Olim

YUNUSOV MIRAXMAD PULATOVICH

Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor

Katalizatorlar kimyosi va texnologiyasi hamda ekologiya sohasining rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan olimlarimizdan biri “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti nishondori”, texnika fanlari doktori, professor Miraxmad Pulatovich Yunusovdir.



Miraxmad Pulatovich 1942 yil 16 mayda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. 1959-1964 yillarda Ukrainaning Dneprapetrovsk kimyo-texnologiya institutini tamomlab “muhandis- texnolog” ixtisosligiga ega boʻlgan. Oʻsha yili taqsimlash komissiyasi tomonidan u Toshkent Plastmassa zavodiga ishga yuborildi va 1964-1966 yillarda shu korxonada tsex texnologi smena ustasi lavozimida mehnat faoliyatini boshladi.



M.P.Yunusov oʻzining ilmiy faoliyatini 1966 yilda Oʻrta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy tadqiqot instituti (SredAzNIINP) hozirgi kunda Oʻzbekiston kimyo- farmatsevtika ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotchi shogird lavozimida boshladi.



M.P.Yunusov 1967-1971 yillarda professor A. S. Safayev rahbarligida birinchi marta nikel strukturali sirt oksidlash barqaror katalizatorlari olish imkoniyatlari koʻrsatilgan nomzodlik dissertaysiyasini tayyorladi va muvaffaqiyatli himoya qilgan.



Miraxmad Pulatovich oʻzining 58 yillik mehnat faoliyati davomida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, sektor mudiri, laboratoriya mudiri, ilmiy texnologiya boʻyicha direktor muovini lavozimlarida ish olib bordilar.



M.P.Yunusovni yosh olimlik davridayoq ilm fanga qiziqishi turli sohalardagi katalitik va adsorbsion jarayonlarni takomillashtirishga boʻlgan ishtiyoqi oʻz davri yetuk olimlari eʼtiborini tortib, ishonchlarini oshishiga sabab boʻlgan va yillar davomida milliy iqtisodiy muammolarni hal qilish, neft va gazni qayta ishlash sanoatida resurs va energiya tejamkorligi uchun samarali texnologiyalarni ishlab chiqish hamda, kimyo, neft-gaz, farmasevtika sanoati chiqindilarini qayta ishlash bilan faol shugʻullanib kelmoqda.



Miraxmad Pulatovich oʻzining 58 yillik mehnat faoliyati davomida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, sektor mudiri, laboratoriya mudiri, ilmiy texnologiya boʻyicha direktor muovini lavozimlarida ish olib bordilar.



M.P.Yunusovni yosh olimlik davridayoq ilm fanga qiziqishi turli sohalardagi katalitik va adsorbsion jarayonlarni takomillashtirishga boʻlgan ishtiyoqi oʻz davri yetuk olimlari eʼtiborini tortib, ishonchlarini oshishiga sabab boʻlgan va yillar davomida milliy iqtisodiy muammolarni hal qilish, neft va gazni qayta ishlash sanoatida resurs va energiya tejamkorligi uchun samarali texnologiyalarni ishlab chiqish xamda, kimyo, neft-gaz, farmatsevtika sanoati chiqindilarini qayta ishlash bilan faol shugʻullanib kelmoqda. M.P.Yunusov birinchi marotaba zaharli organik ifloslantiruvchi moddalarni oʻz ichiga olgan oqava suvlarni katalitik va adsorbsion zararsizlantirishning eng istiqbolli va yuqori samarali usullaridan birini nazariy jihatdan asoslagan xamda sanoatga tatbiq etgan. Katalitik issiqlik generatori asosida atmosferaga azot oksidlarini chiqarilishini bartaraf etuvchi va sanoat oqava suvlarini chuqur oksidlashni tubdan yangi texnologiyasini ishlab chiqqan. Olingan maʼlumotlar asosida Ittifoqmetanolloyiha (Soyuzmetanolproekt (Severodvinsk)) Belgorod Vitamin kombinatida A vitamini ishlab chiqarish uchun sanoat oqava suvlarni tozalash inshootining loyihasini tatbiq etgan. Ekologiya sohasidagi keng ilmiy tadqiqotlar va texnologik yechimlar uning himoyasi uchun 1992 yilda Lomonosov nomidagi Moskva texnologiya institutida (Rossiya) “Kimyo va farmatsevtika chiqindilarini yoʻq qilish va zararsizlantirish uchun samarali texnologiyalarni ishlab chiqish “ mavzusida dissertatsiya ishi texnika fanlari doktori ilmiy darajasini himoya qilish uchun xizmat qildi.



