Yuldashev Gʻulomjon 2021-yili “Oʻzbekiston Mustaqilligiga 30 yil”, 2023-yil “Oʻzbekiston Respublikasi mehnat faxriysi”, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim va innovatsiyalar vazirligi aʼlochisi koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.. Bugungi kunda Fargʻona davlat universitetini tuproqshunoslik kafedrasida professor lavozimida va 2019 yildan Fargʻona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B. 05.03 raqamli ilmiy Kengash raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Gʻ.Yuldashev oʻz ilmiy faoliyatini 1975-1978 yillari Paxtachilik ilmiy tekshirish instituti kichik ilmiy xodimi, 1978-1978 yillari Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, 1978-1981 yillari Namangan davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, 1981-1991 yillari Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, 1991-1994 yillari Fargʻona davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kafedrasi dotsenti, 1994-1996 yillari Fargʻona davlat universiteti agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri, 1996-1997 yillari Fargʻona davlat universiteti biologiya-geografiya fakulteti dekani, 1997-2010 yillari Fargʻona davlat universiteti agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri, 2010-2011 yillari Fargʻona davlat universiteti agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professori, 2011 yildan Fargʻona davlat universiteti tuproqshunoslik kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Gʻ.Yuldashev Agrar qoʻshma fakulteti tuproqshunoslik taʼlim yoʻnalishi talabalariga “Tuproq kimyosi”, “Oʻzbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish”, tuproqshunoslik mutaxassisligi magistrantlariga “Voha tuproqlari genezisi va evolyutsiyasi”, “Tuproqlarni sifat baholash” va “Tuproq biogeokimyosi” fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalangan holda dars berib kelmoqda.
Gʻ.Yuldashevning shu kunga qadar 20 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanma va risolalari, 7 ta monografiya, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 5 ta darslik, turli xil dasturiy vositalarga 5 ta mualliflik guvohnomasi, xorij va respublikaning nufuzli ilmiy jurnallari va toʻplamlarida 350 ga yaqin ilmiy maqolalari eʼlon qilingan. Koʻplab xalqaro ilmiy anjumanlarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan.
Respublika ilmiy hayotida ham faol ishtirok etadi. Shu kungacha Gʻ. Yuldashev rahbarligida 3 ta fan doktori (DSc), 11 ta nomzodi (falsafa doktori, PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan, 10 ta doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalariga rasmiy opponentlik qilgan.
1996-2010 yillar mobaynida A-7-445-raqamli DITD “Fargʻona viloyati sugʻoriladigan tuproqlari shakllanishining genetik-geografik qonuniyatlarini oʻrganish, Yer fondi va diagnostikasi” mavzusiga davlat ilmiy loyihasiga rahbarlik qilgan. 2011-2013 yillar mobaynida KXA-7-026 “Qum tepaliklar va barxanlarni tekislab, ekin ekiladigan yerlarda shamol eroziyasiga qarshi kurash, optimal suv rejasini ishlab chiqish” mavzudagi IKARDA xalqaro loyihasi ijrochisi boʻlib ishlagan.
2013-2014 yillarda xalqaro TEMPUS dasturi ishtirokchisi boʻlgan va Germaniya davlatiga ilmiy safarga borgan. 2019 va 2020 yillarda Moskva davlat universitetining Tuproqshunoslik fakultetida xalqaro shartnoma doirasida talabalarga “Oʻzbekiston tuproqlari” maxsus kursidan oʻquv mashgʻulotlari olib borgan.
2019-2021-yillarda Moskva davlat universitetining Tuproqshunoslik fakultetida dekani P.V. Krasilnikov bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy loyiha ustida hamkorlikda ishlar olib borgan.
Gʻ.Yuldashev dunyoning nufuzli davlatlarida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyalarda muntazam ishtirok etib keladi.
1995 yildan hozirga qadar “FarDU. Ilmiy xabarlar – Научный вестник. ФерГУ” jurnali va Rossiya fanlar akademiyasining “Научное обозрение. Биологические науки”, Buyuk Britaniyaning Britaniyaning “British journal of Global Ecology and Sustainable Devolopment” va boshqa koʻplab ilmiy jurnallar tahrir hayʼati aʼzosi. Uning rahbarligi va ilmiy salohiyati negizida Oʻzbekiston Respublikasida 1995 yilda tuproq biogeokimyosi ilmiy yoʻnalishi asosida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu yangi yoʻnalish asoschisi desak xato boʻlmaydi, ushbu sohada uning rahbarligida 3 nafar fan doktori yuqorida qayd etilgan 11 nafar fan nomzodi va falsafa doktorlari olimlik darajalari oldilar. Hozirgi kunda 1 nafar doktorant va 3 nafar tayanch doktorantlarga hamda 2 nafar mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilarning ilmiy maslahatchisi va rahbari sifatida respublikamiz ilm-fan taraqqiyotiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.
Yuqorida qayd etilganidek olim tuproq biogiokimyosi yoʻnalishida ilmiy maktab yaratgan boʻlib, bu qilinayotgan ilmiy ishlarning yangiliklarini yurtimizda oʻtkaziladigan mahalliy va xalqaro konferensiyalarida eʼlon qilib boradi.
2007 yildan buyon Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DK 180.20.01 sonli ixtisoslashgan Kengash aʼzosi, 2013 yil 16 iyuldan boshlab 14.07.2016.Qx/B.24.01 raqamli ixtisoslashgan kengash aʼzosi, 2017 yildan buyon Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.27.06. 2017.Qx/B.43.01 raqamli ilmiy Kengash aʼzosi.
1995 yildan hozirga qadar “FarDU. ILMIY XABARLAR” jurnalining tuproqshunoslik, kimyo, biologiya va tibbiy fanlari boʻyicha tahririyat aʼzosi.
1996 yildan boshlab hukumat qarorlarini, qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyat hokimligi topshiriqlarini ijro etish boʻyicha komissiya aʼzosi tariqasida viloyat hududidagi fermer xoʻjaliklarida oʻzining ilmiy-amaliy maslahatlari bilan qatnashib kelmoqda.
Ommaviy axborot vositalarida 10 dan ortiq chiqishlar qilgan. U ishtirokidagi video va audioroliklar respublika va viloyat teleradiokanallarida namoyish etilmoqda.
Olim muntazam yosh shogirdlari bilan ilmiy laboratoriyalarda ilmiy suhbatlar olib boradi va qimmatli maslahatlari bilan oʻrtoqlashadi.
Gʻ.Yuldashev doimiy ravishda oʻz malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshiradi ustida qatʼiyat bilan ishlaydi, bilimi, dunyoqarashi, mustaqil fikri bilan ajralib turadi. U oʻz vaqtida akademik Qirgʻizali Mirzajonov bilan birga ishlagan va ekspeditsiyalarga chiqqan, tez-tez ilmiy suhbatlar qilib turgan.
U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, moʻtabarligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, soha mutaxassislari, universitet jamoasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.