G.A.Shaxmurova universitetda 1988 yildan buyon oʻzining pedagogik faoliyatida eng tajribali va fidoyi pedagoglardan hisoblanadi. Mehnat staji 36 yil. Mazkur vazifada 1988 yildan ishlamoqda.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yuksak mahoratli pedagog, “Xalq taʼlimi aʼlochisi”, yuksak mahoratli pedagog, biologiya fanlari doktori, professor Oʻzbekistonda Oliy oʻquv yurtlarida anatomiya, fiziologiya va immunologiya fanlarini oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha biologiya fanlari doktori G.A.Shaxmurova 1965 yil 26 noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
G.A.Shaxmurova ish faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq biologiya taʼlim yoʻnalishi, jumladan, anatomiya fani boʻyicha soʻnggi xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan innovatsion taʼlimni joriy etishda samarali mehnat qilib kelmoqda.
Uning butun mehnat faoliyati mazkur taʼlim muassasasi bilan bogʻliq boʻlib, taʼlim sifatini oshirish, mustaqil fikrli, keng dunyoqarashga ega barkamol avlodni tarbiyalash borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Serqirra olim ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 400 dan ortiq ilmiy va oʻquv adabiyotlar chop ettirgan, shulardan nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda 110 dan ortiq ilmiy maqolalar eʼlon qilindi. Olim asosan Respublikamizdagi Oliy oʻquv yurtlarida rus guruhlarda anatomiya, fiziologiya, immunologiya fanlarini oʻqitish jarayonida birqancha salmoqli ishlarni amalga oshirgan. Respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda faol qatnashadi. Jumladan, oxirgi 3 yilda xalqaro Scopus jurnallarida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan.
G.A.Shaxmurovaning ilmiy ishlari natijalari Xalqaro (Buyuk Britaniya, Bolgariya, Vengriya, Kanada, Turkiya, Chexiya, AQSh, Koreya, Hindiston, Indoneziya, Gollandiya), MDH (Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Qirgʻiziston, Qozogʻiston) va Respublika miqyosida oʻtkazilgan koʻplab ilmiy va amaliy anjumanlarda maʼruza qilingan.
Prof. G.A.Shaxmurova tomonidan chop etilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalarning har bir mavzusi oxirida ilgʻor pedagogik texnologiyalardan talabalarning mustaqil oʻqishini tashkil etish va oʻz-oʻzini baholash boʻyicha koʻp tanlov javobli test topshiriqlari ishlab chiqilgan. Bu esa talabalarni fanlardan bilim olishini yengillashtiradi va ularni fikrlashga oʻrgatadi, oʻqituvchi mehnatini esa yengillashtirib, uning samarasini oshiradi.
Oliy oʻquv yurtlari uchun “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi” (oʻquv qoʻllanma, 2009 yil), “Valeologiya asoslari” (oʻquv qoʻllanma, 2010 yil), “Patologik anatomiya” (oʻquv qoʻllanma, 2012 yil), “Sport anatomiya” (oʻquv qoʻllanma, 2009 yil), “Immunologiya” (oʻquv qoʻllanma, 2020 yil), “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” (oʻquv qoʻllanma, 2021 yil), “Biologiyadan masala va mashqlar yechish” (oʻquv qoʻllanma, 2017 yil), “Эффект фитоэкдистероидов на корреляцонные взаимосвязи в иммунной системе в норме и при вторичных иммунодефицитах” (monografiya, 2016 yil), “Yosh avlodning maʼnaviy-axloqiy va madaniy rivojlanish uchun uzluksiz taʼlim tizimida salomatlikni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish” (monografiya, 2018), “Anatomiya” (darslik, 2022 yil), Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (darslik, 2023) yaratgan.
G.Shaxmurova universitetning jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Universitetda faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy va ijodiy toʻgaraklar faoliyatini samaradorligini oshirishga moʻljallangan ilmiy-amaliy seminarlarda muntazam chiqishlar qiladi.
G.A.Shaxmurova 2019-2024 yillarda Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiya ixtisosligi boʻyicha fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalarini beradigan ilmiy kengashi aʼzosi.
Qozogʻiston Respublikasidagi TOP 1000 talikka kiradigan universitetlar (Alʼ Farabi nomidagi Qozogʻiston Milliy universiteti, Abay nomidagi Milliy pedagogika universiteti, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti) bilan hamkorlikni rivojlantirishda oʻzining hissasini qoʻshib kelmoqda
Oilaviy uchta farzandi bor.