Olim

YUSUPOV KONISBAY ABILOVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

Yusupov Konisbay Abilovich 1964-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy tumanida tugʻilgan. 1986-yili Nukus davlat universiteti filologiya fakulteti qoraqalpoq tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.



Chimboy tumanidagi 15-maktab oʻqituvchisi (1986-2003 yy), Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq adabiyoti va folklori kafedrasi assistenti (2003-2006 yy.), Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti (2006-2009 yy.), Qoraqalpoq davlat universiteti adabiyot nazariyasi va adabiyot oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti (2009-2012 yy), Qoraqalpoq davlat universiteti adabiyot nazariyasi va adabiyot oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (2012-2015 yy.), Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri (2015-2016 yy.), Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi mudiri (2017 y.), Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi dotsenti (2017-2022 yy), Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi professori (2022-2023 yy.) lavozimlarida faoliyat olib borgan. Bugungi kuni Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi mudiri (2023-2024 yy.) lavozimida faoliyat olib boradi.



2003-yildan buyon filologiya fanlari nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasini 2002-yil 3-mayda Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi D 067.10.01raqamli Ixtisoslashgan kengashida “Qoraqalpoq adabiyotida Aydos biy obrazi” mavzusida 10.01.02 – “Hozirgi milliy adabiyoti (qoraqalpoq adabiyoti)” ixtisosligi boʻyicha muvaffaqiyatli himoya qilgan. Nomzodlik diplomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 2003-yil 22-mayda tasdiqlangan (2003-yil 22-may 94/1-son bayonnoma. Diplom 01. № 007691).



Qoraqalpoq davlat universiteti Ilmiy kengashining tavsiyasiga koʻra 2012-yil 31- mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Adabiyot nazariyasi va oʻqitish metodikasi” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga tasdiqlangan. 2021-yildan buyon pedagogika fanlari doktori. Doktorlik dissertatsiyasini 2021-yil 6-avgustda Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengashida “Akademik litseylarda qoraqalpoq adabiyotini oʻqitish metodikasi (tashkil etish shakllari, darsdan tashqari mashgʻulotlar)” mavzusida 13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya fanlari)” ixtisosligi boʻyicha muvaffaqiyatli himoya qilgan.



Doktorlik (DSc) diplomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 2021- yil 30-sentyabrda tasdiqlangan (2021 yil, 30 sentyabr, 306/1-son bayonnoma. Diplom 04. № 006666). Professorlik diplomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 2023- yil 1-aprelda tasdiqlangan. K.A.Yusupov bugungi kuni universitet talabalariga “Qoraqalpoq adabiyotini oʻqitish metodikasi”, “Mumtoz poetika asoslari va lingvopoetika”, magistrantlarga “Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi” fanlaridan maʼruza oʻqiydi. Shu bilan birga Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarining qoraqalpoq tili va adabiyoti professor-oʻqituvchilariga “Qoraqalpoq adabiyotini oʻqitishning ilmiy-metodik asoslari” fanidan, akademik litsey va kasb-hunar maktabi oʻqituvchilarga “Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini oʻqitish metodikasi”, “Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlarini oʻqitishning dolzarb masalalari”, “Qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarida innovatsion texnologiyalarini qoʻllash usullari”, “Qoraqalpoq adabiyotini kasbga yoʻnaltirib oʻqitishni loyihalashtirish”, “Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani boʻyicha darsdan tashqari mashgʻulotlar”, “Badiiy asarlarning mazmunini oʻrganish metodikasi” fanlaridan maʼruza oʻqiydi.



K.A.Yusupovni faqat kafedra yoki universitet miqyosida emas, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida ilmiy yoʻnalishdagi ishlarning faol qatnashchisi sifatida taʼriflash mumkin. K.A.Yusupov “Qoraqalpoq adabiyotini oʻrganish va oʻqitishning dolzarb masalalari”, “Hozirgi filologiya fanining dolzarb masalalari” yoʻnalishida 2004-yildan buyon doimiy tarzda tashkil etiladigan ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalari tashkilotchilarining biri, yosh olimlarga ilmiy mavzularni tanlash va ilmiy faoliyat boʻyicha maslahatchisi vazifasini bajaradi.



K.A.Yusupov tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi bor Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida 2013-yil 27–28-aprel kunlari “Hozirgi filologiya fanining dolzarb masalalari” va 2015-yil 27–28 noyabr kunlari “Qoraqalpoq adabiyotining yorugʻ yulduzlari” nomli ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalari tashkil etildi.



