ekotoksikantlarni aniqlashning fotometrik va sorbsion-fotometrik usullarini ishlab chiqishda polimer tashuvchilarda immobilizatsiyalangan reagentlarni qoʻllash” mavzularidagi fundamental loyihalarda aʼzo sifatida ishtirok etgan.
Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.04.2022.K.78.05. Kengash raisi, OʻzMU huzuridagi DSc.03/30.12.2019. K.01.03 Kengash va SamDU huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.02.05. Kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi. Jizzax davlat pedagogika universiteti Ilmiy Kengashi, universitet jamoatchilik kengashi va taʼlim inspeksiya aʼzosi, Tabiiy fanlar fakulteti Kengashi raisi. Viloyat “Olima ayollar” Kengashi aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi kimyo fani boʻyicha Ilmiy texnik kengash aʼzosi sifatida ham faoliyat olib bormoqda.
“Tafakkur ziyosi” (https://jdpu.uz/ru/), “Academic Research in Educational Sciences” (www.ares.uz, ISSN 2181-1385), “Science and Education” (www.scientificprogress.tz, ISSN 2l 8l — I 601), “Journal of Natural Science” (http://natscience.jspi.uz), Preschool education journal (https://presedu.jspi.uz/)(Oʻzbekiston), “Актуалные исследования” (ISSN 2713-1513) (Rossiya), “Chemical problems” (https://chemprob.org/) (Ozarbayjon) ilmiy jurnallarda tahririyat aʼzosi.
Malaka oshirish va qayta tayorlash kurslari:
30. 11. 2020 yil OʻzMU huzuridagi tarmoq (mintaqaviy) markazi (288 soat) (MA №026855).
11.08.2020 yil Moskva davlat instituti (108 soat) (PK № 0010891).
01.11.2021 yil Gamburg. Germaniya. Research Methods Course authorized by European Academy of Sciences and Research (36 soat) (XI 12190293846-21).
29.11.2022 yil Moskva davlat instituti (72 soat) (PK № 0031246).
30.05.2023 yil Bosh ilmiy-metodik markazi (288 soat) (MA №044765).
05.06.2024 yil M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida (144 soat) (PK № 1224) malaka oshirgan.
Bir qancha oʻquv adabiyotlari respublika miqyosida pedagogik amaliyotda qoʻllanib kelinmoqda.
Ilmiy va pedagogik ish staji – 28 yil. Analitik kimyo, Analizning fizik-kimyoviy usullari, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan bakalavr va magistratura bosqichlarida oʻquv mashgʻulotlari olib boradi.
Z.Z.Yaxshieva ilmiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida tinimsiz ishlaydi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar taʼlimi va boshqa Oliy taʼlim muassasalari professor oʻqituvchilari bilan ilmiy-metodik hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda ular bilan birgalikda taʼlim sohasidagi muammolarni bartaraf etishga va uni rivojlantirishga qaratilgan bir nechta ilmiy-metodik maqolalar tayyorlagan va tavsiyalar ishlab chiqqan. Tirishqoq, talabchan, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talabalari orasida katta hurmatga ega.
Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovna yuksak axloqiy fazilatlariga ega boʻlgan maʼnaviy yetuk ayol, tajribali pedagog, mutaxassis, oʻzining kamtarinligi, mehnatsevarligi va samarali mehnati bilan talabalar,shogirdlari va hamkasblari oʻrtasida katta hurmat eʼtiborga sazovordir. Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovna taʼlim sohasiga qoʻyilayotgan yangi talablarni va vazifalarni qoʻllab-quvvatlaydi, qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni olib borishda oʻz fikriga ega boʻlgan siyosiy jihatdan ongli, toʻgʻri soʻz, qatʼiyatli, kamtarin, har bir ishda tashabbuskor, fidoyiligi va jonkuyarligi, talabchanligi va halol boʻlganligi uchun yuksak hurmatga sazovor yetuk olimadir.
Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovna universitetda va boshqa hamkor tashkilotlar bilan oʻtkazilib kelinayotgan koʻplab tadbirlarning tashabbuskori va tashkilotchisi hisoblanadi.
Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovna yoshlarning har tomonlama qobiliyatlarini namoyon qilishlari, iqtidorlarning isteʼdodini yuzaga chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, Oliy taʼlim muassasasining mahalla, maktab va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Undan tashqari universitetda mehnat qilayotgan professor-oʻqituvchilar va xodimlar oʻrtasida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamdagi islohotlar mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbatlari va maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda.
Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovnaning bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan islohotlar jarayonlarida zamon bilan hamohang ravishda amalga oshirib kelayotgan samarali mehnatlarini Vatanga sadoqat va fidoiylik bilan xizmat qilishning namunasi sifatida eʼtirof etish lozim deb hisoblaymiz.