Miraxmad Pulatovichning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu ilmiy ishlari va izlanishlari oʻz yakunini topgan, patentlangan va barchasi sanoatga tatbiq etilgan.



1992 yildan boshlab M.P.Yunusovning ilmiy qiziqishlari sohasi uglevodorod xom ashyosini qayta ishlash, yoqilgʻi va moylarni ishlab chiqarishning iqtisodiy va ekologik jihatlari bilan uzviy bogʻliq: xususan, neft va gazni qayta ishlash sanoati uchun yangi mahalliy katalizatorlar va adsorbentlarni ishlab chiqish ilmiy yoʻnalishining asosiy qismini tashkil etdi. Uning rahbarligida olib borilgan tadqiqotlar ishlab chiqarishda amalga oshirilayotgan yoqilgʻi va moylarni qayta ishlashning yangi, mahalliy katalizatorlari va katalitik tizimlarining ilmiy asosini tashkil etadi.



 



UzKFITIning katalizator ishlab chiqarish boʻlimida himoya qatlam forkontakti, metalsizlantirish himoya qatlam katalizatori, gidrotozalash katalizatori ishlab chiqarish texnologik liniyalari oʻrnatildi, shu texnologik qurulmaga moslashtirilgan texnologik reglamentlar va texnik shartlar ishlab chiqildi va ishlab chiqilgan texnik hujjatlar asosida katalizatorlar sistemasining sanoat partiyalari tayyorlangan.



Neftni qayta ishlash sanoatining bir qator korxonalarida qimmatbaho texnologik jarayonlardagi qurilmalarni rekonstruksiya qilmasdan turib mahsulot sifatini oshirish uchun yangi katalizatorlar sistemasini yaratish boʻyicha yutuqlarga erishgan. Buning uchun gidrotozalash jarayon uchun yangi, import oʻrnini bosuvchi mahalliy xomashyolar asosida forkontakt, himoya qatlam va gidrotozalash katalizatorlaridan iborat katalitik sistema olishning texnologik jarayonlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati neftni qayta ishlash sanoatida foydalanish uchun moʻljallangan forkontakt, himoya qatlam katalizatori, gidrotozalash katalizatori olishning ilmiy asoslari asosida mexanik mustahkam, kislota-asosli xossalari va geometrik formalari jihatidan ideal boʻlgan katalizatorlar sistemasi ishlab chiqilgan va reaktorda xom-ashyoni bir tekis taqsimlash bilan birga, smola asfaltenlarni adsorbsiya qilish, regeneratsiyalash aro ishlash vaqtini 2 barobar oshirish hamda hozirgi kun talablariga javob beradigan mahsulot olish bilan izohlanadi.



M. P. Yunusov va u boshchiligidagi laboratoriyaning yaqqol yutugʻi mahalliy katalitik tizimlarni sintez qilishda mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilaridan keng foydalanishdir.



M. Yunusov faoliyati davomida jamoasida davlatimiz mahalliylashtirish dasturlari asosida samarali ish olib bormoqda. Jumladan soʻngi 10 yilni olsak neftning moy va dizel yoqilgʻisi fraksiyalari gidrotozalash katalitik tizimlari muallifidir.