K.A.Yusupov Kazan, Berlin, Lissabon, Portugaliya, Rim, Italiya, Stokgolm, Shvetsiya, Tokio, Yaponiya, Ierusalim, Izrail, Madrid, Ispaniya, Parij, Fransiya singari katta xorijiy davlat va shaharlardagi xalqaro ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalarga ilmiy maqolalari bilan onlayn tarzda ishtirok etganligini taʼkidlash mumkin. Natijada kafedraning xorijiy va mamlakatimizdagi ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda talabgor faoliyatini alohida taʼkidlab oʻtish zarur.



Oʻquv jarayonini uslubiyot jihatidan taʼminlashda K.A.Yusupov tomonidan 1 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 7 ta oʻquv va uslubiy qoʻllanmalari nashr etilgan. Talabgor tomonidan yaratilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalar qoraqalpoq tilida chop etilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv adabiyotlari “yangi avlod adabiyotlarini ishlab chiqish talablariga” toʻla mos keladi.



Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda K.A.Yusupov tomonidan 2004–2021 yillarda 5120100–Filologiya va tillarni oʻqitish (qoraqalpoq tili) bakalavr taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 50 nafar bitiruvchilarning malakaviy ishlariga va 2008–2023 yillarda 5A120101 – Adabiyotshunoslik (qoraqalpoq adabiyoti) mutaxassisligi boʻyicha 13 nafar, 5A111801 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim) mutaxassisligi boʻyicha 4 nafar magistrantlarga ilmiy rahbarlik amalga oshirilgan.



K.A.Yusupov 37 yillik faoliyati davomida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda va filologiya yoʻnalishi boʻyicha oʻziga xos maktab shakllantirdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Uning faolligi qoraqalpoq tili va adabiyotidan malakali kadrlarni tayyorlashga va qoraqalpoq filologiyasi maktabining rivojlanishiga asos yaratadi.



Hozirgi kunda talabgorning ilmiy rahbarligida 4 nafar mustaqil izlanuvchi va 1 nafar tayanch doktorant tadqiqot ishlarini olib bormoqda.



K.A.Yusupov bir necha yillardan buyon Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogik institutining qoraqalpoq filologiyasi va bitiruvchilarning malakaviy ishlariga va qoraqalpoq adabiyoti magistratura mutaxassisligi boʻyicha davlat attestatsiyasi komissiyasi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.



K.A.Yusupov ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borgan va bu sohada faoliyat yuritmoqda. T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialida 2017–2021 yillarda amalga oshirilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha. Ushbu fundamental loyiha xulosalari sifatida 3 ta monografiya, 3 ta darslik, 15 ta oʻquv qoʻllanma va 250 dan ortiq ilmiy maqolalar koʻrinishida tadqiq qiluvchi fanlar uchun metodologik asos yaratilgan.



Olim, “Fan va jamiyat” Nukus davlat pedagogika instituti jurnali (Nukus, 2021), “Sotsialnıe nauki i innovatsii v obrazovanii” (Amerika, 2021), “A Scientific International Peer Revieoʻed JournaL” (Polsha, 2022) va “For Joining as a Member jf Editorial Board In The EAPS JournaL. ISSN 2227-2747, journal Impact Factor: 7.718» (Amerika, 2022-2024 yillar) ilmiy-ommabop jurnallarining redaksion kollegiyasi aʼzosi hisoblanadi.



K.A.Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi Filologiya fanlari boʻyicha ekspert kengashining 2018-yil 25-dekabrdagi 11-son taklifi asosida Qoraqalpoq davlat universiteti rektorining 2019-yil 16-yanvar kungi 5D/2-son buyrugʻiga asos universitetda 2019-yildan boshlab 10.00.12 – “Qoraqalpoq adabiyoti” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilardan olinadigan malakaviy imtihon komissiyasi aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.



 K.A.Yusupov bir qancha ilmiy kengashlar va semenarlar aʼzosi sifatida qatnashib kelmoqda.



Yusupov Konisbay Abilovichga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi Prezidiumining 1992-yil 23-aprel №17 va 1997-yil 29-sentyabrdagi (№119) qarori bilan koʻp yillik samarali pedagogik mehnati va oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, fandagi yutuqlari va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi faolligi uchun “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlangan.



