Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 1974 - yil 20 - iyulda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. U 1991-1996 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetida tahsil oldi, 1996-yilda institutni imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1996-1997 yillarda universitet «Algebra va sonlar nazariyasi» kafedrasida stajyor-tadqiqotchi, 1997-2001yillarda «Matematika va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasi aspiranti, 2001-2004-yillarda TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyida matematika o‘qituvchisi hamda ilmiy uslubiy ishlar bo‘yicha direktor muovini, 2006-2008 yillarda “Gumanitar fakultetlarda matematika” kafedrasi dotsenti, 2008-2011 yillarda “Gumanitar fakultetlarda matematika” kafedrasi mudiri lavozimida, 2011-2014 yillarda «Boshlang‘ich taʼlim metodikasi» kafedrasi mudiri lavozimida, 2014-2016 yillarda «Boshlang‘ich taʼlim va jismoniy madaniyat» fakulteti dekani lavozimida, 2016-2018 yillarda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-yildan hozirgi kunga qadar ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 2002-yilda «Akademik litsey talabalarining matematik tafakkurini rivojlantirish» (Umumlashtiruvchi darslar misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2006 yilda «Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari» (Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi akademik litseylarda matematika o‘qitish misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 2003-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2007-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2005-yilda dotsent, 2011-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 2022-yilda Turon fanlar akademiyasi akademigi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Abdullayeva Barno Sayfutdinovna tomonidan 30 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 10 ta monografiya, 60 ta xorijiy maqola, 200 ta ilmiy maqolalar nashr ettirilgan, 26 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olishga erishgan. Abdullayeva Barno Sayfutdinovna O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni(2014), “O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” ko‘krak nishoni(2016), O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga ko‘krak nishoni(2021), Qoraqolpog‘iston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni(2021), O‘zbekiston Respublikasi “Xalq taʼlimi fidoyisi” ko‘krak nishoni (2021), Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan faxriy yorliqlari (2011, 2015), Qoraqolpog‘iston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining tashakkurnomasi, Toshkent shahar hokimligi faxriy yorlig‘i (2022), Chilonzor tuman hokimligi tashakkurnomasi (2022), “Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun” medali (2022), Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tashakkurnoma (2022), universitet rektorining faxriy yorliq va tashakkurnomalari bilan taqdirlangan. Abdullayeva Barno Sayfutdinovna “Yil ayoli-2021” Respublika milliy ko‘rik tanlovi g‘olibasi. Toshkent shaxri Oqila ayollar xarakati yetakchisi.
Abdullayeva Barno Sayfutdinovna Belorussiya Respublikasi “Taʼlim milliy instituti” ilmiy stajirovka sertifikati; El yurt umidi tanlovi g‘olibi sifatida Moskva davlat pedagogika institutida stajirovka sertifikati; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining “Testologiya va baholash nazariyasi” mavzusida malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikati; Saudiya Arabistonda “Taʼlimda menejment” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlarini qo‘lga kiritgan. Abdullayeva Barno Sayfutdinovna oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib, ilmiy rahbarligida 8 nafar fan doktori, 70 nafar fan nomzodlari tayyorlangan. B.Abdullayeva 2010-2012 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi aniq fanlarni o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha Ixtisoslashgan kengash aʼzosi, 2010-2012 yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengash raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. B.Abdullayeva Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengash raisi.
Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 2018-2021 yillarda Jahon bankining «Oliy taʼlim muassasalarida pedagogika va psixologiya fanini o‘qitish amaliyoti va ong osti sohasiga doir taʼlim berish jarayonini takomillashtirish» nomli xalqaro loyihasi rahbari bo‘lgan. Loyiha natijasida universitetda Psixofiziologiya ilmiy laboratoriyasi yaratilgan. Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 2015-2017 yillarda Oliy va o‘rta taʼlim vazirligining “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha rahbari, 2017-2020 yillarda “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” nomli fundamental loyiha rahbari bo‘lgan. Abdullayeva Barno Sayfutdinovna O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “Oliy taʼlim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot taʼlim resurslarini yaratish” nomli innovatsion loyiha, “Oliy taʼlim muassasalari talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq qilish” nomli fundamental loyiha rahbari hisoblanadi. Uning rahbarligida yuqori tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Abdullayeva Barno Sayfutdinovnaning saʼyi harakatlari tufayli universitetda doktorantlar va izlanuvchilar uchun bir qator yaratilgan shart sharoitlar natijasida doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoyasi bo‘lib o‘tmoqda. Iqtidorli talabalari nomdor stipendiant g‘olibligini qo‘lga kiritmoqdalar hamda respublika fan olimpiadasida sovrindor bo‘lishga erishmoqdalar. U ish jarayonida o‘zining pedagogik mahoratini, ilm-fan va maorif sohasida mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni tez o‘zlashtira oladi hamda taʼlim sohasidagi yangiliklarni, ilmiy tadqiqot ishlarini, islohotlarni hayotga tatbiq eta oladi. B.Abdullayeva mehnat faoliyati davomida universitetning ilmiy, tashkiliy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, hamda universitetning ilmiy salohiyatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan olimalardandir. B.S.Abdullayeva kamtarin, insonparvar, adolatli, fidoiy, mehnatsevar, masʼuliyatli, talabchan, qat’iyatli, kommunikativ, mehribon, irodali, bilimdon, pedagogik nazokatli, eruditsiyali, shijoatkor, tashabbuskor, belgilangan maqsadga yo‘naltirilgan motivatsiyali, tashkilotchilik, yetakchilik, kompetentlik qobiliyatlariga ega bo‘lgan, barkamol avlod tarbiyachisi sifatida ilmini, mahoratini, salohiyatini tinimsiz oshirib boradigan rahbardir. Oilali uch farzandning onasi, to‘rt nevaraning buvijonisi.