2015-2016 yillarda jamoasi bilan birgalikda moylarni gidrotozalash asosiy qatlam katalizatorlarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy ishlar bilan, 2016-2017 yillarda tabiiy gazlarni merkaptansizlantirish katalizatorlarini ishlab chiqish va sanoatga tatbiq qilish davlat innovasion loyixasida ilmiy izlanishlar olib borgan.



M.Yunusov boshchiligida bajarilgan va keltirib oʻtilgan ilmiy ishlar oʻz yakunini topgan, patentlangan va barchasi sanoatga joriy etilgan.



Soʻnggi 5 yil davomida mahalliy xom ashyolar asosida seolitli adsorbentlar sintez qilish, sanoat chiqindilaridan foydalanib samarador alyumooksid adsorbentlarini sintez qilish, ishlab chiqilgan moy fraksiyalarini va texnologik gazlarni gidrotozalash katalizatorlarini tadbiq qilish yoʻnalishlarida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borib jamoasi uchun yangi tadqiqot yoʻnalishlarini ochib bermoqda.



M. Yunusov ish faoliyati davomida Respublika innovatsion texnologiyalar yarmarkalarida, kooperasion birja yarmarkalarida va “Oʻzbekneftegaz” AJ tashkil etgan yarmarka va anjumanlarda ishtirok etib faxrli mukofotlar bilan taqdirlangan. Bugungi kungacha u 200 dan ortiq xalqaro va 300 ortiq Respublika anjumanlarida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan.  M. Yunusov yillar davomida olib borgan tadqiqotlarini YeBSCO, SCOPUS. Web Of Science, Springer, GOOGLE SCHOLAR kabi Web elektron kutubxonalaridan foydalangan xolda olib borib “Catalysis for Sustainable Energy”, “Chemical problems” jurnallarida oʻz maqolalarini chop ettirgan. Bugungi kunga kelib respublika va xalqaro ilmiy maqolalari soni 300 dan ortgan. Uning katalizatorlar va sorbentlar ishlab chiqish yoʻnalishida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan ilmiy maktab raxbari sifatida faoliyat yuritishi va yangi shogirtlar bilan ushbu jahon miqyosida dolzarb boʻlgan sohani yurtimizda rivojlantirishga boʻlgan sayi harakatlari tahsinga sazovor. Shu bilan birga 10 dan ortiq



Xalqaro ilmiy markazlar bilan, Jumladan Nanotexnologiya markazi.



Munster.Germaniya., ABO Akademyasi Turku. Finlyandiya., KIST Universititeti Seul.Koreya., Neft kimyosi instituti Baku. Azorbayjon., MGU. Moskva. Rossiya. Amerika neft universititeti (API). Vashington AQSh va boshqalar bilan doimiy hamkorlik qiladi va jamoasi tajribasini oshirib boradi.



Hozirda 3 ta fan doktorlari va 11 ta fan nomzodlari (PhD) shogirdlari himoya qilgan undan tashqari ayni damda 3 ta fan doktorlari va 3 ta fan nomzodlari himoya qilish arafasida.



Bugungi kunga kelib M. Yunusov 55 patentga mualliflik qiladi. Olim tomonidan yozilgan ilmiy monografiyalar soni 5 ta.



M. Yunusov madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, umumxalq hasharlarida muntazam ravishda ishtirok etadi. Yangi oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalarni jamoasi bilan muhokama qilib seminarlar oʻtkazadi. Faol mehnati, jonkuyarligi va talabchanligi, tashkilotchilik qobiliyatlari, shirinsoʻzligi va ilm-fanga boʻlgan yuksak ishtiyoqi bilan hamkasabalari orasida hurmat-eʼtibor qozongan.



U shubhasiz kataliz fanining rivojlanishiga, yoqilgʻi va moylarni tozalash jarayonlarining ilmiy va muhandislik asoslarini ishlab chiqishga katta hissa qoʻshgan shu bilan birga serqirra hayoti va faol ijtimoiy faoliyati xalq va ilm-fanga xizmat qilayotgan yosh avlod uchun yorqin namunadir.