Olimga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri tomonidan 5-mart 1992-yil va 1997-yil 14- martdagi (№7) qarori bilan koʻp yillik samarali pedagogik mehnati va oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirishda erishgan muvaffaqiyatlari, taʼlim jarayonida yosh avlodni ona vatanga sodiqlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida yuksak bilimdon qilib tayyorlash va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardagi fidoiy xizmatlari uchun uchun “OʻZBEKISTON XALQ MAORIFI AʼLOCHISI” nishonlari bilan mukofotlangan.



2014-yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rahbariyati tomonidan taʼlim jarayonida yosh avlodni ona vatanga sodiqlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida yuksak bilimdon qilib tayyorlash va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardagi fidoiy xizmatlari uchun “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan.



2017-yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrta maxsus taʼlimining rahbariyati tomonidan yosh avlodni yuqori bilimli qilib tayyorlash va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardagi fidoiy xizmatlari uchun “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan.



Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan taʼlim jarayonida yosh avlodni ona vatanga sodiqlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida yuksak bilimli qilib tayyorlash va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardagi fidoiy xizmatlari uchun 2017-yili “Diplom” bilan mukofotlangan.



Yusupov Konisbay Abilovich 2018-yil iyul-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabullashda kirish test sinovlarini oʻtkazishda “Guruh nazoratchisi” vazifasini bajarish uchun “Malaka Sertifikati” (hisob seriyasi: N 01-00174. №1803 raqamli) berilgan.



Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Kamolot” yoshlar tashkiloti tomonidan “munozara” klubiga aʼzo talabalariga yil davomida yuksak darajada seminar treninglar tashkil etgani uchun 2019 yili “Faxriy yorliq” bilan mukofotlangan.



Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan “Kutubxon klubi”ning adabiy kechalarini tashkil etgani uchun 2019 yili “Algʻisnama” bilan mukofotlangan.



Yusupov Konisbay Abilovich tomonidan 2011-yildan boshlab har yili “Hozirgi filologiya fanining dolzarb masalalari” nomli mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasida aʼzo sifatida faol ishtirok etib keladi.



2014-yil fevral oyida Bosh ilmiy-metodik markazida “Tyutorlar tayyorlash” boʻyicha seminar-treningda ishtirok etib, №000254 raqamli guvohnomaga ega boʻldi.



2016-yil yanvar-fevral oylarida Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PKQT va MO mintaqaviy markazida “Qoraqalpoq tili” qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatib, MA №000518 raqamli Malaka Attestatiga ega boʻldi. 2017-yil sentyabr-dekabr oylarida Bosh ilmiy-metodik markazda “Taʼlim tizimi menejmenti mintaqaviy markazida “Taʼlim menejmenti” masofaviy malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatib, MA №014595 raqamli Malaka Attestatiga ega boʻldi. 2018-yil iyul-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabullashda kirish test sinovlaridagi fidoiy xizmatlari uchun №1803 raqamli Malaka sertifikatiga ega boʻldi. 2020-yil va 2023-yili fevral oyida Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PKQT va MO mintaqaviy markazida “Ona tili va adabiyoti” (qoraqalpoq tili va adabiyoti) qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatib, Malaka Attestatiga ega boʻldi.



Yusupov Konisbay Abilovich 2022-yil 26–27 avgust kunlarida Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borishga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun tashkil etilgan trenerlik kursini muvaffaqiyatli tugatib, № T-1771 (2504) raqamli trenerlik guvohnomasiga ega boʻldi.



Yusupov Konisbay Abilovich muntazam xalqaro konferensiya va ilmiy seminarlarda ishtirok etib boradi.



Jumladan: 2018–2023 yillarda 2018-yilda Astana, 2020-yilda AQSh, 2020-yilda Kazan, 2021-yilda Berlin, 2021-yilda Portugaliya, 2021-yilda Shvetsiya, 2021-yilda Tokio, 2021-yilda Izrail, 2021-yilda Lissabon, 2021-yilda Madrid, 2021-yilda Ispaniya, 2021-yilda Kazan, 2021-yilda Parij, 2021-yilda Nukus, 2022-yilda Turkiya, 2022-yilda Nur-Sultan, 2022-yilda Rossiya, 2022-yilda Ispaniya, 2022-yilda Texas, AQSH, 2022-yilda Parij, Fransiya, 2022-yilda Nukus, 2023-yilda London, 2023-yilda Niderlandiya.



Yusupov Konisbay Abilovich universitet jamoasida katta obroʻ va eʼtiborga ega boʻlib, samarali ilmiy va pedagogik faoliyat olib boradi. U ayni paytda oliy oʻquv yurti talabalari uchun yangi oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, ilmiy maqolalar tayyorlamoqda va tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilmoqda.